O‘zbek turmasida yana bir mahkum qurbon bo‘ldi – uznews.net


07.06.11

Uznews.net – Andijondagi Botirxonovlar xonadoni 25 may kuni o‘g‘illari 29 yoshli maxbus Umidning qazolangani haqidagi xabarni olishdi, uning jasadini qoloniyadan Toshkentdagi “sangorod”ga keltirishgan.

Marhum Umid Botirxonovning yaqinlari kutilmagan o‘limdan chuqur qayg‘uda qolishmoqda.

No pomimo gorya i shoka oni ispıtıvayut strax, chto oglaska i popıtka opredelit’ istinnıe prichinı ego konchinı mogut obernut’sya repressiyami protiv ostavshixsya rodstvennikov.

Botirxonovlar oila a’zolaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Umid hibsgacha o‘tgan yilning avgustidan buyon jigar kasali bilan og‘rigan.

Hibsda uning kasali yana ham yomonlashgan bo‘lishi mumkin deydi u, biroq uning oilasidan hech kim bunday musibatni kutmagan edi.

Umid Botirxonov o‘tgan yilning avgustida o‘g‘irlikda ayblanib qamalgan. U qo‘lga olingach oilasi bilan aloqasi yo‘qolgan, hatto uning olti yilga qamalganini ham hech kim bilmagan.

Faqat shu yilning martida ular Toshkentdagi mahbuslar shifoxonasi bo‘lgan “sangorod”dan hat olishgan va uning qaerdaligidan ogoh bo‘lishgan.

23 mart kuni uning yaqinlari “sangorod”ga borishadi, va Umidni ayanchli bir ahvolda ko‘rishadi. U yura olmas, uni nosilkada olib yurishardi, deydi uning qarindoshi.

Ikki oy o‘tib Botirxonovlarga uning jasadi topshirildi. Uning badaniga, “sangorod”ga 2010 yilning 21 oktyabrida keltirilgani haqida tamg‘a yopishtirilgandi.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=3&nid=17316

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: