O‘IHJ vakillari: “Boymatovning prezidentlik vakolati tugagan” – ERK


O‘zbekiston Xalq Harakati Muassislar Majlisining Raisi Muhammad Solihga

Hurmatli Muhammad Solih!

Biz, O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati (O‘IHJ)ning O‘zbekiston hamda dunyoning turli burchaklarida yashaydigan aksariyat ko‘pchilik vakillari Islom Karimov diktaturasiga qarshi barcha demokratik kuchlarni birlashtirib, yangi bir tashkilot – O‘zbekiston Xalq Harakati(O‘XH) qanoti ostida faoliyat olib borishlari haqidagi g‘oyani avval boshdanoq to‘la qo‘llab quvvatlashlarini bir necha bor, turli ko‘rinishlarda ma’lum qilishgan edi.

O‘XHi g‘oyasini qo‘llaganlar safida hozir turli sabablarga ko‘ra O‘XH tarkibi masalasi bo‘yicha norozilik yo‘lini tanlagan O‘IHJ prezidenti Abdujalil Boymatov ham bor edi.

O‘XHining tarkibiga O‘IHJning ham kirishi masalasida Jamiyat ichida ikki xil fikr mavjud edi. Avval boshda A.Boymatovning o‘zi, bugunga kelib esa u bilan birga yana bir qancha a’zolarimiz O‘IHJini O‘XHi tarkibiga kirishiga qarshilik pozitsiyasiga o‘tdilar. Shuni ham aytish lozim-ki, A.Boymatovning prezidentlik vakolati 2011 yil 6 may kuni tugagan, demak, u keyingi kunlarda tarqatgan ikki bayonot kuchga ega emas.

A.Boymatov O‘IHJda prezidentlik faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lsa, u tashkilotning navbatdagi Kongressida o‘z nomzodini qo‘yishi va yutib chiqishi lozim.

Ammo Jamiyatning boshqa bir faol guruhi O‘IHJi O‘XHiga kirishi kerak degan pozitsiyada mahkam turibdilar.

O‘IHJining ichidagi bu qarama qarshiliklarga qaramay faollar O‘XHi Qurultoyiga o‘zini vakilini yuborishni lozim deb topdi. Biz bu qarorni quyidagicha asosladik: O‘XH siyosiy muxolifat va inson haqlari kurashchilari uzoq yillardan beri orzu qilib kelgan va barcha demokratik kuchlarni o‘zida birlashtirish imkoni bo‘lgan yangi bir tashkilotdir. Barcha kuchlarni birlashtirgan taqdirdagina diktaturaga qarshi jiddiy kurashish mumkin. Yangi tashkilot faoliyatini so‘zda ma’qullashni o‘zi bugun etarli emas. Shu sababdan biz, O‘XH tuzilishini faol qo‘llash kerak degan O‘IHJining bir guruh a’zolari O‘XHining Berlin Qurultoyiga o‘z vakilimizni kuzatuvchi emas, balki Jamiyat nomidan a’zo bo‘lib qatnashish vakolati bilan yubordik.

Ayni paytda Jamiyatimiz ichidagi boshqa bir guruhniing bu qarorga qarshiliklarini inobatga olib, biz O‘IHJining 15 iyulda o‘tkaziladigan Qurultoyining kun tartibiga bu masalani kiritdik. O‘IHJ o‘z Qurultoyida Jamiyatning O‘XH faoliyatida qaysi ko‘rinishda qatnashish masalasi bo‘yicha uzil kesil qarorini qabul qilguncha bizning vakilimiz O‘XH faoliiyatida qatnashib turishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

O‘IHJ vakillari

Tolib Yoqubov (Frantsiya)

Hazratqul Xudoyberdiev (Shvetsiya)

Tursunboy O‘tamurodov (AQSh)

Sobir To‘laganov (AQSh)

Abduhamid Po‘latov (Rossiya)

Olim Yoqubov (Frantsiya)

To‘lqin Qaraev (Shvetsiya)

Larisa Michkina (Frantsiya)

Daniel’ Materon (Frantsiya)

Oydin Abdullaxo‘jaeva (Rossiya)

Sayfiddin Pazletdinov (AQSh)

 

2011 yil, 9-iyun

 

http://uzbekistanerk.com/uzb/?p=2385

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: