Archive for June 7th, 2011

07/06/2011

ÖHH’nin faaliyetlerine ne şekilde katkı sağlayabilirsiniz? – pona.uz

7 Haziran 2011

ÖHH’ye üye olmak ve onun faaliyetlerine katkı sağlamak halkımızın bağımsızlık ve özgürlük isteyen her bir evladının vazifesidir. Çünkü ameller niyetlere göredir ve kendisi ve başkaları hakkında iyilik isteyenlerin bu yolda özveride bulunmaları tabiidir. ÖHH’nin çalışmalarına katkıda bulunmayı isteyenlerin aşağıdaki noktaları dikkate almaları gerekir diye düşünüyoruz:

1. Her şeyden önce ÖHH’nin nasıl bir hareket olduğunu bilmek. ÖHH vatanımızda bütün vatandaşlara zulmetmeyi ve onları horlamayı alışkanlık haline getiren mevcut diktatörlük rejiminin yerine bütün vatandaşlar için özgürlük, adalet ve hukuku temin etmek için  kurulan bir harekettir. Demek ki ÖHH nasıl bir harekettir diye sorulunca yukarıdaki cevabı vermek yerinde bir davranış olacaktır.

read more »

07/06/2011

Muhammad Solih O‘zbekistonda yoshlar siyosati bilan shug‘ullanmoqchi – farghana.ru

07.06.2011

Farg‘ona

Avval xabar berganimizdek, 23-24 may kunlari Berlinda “Erk” Demokratik partiyasi, O‘zbekiston Demokratik kuchlari forumi, “Andijon: Adolat va Tiklanish”, tashkiloti, “Tayanch” jamiyati, “Uyg‘on, O‘zbekiston!” O‘zbekiston Inson huquqlari jamiyati kabi bir necha muxolifat guruhlarini o‘z tarkibiga birlashtirgan O‘zbekiston Xalq Harakatining birinchi Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Harakat o‘z oldiga Islom Karimov rejimini ag‘darishni maqsad qilib olgan kuchlarning orasida eng yirik tashkilot bo‘lib qoldi.

Qurultoy tashkilotchilaridan biri – Muhammad Solihni Harakatning bosh organi – Muassislar kengashining raisi etib sayladilar. Shu kunlarda Muhammad Solih janoblari “Farg‘ona” agentligining savollariga javob berdi.

read more »

07/06/2011

O‘XH faoliyatiga qanday yordam berishingiz mumkin? – pona.uz

Iyun’ 7th, 2011

O‘XH faoliyatiga a’zo bo‘lish va uning faoliyatiga yordam berish xalqimizning erkinlik va hurriyatlar istagan ham bir farzandining burchidir. Chunki amallar niyatlarga ko‘radir va o‘ziga va o‘zgalarga yaxshilik istaganlarning bu yo‘lda fidokorlik qilishi tabiiydir. O‘XH faoliyatiga yoram berishni istaganlar quyidagi nuqtalarga e’tibor qaratishi lozim, deb o‘ylaymiz:

1. Avvalo O‘XHning qanday harakat ekanligini bilish. O‘XH vatanimizda butun fuqarolarga zulm o‘tkazishni va ularni xo‘rlashni o‘ziga usul qilib olgan mavjud diktatura rejimi o‘rniga hamma fuqarolar uchun erkinlik, adolat va huquqni ta’minlish uchun tuzilgan harakatdir. Demak, O‘XH qanday harakat deyilganda yuqoridagi javobni berish o‘rinlidir.

read more »

07/06/2011

Karimovning tushi – uzxalqharakati.com

June 7, 2011

Birdaniga qator Arab mamlakatlarida xalq g‘alayonlari boshlanib, 20-40 yilgacha bilganlarini qilib kelayotgan diktatorlarga qirg‘in kelib, ular bir chetdan o‘z xalqlarining g‘azabiga duchor bo‘la boshladilar.

G‘alayonlar Ulkan Davr qadamining ikkinchi izi O‘rta Osiyoning markazidagi O‘zbekistonga tushdi, sekin asta ko‘lami yorishib aniqlanayotgan bu ulkan izning chegarasi Ozarbayjondan boshlanib Tojikiston, Turkmaniston hatto Qozog‘istonni xam egallagan edi.

read more »

07/06/2011

Aql chegaralidir – uz.adabiyot

Abdulkarim Bahriddin

NAQSHBAND, KUBRO VA TARIQAT DEMOKRATIYASI

TASAVVUFNI ANGLASH YO‘LIDAGI BAHOLI QUDRAT URINISHLAR

Bismillohir rahmonir rahim!

«Qo‘rqsang – aytma, aytsang – qo‘rqma», – deganlar avliyo-anbiyolar.

Haq aytsak, Allohning madadi bilandir.

Xato qilsak, birodarlarimiz kechirsinlar. Kechirmasalar, Alloh kechirsin. Alloh kechirguvchidir. Alloh mehribondir. Alloh rahmlidir.

Chun nest zi har chi nest juz bod ba dast,

Chun hast ba har chi hast nuqsonu shikast.

Pindor, ki hast har chi dar olam nest,

Angor, ki nest har chi dar olam hast.

Najmiddin Kubro (N. Komilov, «Tasavvuf», 2-kitob, 186-bet)

read more »

07/06/2011

V.Ponomaryov: Bahrom Hamroevga hujum bezorilik emas – ozodlik.org

07.06.2011

O‘zbekistonlik taniqli huquq faoli, Rossiyadagi “Memorial” inson huquqlari markazi xodimi Bahrom Hamroev 6 iyun kuni Moskvadagi uyi yo‘lagida kaltaklab ketildi.

Og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan Baxrom Hamroev uni kaltaklaganlar unga noma’lum shaxslar ekanini aytdi.

Bu hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “bezorilik” bandi bo‘yicha ish ochildi.

read more »

07/06/2011

Moskvada o‘zbek huquq faoli qattiq do‘pposlangan – bbc uzbek

7 iyun 2011

Bu Bahrom Hamroevga qarshi Rossiyada uyushtirilayotgan ilk hujum emas

Moskvada “Memorial” inson huquqlarini himoya etuvchi markazining o‘zbekistonlik xodimi Bahrom Hamroev do‘pposlab ketilgan.

Bahrom Hamroev Rossiyada yashovchi va ishlovchi markaziy osiyolik muhojirlar, xususan o‘zbekistonlik qochqinlar huquqlarini himoya etish bilan shug‘ullanadi.

read more »

07/06/2011

Moskvada Bahrom Hamroev yana kaltaklandi – ozodlik.org

07.06.2011

O‘zbekistonlik taniqli huquq faoli, Rossiyadagi “Memorial” inson huquqlari markazi xodimi Bahrom Hamroev 6 iyun kuni Moskvadagi uyi yaqinida kaltaklab ketildi.

Hamroev Moskvaning janub-sharqidagi uyiga qaytayotgan paytda noma’lum kimsalar hujumiga uchradi.

Baxrom Hamroev og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “bezorilik” bandi bo‘yicha ish ochildi.

Kasalxonada muolaja olayotgan huquq faoli bilan telefon orqali bog‘landik va voqea tafsilotlarini surishtirdik.

Bahrom Hamroevni kasalxonaga borib ko‘rgan “Memorial” faoli Vitaliy Ponomorevning aytishicha, hujum bezorilarning ishi emas.

read more »

07/06/2011

O‘zbek turmasida yana bir mahkum qurbon bo‘ldi – uznews.net

07.06.11

Uznews.net – Andijondagi Botirxonovlar xonadoni 25 may kuni o‘g‘illari 29 yoshli maxbus Umidning qazolangani haqidagi xabarni olishdi, uning jasadini qoloniyadan Toshkentdagi “sangorod”ga keltirishgan.

Marhum Umid Botirxonovning yaqinlari kutilmagan o‘limdan chuqur qayg‘uda qolishmoqda.

No pomimo gorya i shoka oni ispıtıvayut strax, chto oglaska i popıtka opredelit’ istinnıe prichinı ego konchinı mogut obernut’sya repressiyami protiv ostavshixsya rodstvennikov.

read more »

07/06/2011

25 yoshli sud’ya pora bilan ushlandi – ozodlik.org

Keyingi paytlarda amaldorlarning pora bilan ushlanish holatlari ko‘paymoqda.

07.06.2011

Mehribon

Yakkasaroy tuman fuqaroviy ishlar bo‘yicha sudi sud’yasi Doniyor Po‘latov poraxo‘rlikda ayblanib, hibsga olindi.

Toshkent shahar Yakkasaroy tuman fuqaroviy ishlar bo‘yicha sudi sud’yasi 25 yoshli Doniyor Po‘latov 200 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

read more »