Jin Sharp – “Arab bahori”ga turtki bergan ta’limot asoschisi – voa uzbek


Amerika Ovozi  09 iyun, 2011

Foto VOA TV

Professor Jin Sharp

Kuzatuvchilar nazarida o’tgan yil oxiridan boshlab Yaqin Sharqni qamrab olgan xalq g’alayonlarida o’xshash usullar qo’llanilgan. Garchi bu turli mamlakatda o’zgacha natija bergan bo’lsa-da. Bu usullar muallifi 93 yoshli bostonlik professor Jin Sharp (Gene Sharp) ekanini ko’pchilik bilmaydi.

Yaqin Sharqda namoyishlar dekabr oyida avval Tunis, so’ng Misrda ro’y berib, uzoq yillik avtokrat rahbarlar hokimiyatdan ketishga majbur bo’ldi. Siyosiy o’zgarishlardan xavotirlangan boshqa mamlakatlarda islohotlar amalga oshirila boshladi. Mintaqadagi bu o’zgarishlar “Arab bahori” degan nom oldi.

Mutaxassislarning aytishicha, jarayonlar asosida amerikalik keksa olim ancha yil oldin olg’a surgan tamoyillar yotibdi. Ular professor Jin Sharpning “Diktaturadan demokratiyagacha” kitobida bitilgan.

“Kitob 1993-yilda yozilgan bo’lsa-da, uning asosiga salkam 20 yillik tadqiqotim va kuzatuvlarim kirgan”, – deydi u.

Professor Sharp kitobni birmalik siyosiy dissidentlar iltimosiga ko’ra yozgan edi. O’shandan beri asar 34 tilga o’girilgan.

“Arab tiliga ham tarjima qilingan. “Musulmon Birodarlar” harakati uni internetdagi sahifasiga elektron ko’rinishda qo’ygan”, – deydi Sharp.

Muallif istiqomat qiluvchi Boston mahallalaridan biri va Qohiraning Tahrir maydoni o’rtasida o’xshashlik bo’lmasa-da, Sharp o’z kitobida taklif qilgan kurash usuli Misrni ostin-ustun qildi.

“Namoyishchilar yaxshi tayyorgarlik ko’rishdi, rejalari puxta bo’ldi. Xalqqa qo’rquvdan xoli bo’lish kerakligini yaxshi tushuntira oldilar”, – deydi olim.

Sharpning nozo’ravon kurash g’oyalari asosida Maxatma Gandi, Genri Deyvid Toro va Albert Eynshteyn ta’limotlari yotadi. Darvoqe, Sharp kitobiga kirish so’zini Eynshteynning o’zi yozib bergan. Sharp g’oyalarini targ’ib qilish uchun nodavlat tashkilotga asos solib, unga mashhur fizik nomini beradi – Albert Eynshteyn Instituti.

Sharp ta’limoti nozo’ravon kurashga asoslangan. U taklif qilgan usullar amaliy bo’lib, samarasi bir necha bor o’z aksini topgan.

“Nozo’ravon kurashning amaliy qo’llanilishini kuzatib boraman. Ba’zida ish bersa, ba’zida amalga oshmaydi. Uni hamisha takomillashtirib borish kerak”, – deydi u.

Jin Sharpning usullari ko’plab mamlakatlarda siyosiy o’zgarishlarga yetakladi. Masalan, Sharqiy Yevropada, 2000-yillar boshlarida.

AQSh armiyasining iste’fodagi generali Robert Xelvi Birma va Serbiyada faollarni tayyorlashda uning taktikasidan foydalangan.

“Jin bu g’oyalarni odamlarning ongiga so’nggi 40 yil davomida quyib bordi. Omma ularni hazm qila boshlagan, o’z mamlakatlarida ularni ishga solyapti, go’yoki bu usullar ular uchun maxsus ishlanganday”, – deydi iste’fodagi general.

Professor Sharp o’zi 1983-yilda asos solgan tashkilotda shu bugunga qadar mehnat qiladi. Yaqinda yangi kitobni yozib tugatdi – “Hokimiyat va kurash. Sharp lug’ati”.  Qo’llanma shu yil kuzida nashrdan chiqadi.

 

http://www.voanews.com/uzbek/news/gene-sharp-non-violence-123550579.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: