O‘zbekistonlik shoir va jurnalist Shukur Sodiq hibsga olingan – bbc uzbek


6 iyun 2011

Shoir va jurnalist Shukur Sodiqni Toshkent shahar prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashadigan departamenti xodimlari hibsga olganlar

“Ezgulik” inson huquqlarini himoya qilish jamiyati xabar qilishicha, taniqli shoir va jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasining a’zosi Shukur Sodiq Toshkentda hibsga olingan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining pora olish-berishda vositachilik qilish bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Shukur Sodiq Toshkentda nashr etiladigan “Inson va qonun” ro‘znomasining muxbiri bo‘lib ishlagan, gazetaning muassisi O‘zbekiston Adliya vazirligidir.

“Ezgulik” jamiyatiga ko‘ra, shoir va jurnalistni Toshkent shahar prokuraturasining iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashadigan departamenti xodimlari Toshkent shahridagi qahvaxonalardan birida hibsga olganlar.

“Ezgulik” jamiyatiga ma’lum bo‘lishicha, prokuratura “Inson va qonun” ro‘znomasi muxbirini porani mansabdor shaxsga etkazib berishda gumon etmoqda.

“Biroq shoirning do‘stlari, ko‘pchilik ijodkorlar hodisaning uyushtirilganini iddao qilishmoqda”, deyiladi inson huquqlari jamiyati tarqatgan xabarda.

Shoirning salomatligi yaxshi emasligi, bunga qaramasdan qarindoshlariga u bilan ko‘rishishga ruxsat berilmayotgani xabar qilingan.

Shoir, jurnalist va tarjimon Shukur Sodiq 1959 yili Samarqandning Nurobod tumanida tug‘ilgan.

U O‘zbekistondagi qator badiiy nashrlarda faoliyat ko‘rsatgan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110606_cy_arrest_journalist.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: