Karimovning tushi – uzxalqharakati.com


June 7, 2011

Birdaniga qator Arab mamlakatlarida xalq g‘alayonlari boshlanib, 20-40 yilgacha bilganlarini qilib kelayotgan diktatorlarga qirg‘in kelib, ular bir chetdan o‘z xalqlarining g‘azabiga duchor bo‘la boshladilar.

G‘alayonlar Ulkan Davr qadamining ikkinchi izi O‘rta Osiyoning markazidagi O‘zbekistonga tushdi, sekin asta ko‘lami yorishib aniqlanayotgan bu ulkan izning chegarasi Ozarbayjondan boshlanib Tojikiston, Turkmaniston hatto Qozog‘istonni xam egallagan edi.

O‘zbekisonda shu davr boshida avvaliga qandaydir birov bilsa, o‘nta bilmaganday yangi tug‘ilgan “O‘zbekiston Xalq Xarakati” tashkilotning shov-shuvga aylanib, hammaning umidiga aylangan, ularing birinchi chiqishida aytarlik yutuq bo‘lmasa-da, ezilgan xalq orasida diktatorga qarshi millionlab kishilarning g‘azab va alamlarini jubushga keltirib ma’lum bir salohiyat yaratilgan edi.

Xalq Xarakatining murojaati bilan e’lon qilingan erta tongdan boshlab asta-sekin bir biriga qo‘shilib shaxar va qishloq ko‘chalarini to‘ldirgan odamlar o‘z yurishlarini boshlagandi.

Diktator Karimov kechasi bilan allanimalarni o‘zicha rejalab chiqib, hali tong yorishmasdan respublikaning barcha hokimiyatlaridan vahimali xabarlarni olaboshlagan uning afti burishib, ishning u o‘ylaganday emasligidan badaniga titroq tarqasa-da, u щzini bosmb olganedi.

Bugungi uning kechasi bilan qilgan hisobi markaz Toshkentning o‘zida katta qon to‘kib, buni televideniyada ko‘rsatish bilan respublika xalqini qo‘rqitib, o‘z taxtini yana bir muddat tutib turmoqchi edi.

Bu reja hammasi Andijon voqealariga nisbatan oldida – Putin so‘zida turarmikan, deb tavakkal boshlagan qonxo‘rlikka nisbatan – kamida o‘n marta katta edi.

Iroq prezidenti Saddom Husaynni yovvoyi itlar orasida va axlat va tashlandiq bir makonda ushlab olinganini videoda ko‘rgan Karimov dahshatga tushadiki, bunday kulfat go‘yo ertaga uning boshiga tushadi.

Bunday dahshatning oldini olish choralarini ko‘rib, u o‘zicha birnecha kun fantastik fikrlari bilan band bo‘ladi, am’razura va bunkerlar hajmi ularni suv va elektr bilan ta’minlanishi kerak edi.

Muhandislar proekt ishlarini boshlab yuborilib bir haftada quruvchilar ishga tushib, bu erda 10 oila 1 yilgacha bemalol yashayolishi mumkin edi.

Bu oilalarga Mirziyoev, Inoyatov, Matlubov va Maxmud Xudoyqulovlar oilalari kiradi deb taxmin qilish mumkin edi, ammo prezident o‘z qizlarini bunday vahimadan uzoq bo‘lishlarini hoholab, ularni Evropaning ishonchli erlariga ishga kiritdi.

Karimov o‘ziga qulay temir-betonli “koshona”ni xechqanday texnika vositasi uni tesholmas edi, ammo u istasa yashiringanlar bunkerdan chikib, tez uchar vertolyotlar yordamida havoga ko‘tarilishlari mumkin edi.

Xuddi shu erdan O‘zbekistonga havo xujumi va hmioya vositalari avtomatik uzib tashlanganda, qochayotgan oilalar biror viloyat aerodromi orqali havo laynerlariga tezlik bilan o‘tkazilish masalasi ham kafolatlangan edi.

O‘zbekistonni tark etish va o‘zlari boradigan qasrlariga etib oladigan yo‘llari jahon diktatorlari qoyil qolsa bo‘ladigan shaklda xozirlangandi.

Karimov “Xalq Xarkati” ning ikkinchi chiqishida Toshkent markazida namoyishchilarga o‘t ochib, birnecha yuz kishini o‘ldirish to‘g‘risidagi buyruqni bir kun ilgari yashirin aloqa orqali ichki ishlar vaziriga Bahodir Matlubovga beradi.

MXX boshlig‘i Inoyatovga qaerda odam eng ko‘p to‘plangan erdagilarga ayovsiz o‘t ochish amri ham bir kun oldin etkazildi, ammo u rejalari alg‘ov-dalg‘ov bo‘lgan taqdirda “Oqsaroy”ni tark etishga ham tayyor edi..

Ammo kutilmaganda, Islom Karimovning etti uxlab tushiga kirmagan vokea bo‘lib ketdi: O‘zbekiston MXX boshlig‘i Rustam Inoyatov va O‘zbekiston IIV boshlig‘i Bahodir Matlubovlar birlashib, o‘zlarining jangovar garnizonlari bilan xalqqa qarata o‘t ochish buyrug‘ini sabotaj qilishdi.

Bundan xabar topgan xalq quvonchining chekt yo‘q, ular tushga boriboq o‘zlarining ozodlik bayramlarini boshlab yuborgan edilar.

Gap shundaki, bu ikkala kuch strukturasi raxbarlarining tushga yaqin televideniyada chiqishlari arafasida Karimovning xudoyberdievchilari militsiya va xavfsizlik xodimlariga o‘q uzib, bir kishini o‘ldirgan, uch kishini og‘ir yarador qilishgandi.

So‘ngra o‘rab olingan xudoyberdievchilar o‘nlab qurbon bergan holda, asirga tushib jonlarini saqlab qoladilar, ularning ishongan tog‘lari Karimov esa bir engil mashinada duch kelgan tomonga qochib qolishadi.

Diktatorning bu sarguzashlari video tasmalariga tushirilb, uning qaerga yashiringani kechasi ko‘radigan asboblar yordamida kuzatilib borilar edi.

Rustam Inoyatov kadrlari Karimovni biror vertolyot kelib, olib qochishiga karshi ham choralarini ko‘rib qo‘ygandi.

Xullasi kalom ahvoli Sa’dam Husayn ahvolidan beshbattar bo‘lgan Karimov boshini butalarga urib, “qaerda xato qildim men ablah” deya o‘kirib-o‘kirib yig‘lar edi.

“Betonli makonga” kirolmay xunob, kirish kuni kecha parollarni shaxsan Inoyatov tomonidan almashtirib qo‘yilishi Karimovning hayolida ham kelmagandi.

Tavakkalning keragi yo‘q deb Karimov chakalakzordan haydovchisi bilan qosh qorayganda ushlanib Toshkent shaxar chekkasidan unga bir kottej uy berishadi.

Tergov va taftish o‘tkazilib bitguncha u shu erda istiqomat qilishi kerak va unga hamma aloqa vositalari ulab berilan edi.

U prezidetlik vazifasidan olib tashlandiva endi unga xar kuni keladigan bir gala “limuzin”lar yo‘q, u bunday holatga hali o‘rganolmay buning ustiga bir oy o‘tib ham uning xolidan biror kishi xabar olmagandi.

Karimov televizorni qo‘ysa “vaqtincha prezident” Inoyatov tomonidan Karimovning haddan ko‘payib ketgan va uni ishga olib borib, kelishga xizmat qiladigan o‘nlab qimmatbaho mashina shoferi va 1500 qo‘riqchi ishdan bo‘shatilib, ularga byudjetdan beriladigan mablag‘lar to‘xtatilgani xakdagi xabarni eshtib er bilan bir buldi.

U yashayotgan kotedjga uch nafar maska kiygan bosqinchilar kirib, Karimovga to‘ppponcha o‘qtalishadi: “agar o‘lmay desang, yaxshilikcha mana bu mashinani uch kun muhlat ichida tonnalab o‘g‘irlagan tillolaring hisobidan to‘ldirib qo‘yasan,” debdi ular, go‘yo bu kambagalning kotedji tilloga to‘laday.

Kechagina o‘zining yaqin qo‘riqchilardan bulgan bittasi “agar militsiya chaqirsang, naq mana bu dubinkani orqangga eysan”, dedi. Uning ovozidan tanisada na iloj?.

Qaltiroq bosgan Karimov: ” mmm..maayli aytganlaringizni bb..bajaraman, deb yalinib, ulardan zo‘rg‘a qutildi.

Ular ketgach, u qarasa xovlida bir shalag‘i chiqqan “Moskvich”ni kurdi.

Karimov bosmachilar uzoqlashgach, ho‘llanib qolgan ishtonini almashtirib, uyning havosini tozaladi va tez militsiyaga telefon qilmoqchi bo‘ladi, lekin u avval o‘zining eng qadrdon ko‘rgan birnecha ministr va hokimlaridan maslahat olmoqchi bo‘lib, qo‘rquvdan qaltirab, telefon qilaboshladi.

Ammo ular shirin uyqulari buzilgani uchunmi, voqeani avval eshitib bo‘lgach, biri: “kechirasiz boshqa telefonga tushdingiz, desalar boshqasi: “qanaqa Karimov, men sizdaka odamni tanimayman!”, deb go‘shakni qo‘yib qo‘yar edi.

Karimov tong otishi bilan bu erdan qochib ketishim kerak, deb qat’iy qaror qildiyu, lekin uning xar bir qadami, elektron qorovullar tomonidan nazorat qilinayotgani esiga tushdi.

Shu payt darbozaning zvonogi bosildi, Karimov eshikni qo‘rqa-pisa ochdi va uzun dumli qora shaytonni ko‘rdi.

Shayton: “meni ichkariga taklif qilsang, senga bir yaxshi gapim bor,” aytaman dedi.

Shayton dumini yig‘ishtib kresloga o‘tirib olgach: “xe og‘ayni men sening o‘zbeklarni 21 yil aldab, ularni suvga olib boraman? deb jar bo‘yiga keltirganing va ularni xar yoqqa to‘zitib, 25 million xalqqa ming azob berib, ularning sonini ko‘payishga ham qo‘ymay, qirg‘in keltirishingdan qo‘rqmaganingga qoyil qolganman.

Ayniqsa mendek shayton boshiga ashaddiy dushmanim Muhammad payg‘ambarning hadislaridan qoniqib ta’lim olgan bu xalqning imon, e’tiqodlilarini xar yil ikki martadan saralab yig‘ib olib, ulardan 16 yil davomida yuz mingdan ortig‘ini bola-chaqasidan ayirib, umirbod qamab qiynaganinglaring, qolganlarini esa sil va boshqa xastaliklaru bilan o‘ldirish, rostini aytsam mening ham qo‘limdan kelmaydi.

O‘zbeklarning endigina bo‘y etgan bokira qizlariga yaxshi ishlar va’da qilib, ularning necha minglarini erkatoy va boyliklarga ko‘zi to‘ymas qizing Gulnoraning shovvozlari atayin birinchi bo‘lib, musulmonlar markazi Saudiya Arabistonini fohishalarga to‘ldirding.

So‘ng uzoq Indoneziyagacha eltib fohishalikka sottirganlaring, islom ruhi va e’tiqodi tetik bu xalq obro‘sini atayin islom markazidan boshlab, Ovrupo va va G‘arb mamlakatlari oldida ham tutday to‘kib, o‘zbeklar sha’niga oqlab bo‘lmas dog‘ tushirding.

Kichik qizing Lolaga kechroq aql kirib, u bolalar uylaridagi yuzlab izlovchisi yo‘q etimchalarni kasali bor, davolaymiz deb, operatsiya qilinib, ularning yurak, buyrak va jigarlarini xorijga maxsus konteynerlarda etkazilib, millionlab dollarlarga sotishga yo‘l ochib berding.

Bunday hali tarixda xechkimning hayoliga kelmagan razilona ishlaringni qilib qo‘ysangda, yana o‘zbeklarga seni olqishlab qarsaklar chaldiryotganlaringga qoyil qolaman.

Bular tahsinga sazovor yuksak firibgarlik san’ati ekanligini senga bu g‘amgin kunlaringda aytib seni biroz shodlantiray, deb oldingga shoshildim.

Sen ishlaringni topshirib, aslida shu vaqtincha ochiqda tirik yurganingdan xursand bo‘laver, og‘ayni bilasanmi yangi xukumat sening ustingdan bir eshak emas, bir “Damas” mashinasi to‘lgan 13 215 tomlik hammasi og‘ir jinoyatlardan iborat jinoiy ish qo‘zg‘atmoqchi ekan.

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisining jurnalistlarga bergan bayonotida aytilishicha, buncha ishlarni ko‘rib chiqishga agar butun respublikadagi sudyalar jalb qilinsa, ular o‘z ishlarini taxminan 1 yildan ortiq vaqt tashlab, band bo‘lishlariga to‘g‘ri kelarkan.

Chunki bunga minglab guvohlar, sudyalar, tergovchi, konvoylar va transport uchun xarajatlarga milliardlarning davlat byudjetdan ketmasligi uchun, sening masalan Andijon xalqiga o‘t ochish to‘g‘risidagi birgina tomlik ishi bilan unga oliy jazo berish mumkin va uning qolgan ishlarinni arxivga topshirish kerak, deganmish.

Agar sening hamma jinoyatlaring isbotlansa, sudda hamma ayblaring uchun senga taxminan 500 yil qamoq va yuzdan ortiq oliy jazo berish kerak emish, lekin biz sudyalar bu erda xalqdan tushayotgan jabrlanuvchilar arizalarini ham hisobga olishga majburmiz.

Ularning talablari xarxil, birlari seni dorga osilsin deyishsa, ko‘pchilik uni katta elektr myasorubka yasab, Karimovni unga tiriklay solib, go‘shtingni maydalab, militsiyadagi itlarga berishni talab qilmoqdalar dermish.

Bu ahmoqlarni qara, ularning tomi ketgan bo‘lmasa, kecha “Xalq so‘zi” gazetasida yozishicha, aslida sen o‘zing rozi bo‘lgan o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi farmoningni ham bekor qilisharmidi? Ular seni o‘ldirganlaridan keyingina, bu farmonni qo‘llashmoqchilar.

Yangi prezident yaqinda farmon chiqarib, sen qamatgan o‘nlab ming mahbuslarni va umuman katta amnistiya bilan yana butunlay qamalganlarni ozod qilmoqchi.

Butun o‘zbeklar seni o‘zbekning bolasi emas, musulmon ham emas, Karimovning qonida umuman erkak o‘zbekning qoni yo‘q, seni boyliklarga to‘lgan O‘zbekiston iqtisodini atayin vayron qilganlikda ayblashayotirlar.

Bunday ishlaring bilan, yana senm o‘zbek xalqini qul va qashshoq va manqurtlarga aylantirib, och-yalong‘och o‘z ajali bilan asta-sekin qirmoqchi bo‘layotgan josus va missioner deyishmoqda ham ular.

Ular o‘zbek xalqining sendek eng yovuz dushmanidan qutilgan kunni kalendarlariga yozishib, uch kunlik katta xalq bayramiga aylantirib, bu kunni nishonlashga kirishganlar.

Men bularni kecha prezidentning televideniyadagi ma’ruzasidan o‘z quloqlarim bilan eshitdim, — dedi shayton.

Karimov shayton gaplarini tishini tishiga qo‘yib zo‘rg‘a chidab eshitar edi va birdan u tutaqib: “menga qara, ey yaramas, to‘xtat! Nima, shu gaplaringga men xursand bo‘laymi, yig‘ishtir bu safsatalaringni bo‘g‘izimga keldi hammasi, maqsading nima o‘zi ayt, bo‘lmasa yo‘qol uyimdan! Nimaga kelding o‘zi bu erga!?, — deb baqirdi shaytonga u.

To‘xta Karimov! Faqat men seni qutqarishim mumkin, ammo mening gaplarimni eshitmasang, bilasanmi sen albatta o‘sha sudya aytgan myasorubkaga tushishing aniq!

Endi sen bu xalqning g‘azabidan qochib qutilolmaysan. “Interpol” baribir seni tutib, o‘zbek xalqiga bir kun topshiradi.

Men senga azbaroyi rahmim kelganidan do‘st bo‘laylik deb, senga oxirgi bittagina qolgan imkoniyatingni aytmoqchiman, sen qizishmay eshitgin do‘stim.

Rostini aytay, men pensiyaga chiqmasam bo‘lmaydi, keyingi asrlarda charchayapman, qarib qoldim, Ollohga bu to‘g‘rida ariza yozganimga 200 yildan oshib ketdi axir! Olloh “o‘z o‘rningga odamlarni savobli ishlardan qaytarib, gunohga boshlaydigan va bu bilan ularning menga e’tiqodlarini imtihon qilishda yordamlashadigan, iloji boricha kishilardan top.Insonlarga yaxshilik qilmaydigan, turgan bitgani sho‘rafurush, g‘irrom va katta o‘g‘ri bir odamni topib kelsang, marhamat pensiyangga chiqaver”, dedi menga.

Men shularni o‘ylab, millionlab kishilarning boshini egan sarkarda va diktatorlardan Gitler, Napoleon, Stalin va Pol Pot va Miloshevichlarning tirikligidayoq ularning nomzodini aytdim. Ammo, Ollohu taolo “bu kishilarning birtomonlama bo‘lsada, yaxshiliklari bor-ku”, degan va undan vigovor olganman o‘shanda.

Bilishimcha, men shunday bir odam topishim kerakki, u aynan o‘z xalqiga azob berib uni qatag‘on qiladigan, sho‘rafurishlik va yolg‘onlarni o‘pirishda tengi yo‘q, bo‘lsin.

Xullas anketamdagi hamma savollarga to‘la javoblarni ochiq aytsam, sening qilayotgan yurtboshilik faoliyatingdangina topayotirman.21 yil bir zumda o‘tib ketibdi. Men endi seni o‘zbeklar sud qilib o‘ldirib yubormasdan tirikligingda Ollohga topshirsam, u sening nomzodingni rad etmasligiga aminman.

Qarabsanki, mening qarilik pensiyam yuqori belgilanib, balki Ollohdan mukofot ham olarman.

Albatta mening ishimni sen yoqtirib qolasan. Masalan men Ollohning buyruqlarini so‘zsiz bajarib kelganman va uni xechqachon aldamaganman, biroq sendan juda qo‘rqaman, chunki sen Ollohni ham aldab qo‘yib, meni uyaltirmasang, deyman og‘ayni.

Bu ishga kirishing uchun ariza berishga, idoramiz O‘shda joylashgan Sulaymon tog‘igacha piyoda yurib borish shart, bu senga qiyinroq bo‘ladimi deymanda.

Kel, u erga birga boramiz, zerikmaslik uchun men sening elkangga chiqib biror qo‘shiq aytaman, u qo‘shiq tamom bo‘lgach, sen menga chiqasan, qarabsanrki ikkimiz, Sulaymon tog‘iga etganimizni bilmay qolamiz.

Sen qo‘rqma men o‘zim katta ko‘ringanim bilan tortsang bir yarim kilo kelaman, — deydi kulib shayton.

Ammo Karimov: men seniku ko‘tararman, sen meni ko‘tarolmaysanda, axir men yuz kilo kelaman, shuning uchun men birinchi bo‘lib senga minaman, — deydi u.

Mayli, yuz kilo bo‘lsang, bo‘bsanda, bilasanmi men bir vaqtda og‘ir yuk ko‘tarishda bir eshakni yutib, uning puli yo‘q ekan, dumini tortib olib orqamga yopishtirib olganman, ammo u ham mard shartidan qaytmay rozi bo‘lgan.

Karimov shayton elkasiga chiqib, o‘zining bir og‘iz so‘zdan iborat ashulasini boshlab “go‘y-go‘y”deb ketaveradi.

Iya, Karimov, og‘ayni sening bu go‘y-go‘ylaring qachon tugaydi!? Axir men ostingda 200 kilometr yo‘l bosib o‘ladigan bo‘ldimku, — deb to‘ng‘illasa, Karimov:xoxolab kulib: og‘ayni, hali bu qo‘shig‘imning davomi “do‘y-do‘yi”lari bor, men uni Toshkentga qaytayotganimizda aytmoqchiman,— debdi.

Shunda Karimovning og‘irligidan o‘pkasi og‘ziga kelgan shaytonning jahli chiqib: — men dunyoda shuncha asrlar yashab, xech kimga ham bunday mazax bo‘lmagan edim, senga yaxshilik qilganning uyi kuysin!

Alloh senga Afg‘onistondagi Najibulloning o‘limini berib, o‘liging “Paxtakor” stadionida sasib ketguningcha osilib tursin, tush elkamdan!” deb, Karimovni elkasidan erga otib uradi va bir yumalab ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi!

U tutaqib ketib uyg‘onib qarasa tushi ekan, u o‘zining krovatdan yiqilib erda yotganin ko‘rib nimalar bo‘lyapdi o‘zi dedida yana joyiga yotdi ammo tong otib ketgancha uning uyqusi kelmadi…

Yodgor Turlibekov

 

http://uzxalqharakati.com/?p=215

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: