Moskvada Bahrom Hamroev yana kaltaklandi – ozodlik.org


07.06.2011

O‘zbekistonlik taniqli huquq faoli, Rossiyadagi “Memorial” inson huquqlari markazi xodimi Bahrom Hamroev 6 iyun kuni Moskvadagi uyi yaqinida kaltaklab ketildi.

Hamroev Moskvaning janub-sharqidagi uyiga qaytayotgan paytda noma’lum kimsalar hujumiga uchradi.

Baxrom Hamroev og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “bezorilik” bandi bo‘yicha ish ochildi.

Kasalxonada muolaja olayotgan huquq faoli bilan telefon orqali bog‘landik va voqea tafsilotlarini surishtirdik.

Bahrom Hamroevni kasalxonaga borib ko‘rgan “Memorial” faoli Vitaliy Ponomorevning aytishicha, hujum bezorilarning ishi emas.

– Huquq faoliga hujum obdon tashkillashtirilgan. Ular Bahromni kaltaklashdan oldin, uning uyi pod’ezdi yaqinidagi kuzatuv kameralari obe’ktivlarini saqich bilan yopishtirishgan. Bittasi uning kelishini kuzatib turgan, yana biri qochib ketmasligi uchun orqadan to‘sib turgan. Kaltaklab bo‘lishgach, uning yuziga gaz balon bilan aerozol’ purkashgan,- deydi Ponomorev.

Bahrom Hamroevga hujum uning Murmanskga safaridan bir kun oldin ro‘y berdi.

– Kecha u Murmanskga uchishi kerak edi. U erda Hamroev “Hizbut-Tahrir” diniy tashkilotiga a’zolikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Yusuf Qosimoxunov bilan uchrashishi kerak edi. Sababi 9 iyun kuni ozodlikka chiqarilishi kutilayotgan Qosimoxunovni boshqa sabablar bilan hibsda qoldirib, uni O‘zbekistonga berib yuborishlari xavfi bor edi,- deydi Ponomorev.

“Memorial” xodimlari uning kaltaklanishi aynan shu safari bilan bog‘liq bo‘lishini nazardan soqit qilishmayapti.

Bahrom Hamroev birinchi marta hujumga uchrayotgani yo‘q. O‘tgan yil dekabr oyida ham u uyi yaqinida noma’lum kimsalar tarafidan kaltaklangan edi.

– Dekabr oyidagi kaltaklash bo‘yicha haligacha hech kim jazolanmadi. Tergov hujjatlarida Bahromning kaltaklanishi shunchaki bezorilik deb aytilgan. Lekin, dekabr oygi hujum ham bezorilik bo‘lmagan, balki u huquq faoli bo‘lgani uchun ataylab uyushtirilgan hujum bo‘lgan edi,- deydi Vitaliy Ponomorev.

Xalqaro tashkilotlar, jumladan Britaniyadagi “Amnesty International” tashkiloti Bahrom Hamroevning kaltaklanishini hukumatdan obdon tekshirishni talab etishmoqda.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24225948.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: