Archive for June 9th, 2011

09/06/2011

Cho‘lpon – istiqlol yo‘lida – e-tarix.uz

Cho‘lponning ulug‘vorligi shundaki, u XX asr o‘zbek adabiyotini yangi bir pog‘onaga ko‘tarib, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va ravnaq topishiga ulkan hissa qo‘shibgina qolmasdan, xalqda Vatan, Millat, Istiqlol tushunchalarining teran ma’no kasb etishiga ham mislsiz darajada katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘zga so‘zlar bilan aytganda, u xalqda Hurriyat tuyg‘usini uyg‘otdi, uning ko‘zidagi g‘aflat pardasini olib tashladi, unda Vatanga muhabbat, Kelajakka ishonch hislarini tarbiyaladi. Uning fuqarolik jasorati xuddi shundadir.

Cho‘lpon va Il’minskiy

Olis davrlardan XX asrning boshlariga qadar yosh avlod vakillari Hindiston, Misr, Arabiston singari mamlakatlarga borib, tahsil ko‘rganlar. Ammo zamonlar o‘zgarishi, jamiyat hayotidagi dunyoviy fanlarning roli oshishi bilan tarix o‘zbek yoshlari oldiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Ular endi nafaqat Sharq, balki G‘arb mamlakatlariga borib, ilg‘or fan asoslarini egallashlari zarur bo‘lib qoldi.

read more »

Advertisements
09/06/2011

Buxoro bombardimon qilinganda – e-tarix.uz

Mabodo o‘rta asrlarda Florentsiya osmoniga samolyotlar galasi yopirilib kelsayu vayron qiluvchi aviabombalarni yog‘dira boshlasa, shahar aholisi tushgusi dahshat va vahimaning chek-chegarasi bo‘lmas edi. Agar bu samolyotlar Florentsiya tepasida taxminan birinchi jahon urushi davrida paydo bo‘lib qolsa va shaharni bombardimon qila boshlasa, buni faqat bir jihatdangina tushunish mumkin edi — zero, odamlar bu davrga kelib, samolyot, bomba degan narsalar nima ekanligini anglab etishgan edi. Lekin shunda, ham ushbu vayrongarchilikni vahshiylikdan bo‘lak narsa deb izohlash mumkin bo‘lmasdi. Zotan, Florentsiya Evropa madaniyatining ramzi, ustalar va me’morlar, rassomlar va haykaltaroshlar silsilasidan iborat o‘nlab avlod mehnatining natijasi o‘laroq vujudga kelgan me’morchilik qo‘riqxonasi hisoblanadi.

read more »

09/06/2011

Qozog‘iston 29 qochqinni O‘zbekistonga topshirdi – ozodlik.org

O‘zbekistonlik qochqinlar bundan roppa-rosa bir yil avval Toshkent so‘roviga ko‘ra, hibsga olingan edi.

09.06.2011

Mehribon

9 iyun kuni Olmaota hibsxonalarida roppa-rosa bir yildan buyon saqlanib kelgan 29 o‘zbek qochqinlarining barchasi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Olmaota hibsxonalarida bir yil davomida saqlangan 29 nafar qochqin O‘zbekistonga berib yuborildi.

Bu haqda Ozodlikka Olmaota shahar prokuror o‘rinbosari Tashkenbay Abubakirov ma’lum qildi.

read more »

09/06/2011

Muhojiratdagi yurtdoshim – uzxalqharakati

June 9, 2011

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,

El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish!

Assalomu‑alaykum, uyidan uzoq joylarda yurgan akalar‑ukalar, yurtdoshlar! “Elga kelgan to‘y”, deb tirikchilik orqasidan uydan chiqib mehnat muhojirligida yashayotgan yaxshilar! Topganingiz hayot qiyinchiliklarini engishga yordam bersin, asqotsin! O‘zingizning, bola‑chaqalaringizning to‘ylariga buyursin!

Endi, “to‘ygacha tuzalib ketadi”, deganlaridek, to‘ygacha tuzaladigan ancha og‘riq, dard, kamchiliklarimiz bor. Bu narsalarni barcha O‘zbekistonliklar his qilib turibdi. Eng ko‘p og‘riq nuqtalarimiz quyidagilar:

read more »

09/06/2011

Jin Sharp – “Arab bahori”ga turtki bergan ta’limot asoschisi – voa uzbek

Amerika Ovozi  09 iyun, 2011

Foto VOA TV

Professor Jin Sharp

Kuzatuvchilar nazarida o’tgan yil oxiridan boshlab Yaqin Sharqni qamrab olgan xalq g’alayonlarida o’xshash usullar qo’llanilgan. Garchi bu turli mamlakatda o’zgacha natija bergan bo’lsa-da. Bu usullar muallifi 93 yoshli bostonlik professor Jin Sharp (Gene Sharp) ekanini ko’pchilik bilmaydi.

Yaqin Sharqda namoyishlar dekabr oyida avval Tunis, so’ng Misrda ro’y berib, uzoq yillik avtokrat rahbarlar hokimiyatdan ketishga majbur bo’ldi. Siyosiy o’zgarishlardan xavotirlangan boshqa mamlakatlarda islohotlar amalga oshirila boshladi. Mintaqadagi bu o’zgarishlar “Arab bahori” degan nom oldi.

read more »

09/06/2011

Qamoqdan yana bir mahbusning o‘ligi chiqdi – ozodlik.org

O‘zbekiston qamoqaridan yiliga o‘nlab mahbuslarning mayiti chiqadi.

09.06.2011

Hurmat Bobojon

E’tiqodi uchun qamalgan Abdulaziz Mirzaevning mayiti 8 iyunga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi uyiga keltirildi.

1999 yilda Hizb ut-Tahrir tashkilotiga a’zolikda ayblanib, 20 yilga qamalgan 37 yashar Mirzaev Abdulazizning jasadi ikki kun oldin uning Chinozda yashaydigan oila a’zolariga berildi. Bu haqda Ozodlikka marhumning opasi Marhamat Mirzaeva ma’lum qildi.

read more »

09/06/2011

EI Lola Karimova tashkilotini moliyalashtirganini yashirmoqda – uznews.net

09.06.11

Uznews.net – O‘zbek prezidenti qizi Lola Karimovaga tegishli hayriya markaziga 3,7 mln. Evro ajratgan Evropa komissiyasi, bu mablag‘ning grant emasligi balki EI va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi loihalardan biri bo‘lganini iddao qilmoqda.

Evropa Komissiyasi rivojlanish deportamenti matbuot kotibi Ketrin Rey (Catherine Ray)ning bildirishicha, uning tashkiloti, raxbari O‘zbekiston prezidentning kenja qizi Lola Karimova bo‘lgan Bolalar ijtimoiy adaptatsiya Milliy markaziga (BIAMM) grant ajratmagan va hatto uni berish masalasini ko‘rib ham chiqmagan.

read more »

09/06/2011

Olma-otada o‘zbek qochqinlarining ayollari prokuraturadan quvib solingan – bbc uzbek

9 iyun 2011

Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya etilish xavfi ostida bo‘lgan 14 nafar o‘zbekistonlikning ayollari turmush o‘rtoqlari qaerga jo‘natilganini aniqlash ilinjida Olmoti shahar prokuraturasiga murojaat qilib borganlar.

Ular shahar prokurorining katta yordamchisi Toshkenboy Aubakirov bilan uchrashishni istashgani haqida bildirishdi, biroq militsiya xodimlari ularni quvib solgan va bir nechasini xibsga olgan.

read more »

09/06/2011

Qozog‘iston 28 nafar o‘zbekistonlik boshpana izlovchini ekstraditsiya qildi – bbc uzbek

9 iyun 2011

Qozog‘iston hukumati o‘zbek fuqarolarini vatanlariga qaytarishda Minsk shartnomasiga rioya etganini aytadi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Bi-bi-siga O‘zbekistonlik 28 qochqinning vatanlariga ekstraditsiya etilganini bildirdi.

Bugun avvalroq Olma ota shahar prokuraturasi boshpana izlovchilarni Qozog‘istonda ushlab turishga asos qolmaganini aytgan edi.

Biroq, Olma Ota shahar prokuraturasi ularning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani borasida biror aniq xabar bera olmasligi bildirgan edi.

read more »

09/06/2011

Suriya: Turkiya tarafga qochayotgan suriyaliklar soni ortib bormoqda – bbc uzbek

9 iyun 2011

O‘tgan tun bo‘yicha Turkiya tarafga mingga yaqin kishi qochib o‘tgan

Suriya shimolida joylashgan Jasr al-Shug‘ur shaharchasida hukumat qo‘shinlari tarafidan kutilayotgan hujumlardan qochib, Turkiya chegarasiga bosh urayotgan suriyaliklar soni ortib bormoqda.

Turkiya rasmiylarining bildirishlaricha, o‘tgan tun bo‘yi 1,000 yaqin suriyaliklar chegarani kesib o‘tishgan. Hozir Turkiyadagi qochqinlar soni 1,600ga etgan.

Rim Papasi Benedikt XVI va BMT Suriya hukumatini o‘z xalqiga qarshi hujum qilmaslikka undagan.

read more »