Ozarbayjonda Husni Muborak haykali olib tashlandi – ozodlik.org


Xirdalan shahar ahlini kunda kuzatib turgan Muborak haykali imi-jimida olib tashlandi.

08.06.2011

Ozarbayjon hukumati hokimiyatdan ag‘darilgan Misr prezidenti Husni Muborakka o‘rnatilgan haykalni olib tashladi. Shuningdek Muborakning rafiqasi nomi berilgan maktab nomi ham o‘zgartirildi.

Ozarbayjon hukumati muxolifat chaqirig‘ini inobatga olib, poytaxt Boku yaqinidagi Xirdalan shaharchasida o‘rnatilgan Misrning sobiq prezidenti Husni Muborakning haykalini olib tashladi.

Muborakning o‘rnini egallagan qadimiy misrlik.

To‘rt yil oldin o‘rnatilgan haykal seshanba kuni kechqurun demontaj qilinib, o‘rniga chordana qurib o‘tirgan qadimiy misrlikning haykali o‘rnatildi.

Muborakning rafiqasi Suzannaning nomi berilgan Xirdalan shahridagi o‘rta maktabning nomi ham “Misr maktabi” deb o‘zgartirildi.

Muborak haykali Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Alievning buyrug‘iga ko‘ra olib tashlandimi, yo‘qmi hozircha noma’lum qolmoqda.

Mahalliy hokimiyat rasmiylaridan biri Fikrat Oruev haykal Misrda rahbariyat o‘zgargani uchun olib tashlanganini ma’lum qildi.

Misrda demokratiya tarafdorlari isyon ko‘tarib, Muborakni hokimiyatdan ag‘darganidan keyin uning haykalini olib tashlashga ehtiyoj tug‘ilgani aytilmoqda.

Fevral oyida Husni Muborak iste’foga chiqishidan bir necha kun oldin bir guruh ozarbayjonlik yoshlar haykal oldiga yig‘ilib, misrlik namoyishchilarga birdamlik izhor qilgan edi.

Yoshlar Aliev rejimiga norozilik bildirganidan keyin politsiya tomonidan darhol tarqatib yuborgan edi. O‘sha paytdan beri Husni Muborakning haykali va maktab politsiya xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan edi.

Ayni paytda Xirdalan shahrida yashovchi oddiy fuqarolar Husni Muborakning haykali olib tashlanganidan mamnun emas.

Ozodlik muxbiri bilan so‘zlashgan qariyalardan biri haykal buzilishini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.

– Bu shunchaki haykal. Dunyoda minglab haykallar bor. Buning kimga og‘irligi tushyapti? Haykalda kim tasvirlanganining nima ahamiyati bor,- deydi ozarbayjonlik fuqaro.

Ayni paytda, 8 iyun kuni Serbiya poytaxti Belgradda Ozarbayjon Prezidentining otasi Haydar Alievga haykali ochildi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24228920.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: