EI Lola Karimova tashkilotini moliyalashtirganini yashirmoqda – uznews.net


09.06.11

Uznews.net – O‘zbek prezidenti qizi Lola Karimovaga tegishli hayriya markaziga 3,7 mln. Evro ajratgan Evropa komissiyasi, bu mablag‘ning grant emasligi balki EI va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi loihalardan biri bo‘lganini iddao qilmoqda.

Evropa Komissiyasi rivojlanish deportamenti matbuot kotibi Ketrin Rey (Catherine Ray)ning bildirishicha, uning tashkiloti, raxbari O‘zbekiston prezidentning kenja qizi Lola Karimova bo‘lgan Bolalar ijtimoiy adaptatsiya Milliy markaziga (BIAMM) grant ajratmagan va hatto uni berish masalasini ko‘rib ham chiqmagan.

Uning tasdiqlashicha, Evropa komissiyasi ajratgan 3,7 mln. Evro, EI va Toshkent o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekistondagi imkoniyatlari cheklangan bolalarning maxsus ta’limi loyixalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, Reyning so‘zlariga ko‘ra, ushbu pullarni taqsimlash ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi, unda mo‘ljallangan loyihani olishga loyiq bir tashkilot tanlanishi ko‘zda tutilgan.

“Kontrakt xalqaro tanlov natijasida ushbu loyihani amalga oshirishga qodir bo‘lgan tashkilot belgilanganidan keyin imzolanadi, – deya bildiradi Ketrin Rey. – Qaror loyihani sifatli amalga oshirish jarayonlarining odatdagi qat’iy tartibi belgilanganidan keyin qabul qilinadi”.

Evropa komissiyasi rivojlanish departamenti matbuot kotibining bayonoti O‘zbekistondagi Evropa Uyi vakolatxonasi ma’lumotlariga ziddir.

Uning muvofiqlashtiruvchisi Pьer-Pol Anteurisssens (Pierre-Paul Antheurissens) yozma ravishda Eining Lola Karimova bilan 2008 yildan buyon hamkorligini va 3,7 mln. Evro hajmidagi loyihaning tayyorlangani va shu yilning yakuniga qadar amalga oshirilishi kutilayotganligini yozma tarzda tasdiqlagan.

Evropa Uyi muvofiqlashtiruvchisi, shu yilning 20 aprelida Inson Huquqlari Xalqaro Federatsiyasi (FIDH) ga taqdim qilgan maktubida aytilishicha, Evropa ittifoqi Bolalar ijtimoiy adaptatsiya Milliy markazini 3,7 mln. Evro miqdorida moliyalanishini tasdiqlagan.

Ketrin Rey iddao qilayotgan tenderga chaqiruvchi hech bir chaqiriq haqida u erda gap ham yo‘q.

Bu faktni Evropa Uyining rasmiy sayti ham tasdiqlaydi, unda BIAMM asosiy hamkor va imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga integratsiyasi va O‘zbekistondagi ta’lim sistemasiga ajratilgan 3,7 mln. Evro sohibi sifatida ko‘rsatilgan.

Evropa komissiyasi va Toshkentdagi Evropa Uyi o‘rtasidagi ziddiyat masalalariga oydinlik kirituvchi savollarga – Ketrin Rey aldash niyati bo‘lmaganini aytdi. Anglashilmovchilik esa uning so‘zlarni tanlashidan kelib chiqdi.

Evropa ittifoqining Lola Karimovaga tegishli tashkilotga bir necha million evro ajratgani haqidagi ma’lumotlar, 19 may kuni frantsuz Internet nashri Rue89ga qarshi boshlangan Parij mahkamasi chog‘ida oshkor bo‘ldi.

O‘zbekistonning Parijdagi YuNESKO elchisi bo‘lgan Lola Karimova, Rue89 nashridagi bir maqolada uni “diktatorning qizi” deya atagani uchun nashrni tuhmat qilishda ayblab 30 ming evro miqdorida tovon puli talab qildi.

Advokat Antuan Jermen sudga Karimovaning BMT, YuNESKO, YuNISEF va Evroittifoq kabi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorligi haqidagi ma’lumotlarni mahkamaga taqdim etdi.

Keng miqyosdagi hayriya faoliyatining e’tirof etilishi dalili sifatida Evroittifoq tomonidan prezidentning kenja qizi Lola Karimova bo‘lgan Bolalar ijtimoiy adaptatsiya Milliy markaziga ajratilgan 3,7 mln. Evro miqdoridagi mablag‘ni misol keltirdi.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=31&nid=17334

One Comment to “EI Lola Karimova tashkilotini moliyalashtirganini yashirmoqda – uznews.net”

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: