O‘XH faoliyatiga qanday yordam berishingiz mumkin? – pona.uz


Iyun’ 7th, 2011

O‘XH faoliyatiga a’zo bo‘lish va uning faoliyatiga yordam berish xalqimizning erkinlik va hurriyatlar istagan ham bir farzandining burchidir. Chunki amallar niyatlarga ko‘radir va o‘ziga va o‘zgalarga yaxshilik istaganlarning bu yo‘lda fidokorlik qilishi tabiiydir. O‘XH faoliyatiga yoram berishni istaganlar quyidagi nuqtalarga e’tibor qaratishi lozim, deb o‘ylaymiz:

1. Avvalo O‘XHning qanday harakat ekanligini bilish. O‘XH vatanimizda butun fuqarolarga zulm o‘tkazishni va ularni xo‘rlashni o‘ziga usul qilib olgan mavjud diktatura rejimi o‘rniga hamma fuqarolar uchun erkinlik, adolat va huquqni ta’minlish uchun tuzilgan harakatdir. Demak, O‘XH qanday harakat deyilganda yuqoridagi javobni berish o‘rinlidir.

2. O‘XH ning avvalgi vazifasi O‘zbekiston qamoqxonlarida begunoh qamalgan aka ukalarimizni va opa singillarimizni ozod qilishga qaratiladi. O‘zbekistonda hozirgi zolim rejim zulmidan nasibini olmagan oila qolmagan, desak xato bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘zlari va yaqinlari mazlum bo‘lganlarning O‘XH faoliyatiga yordam berishlari mutlaqo zaruriydir.

3. O‘XH insonlarimizning e’tiqod va fikr, saylash va saylanish, turli jamiyatlarga birlashish kabi huquqlarini ta’minlash uchun kurashadi. Agar siz biror e’tiqodiy yoki fikriy jamiyatga e’zo bo‘lsangiz, O‘XH ning faoliyatiga yordam berish orqali o‘zingiz a’zo bo‘lgan tashkilot yoki jamiyatning ham rivojlanishiga, erkinliklarni qo‘lga kiritishiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

4. O‘XH faoliyatiga yordam berishni istaganlar uning nizomi va dasturi bilan yaxshi tanish bo‘lishlari, faoliyatlarini ularga ko‘ra muvofiqlashtirishlari kerak bo‘ladi. Aks holda ishlarda chalkashlik, o‘zaro tushunmovchilik, o‘rinsiz ixtiloflar paydo bo‘lishi mumkin.

5. O‘XH faoliyatiga amaliy yordamni bu harakatni yaqinlaringizga tanishtirish orqali boshlashingiz mumkin. Bu maqsadda harakatga oid hujjatlarni uning internettagi sahifasidan olib, ulardan xabardor bo‘lmaganlarga bera olasiz.

6. O‘zaro davra suhbatlarida, shuningdek internet va telefon orqali harakatning faoliyatiga oid ishlar bilan boshqalarga tanishtirishingiz ham mumkin. Bunda harakatni qisqa va lo‘nda ta’rif etishingiz ahamiyatlidir.

7. O‘zingiz va harakat faoliyatiga moyil bo‘lgan yaqinlaringiz va do‘stlaringiz harakatning tinch namoyishlari, madaniy ma’rifiy tadbirlarida ishtirok etsangiz nur ustiga nur bo‘ladi.

8. Harakat haqida yolg‘on va fitna gaplar gapirilganda bunday qilgan kishilarni insofga chaqirish, eshitayotganlarga bu gaplarning noto‘g‘ri ekanligi aytish va harakat haqida haqiqatlarni so‘zlash ham bizning faolyatimizga muhim yordam berish ekanligini unutmang.

9. Imkoningiz darajasida harakatga moddiy va ma’naviy yordam berish orqali xalqimizning zulmdan qutulishiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

10. UNUTMANGKI O‘XH SIZNING HARAKATINGIZDIR, HAMMAMIZNING OZODLIK VA HUQUQLARGA ERIShIShINI O‘ZIGA MAQSAD QILIB OLGAN XALQ HARAKATIDIR.

 

http://ponauz.turkiston.tv/archives/1211

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: