Ibraev: Salohiddinovning qirg‘inga aloqadorligiga dalil yo‘q – ozodlik.org


Qirg‘izistonning sobiq bosh prokurori Baytemir Ibraev o‘zbek liderlaridan biri Jaloliddin Salohiddinovdan pora olgani haqidagi iddaolarni rad etadi.

07.06.2011

Elmurod

Qirg‘iziston sobiq bosh prokurori Ibraev o‘shlik o‘zbek liderlaridan biri Salohiddinovning O‘sh qirg‘inida aybdorligini shubha ostiga qo‘yuvchi bayonot berdi.

Sobiq bosh prokuror Baytemir Ibraev bu bayonotni uni Jaloliddin Salohiddinovdan pora olganlikda ayblayotgan ayrim qirg‘iz deputatlarining iddaolariga raddiya o‘laroq aytdi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati o‘tgan haftada tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, Qirg‘iziston o‘zbek milliy-madaniy markazi prezidenti Jaloliddin Salohiddinov 2010 yilning 24 iyulida “Bishkek-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchuvchi samolyotdan tushirilib, hibs qilingan.  Shundan so‘ng u Milliy xavfsizlik xizmatining O‘sh viloyat bo‘limida tergov qilina boshlagan. Biroq 2010 yilning 26 iyulida Salohiddinovni Qirg‘iziston Bosh prokuraturasiga chaqirtirib olishgan.

Milliy xafsizlik xizmati ma’lumotida aytilishicha, 26 iyul kuni Bosh prokuror Baytemir Ibraev va uning o‘rinbosari Viktor Ivanov Jaloliddin Salohiddinov bilan ertalabdan kechgacha alohida xonada suhbat qurishgan. Shundan keyin Salohiddinov hibsdan ozod qilinib, xorijga chiqib ketgan.

Milliy xavfsizlik xizmatining bu ma’lumoti Qirg‘iziston parlamentida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Deputatlar “Salohiddinov nima uchun qamoqqa olindiyu, keyin nima uchun qo‘yib yuborildi? Uning O‘sh voqeasi tashkilotchisi sifatidagi faoliyati qanday bo‘lgan?” kabi savollariga huquq-tartibot idoralari rahbarlaridan qoniqarli javob ola bilmadilar.

Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi Bosh prokurori Baytemir Ibraev esa  Salohiddinovning O‘sh qirg‘ini tashkilotchisi bo‘lgani to‘g‘risidagi iddaolarni shubhaga qo‘ygan bayonotni berdi:

– Menga hech kim: “Salohiddinovni bo‘shatinglar, uni qamamanglar” deb hech kim ko‘rsatma bergan emas. Hamma narsa  qonun doirasida hal etilishi lozim. Masalan, bugungi kunda parlamentda o‘tirgan o‘nlab deputatlarga jinoyat ishlari ochilgan. Ularni ham chegarada qo‘lga olib, jinoyat ishlari ochilib, keyin hibsdan chiqarilgan. Nega endi deputatlar bu haqda gapirishmayapti? Rostini aytsam, Salohiddinovning O‘sh qirg‘iniga aloqadorligi haqida asosli dalillar yo‘q edi, shuning uchun u hibsdan ozod qilingan, – dedi sobiq Bosh prokuror Baytemir Ibraev.

Uning aytishicha, o‘sha paytda Jaloliddin Salohitdinovning uyi tintilib, u erdan qurol va o‘q-dori topilgani yuzasidan jinoyat ishi ochilgan edi. Biroq bu tintuv guvohlar ishtirokisiz hamda uy egalari o‘z uyida bo‘lmagan vaqtda amalga oshirilgan va bu holat shubhalidir.

Ammo Qirg‘iziston parlamenti deputatlari tergovda ayblari isbotlanmagani aytilayotgan va sud hukmi bilan aybdor deb topilmagan Jaloliddin Salohiddinovni O‘sh qirg‘inining asosiy aybdorlaridan biri sifatida talqin etishadi. Qirg‘iziston parlamenti deputati To‘qo‘n Mamitovning aytishicha, Bosh prokuratura Salohiddinovni asossiz ravishda qamoqdan ozod qilgan.

– Baytemir Ibraev Salohiddinovni o‘z xuzuriga chaqirtiradi. Keyin u o‘rinbosari Ivanov bilan Salohiddinovni o‘rtaga olib, kechgacha suhbatlashadi. Kechqurun Bosh prokuror Salohiddinovni olib kelgan Milliy xavfsizlik xizmati zobitlariga Salohiddinovning ozod qilinganini aytadi, – deydi To‘qo‘n Mamitov.

Parlament deputatlari Bosh prokuratura Jaloliddin Salohiddinovni pora evaziga hibsdan ozod qilgan, degan fikrda sobitlar. Ayrim parlament deputatlari esa “Jaloliddin Salohiddinov o‘zining ozod etilishi uchun 500 ming dollar miqdorida pora bergan” degan iddaoni ham ochiq-oydin aytmoqdalar.

Biroq sobiq Bosh prokuror fikricha, parlament deputatlarining bu iddaolari dalillar bilan isbotlanmagan quruq so‘zdan boshqa narsa emas.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24227395.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: