Karimovni tushunamiz Po‘latov desak, Po‘latov deganimiz – Karimov demak – yangifikr


Karimovni tushunamiz Po‘latov desak,

Po‘latov deganimiz – Karimov demak

Tolib Yoqubov

Yolg‘on gapirish uchun inson vijdondan ajralgan bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda jaholatga asoslangan siyosiy avtoritar tuzum yaratgan Islom Karimovni tushunish mumkin: jaholatni xas-po‘shlash uchun u yolg‘on gapirishga mahkum. Muxolifat-chi? Bu jaholatli tuzumni demokratik tuzum bilan almashtirish niyatida harakat qilayotgan muxolifatning ba’zi vakillarini yolg‘on gapirishga nima majbur qiladi? Vijdon masalasi chatoqmikin ularda ham? Shunga o‘xshaydi.

http://www.harakat.yo‘q saytida EXHT raisining Toshkent safari munosabati bilan “po‘latovizm” kasaliga yo‘liqqan «Birlik» partiyasi raisi Abdurahim Po‘latovning tahlili chiqibdi. Asosiy maqsadga o‘tishdan oldin muhtaram o‘quvchilarga «po‘latovizm» kasali haqida eslatma bermoqchiman.

«Sadizm» va «mazoxizm» tushunchalarini ko‘pchilik biladi. Markiz de Sad nomi bilan atalgan sadizm – zo‘ravonlikka moyillik, odamlarning xo‘rlanish va azoblanishidan zavqlanish bo‘lsa, mazoxizm – yozuvchi L. fon Zaxer-Mazox nomi bilan bog‘liq bo‘lib, inson jinsiy aloqa paytida juftiga azob berishi va uning azobdan qiynalishidan lazzatlanishidir.

Hayotda, siyosatda inson o‘zining sobiq safdoshlarini tinimsiz haqorat qilishi, ularning ustidan kulishi, ularga to‘hmat qilishi hamda bundan ko‘ngli to‘lishi va zavqlanishini biz «po‘latovizm» deb atagan edik (ilgari bu termin muomulada bo‘lmagan). Abdurahim Po‘latov bu kasalga yo‘liqqaniga har bir kishi uning saytidagi maqolalarini o‘qib amin bo‘lishi mumkin.

Uning 2011 yil 1 iyulda chop etgan taxlilidan uzun quyidagi parchani keltirishni lozim topdim:

«1998 yoki 1999 yili AQShning Davlat Kotibi Madlen Olbraytning O‘zbekistonda bo‘lishiga oid bir voqeani eslayman. O‘sha vaqtda O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining raisi bo‘lgan Tolib Yoqub Madlen Olbrayt bilan uchrashishi kerak edi. Tolib aka bilan uchrashuvda nimalarni gapirish kerakligi haqida ko‘p marta gaplashdik. Men O‘zbekistondagi og‘ir ahvol to‘g‘risida umumiy shakldagina gapirib, amerikalik mehmondan Inson Huquqlari Jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida yordam so‘rash va aynan shu masalani suhbataning asosiy mavzusi qilish kerakligini so‘radim.

U kishi esa, bir qator qamalganlarning taqdiri va eng kulgilisi, Jizzax viloyati hokimi qandaydir yig‘ilishda, qaysibir kolxozning brigadiriga shapaloq urganinini urg‘ulashni istardilar. Bu gaplar o‘sha erda qolib ketishini, Jamiyatni ro‘yxatga oldirish masalasi tezda hal bo‘lib ketishining ehtimolligi katta ekanligini aytdim, bo‘lmadi. Xullas, Tolib aka aytganlarini qildilar. Jamiyat esa haligacha ham ro‘yxatdan o‘tmadi. Qamoqdagilar hali ham qamoqda».

Bu parchani taxlil qilishdan oldin men A.Po‘latovda kuzatilgan bir ijobiy o‘zgarishni qayd qilmoqchiman. Bir paytlar men haqimda maqola yozib, garchi yoshi bo‘yicha mening kindigimdan-da past bo‘lsa-da, A.Po‘latov meni o‘zbekona «Tolib aka» yoki madaniyat nuqtai-nazaridan «Tolib Yoqubov» demasdan, maqolaning boshidan oxirigacha «Tolib» deb sensirab yozgan edi. Yuqorida keltirilgan parchaga e’tibor qilsangiz endi u meni «Tolib aka» deb, sizlab yozibdi. Bilmadim, A.Po‘latovga Xudo insof ato etganmi yoki u «po‘latovizm» kasalidan biroz qutila boshlaganmi! Qanday bo‘lsa-da, men uning iltifotiga muhtoj emasman.

Parchaga qaytaylik. A.Po‘latov AQSh Davlat Kotibi Madlen Olbraytning Toshkent safari vaqtini «1998 yoki 1999 yili» [M.Olbrayt Toshkentga 2000 y. aprelьda kelgan – T.Yo.] deya ko‘rsatganini uning «arzimagan» xatosi, deb hisoblab, shuni ta’kidlamoqchiman-ki, A.Po‘latovning yuqoridagi iddaosi qip-qizil yolg‘on.

M.Olbrayt 18 aprelь kuni I.Karimov bilan uchrashgan, 19 aprelda esa fuqaroviy jamiyat vakillari bilan so‘hbatlashdi. Boshqacha aytganda, M.Olbrayt O‘zbekistonning rasmiy mulozimlari bilan muzokaralarni tugatgach nodavlat tashkilotlar (NT) vakillari bilan uchrashdi. NT vakillari uchrashuvida, o‘zining aytishi bo‘yicha, u I.Karimov bilan uchta masalani kun tartibiga qo‘ygan va shulardan biri aynan O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati (O‘IHJ)ning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasi bo‘lgan. O‘sha paytda internetda chiqqan bir maqoladan parcha keltiraman:

«V xode vstrechi s uzbekskim prezidentom Madlen Olbrayt rekomendovala Islamu Karimovu bez provolochek registrirovatь pravozaщitnыe organizatsii i razlichnыe politicheskie partii, v tom chisle i oppozitsionnыe, to estь pozvolitь oppozitsii deystvovatь legalьno».

A.Po‘latovning iddaosi bo‘yicha M.Olbrayt avval men bilan uchrashadi-da, keyin I.Karimov bilan uchrashib, mening talablarimni uning oldiga ko‘ndalang qilib qo‘yar emish! Men qatnashgan uchrashuvlarning faqat bittasida EXHTning raisi, Polьsha tashqi ishlar vaziri Bronislav Geremek avval fuqaroviy jamiyat vakillari bilan, ertasi kuni I.Karimov bilan uchrashgan (19-20 aprelь 1998 y.).

NT vakillari bilan uchrashuv tugagach M.Olbrayt men bilan rus tilida alohida qisqa so‘hbat qildi va rasmga tushdi. Men u bilan ikkinchi bor ikki yarim yildan keyin Seulda, 100 ta mamlakat nodavlat tashkilotlarining 2-Forumida uchrashdim. M.Olbrayt meni tanidi va oldimga keldi, mening familiyamni ham adashmasdan esladi. U AQSh delegatsiyasi nomidan Forum qatnashchilari uchun ziyofat uyushtirdi. Ziyofat paytida u mening oldimga kelib yana qisqa so‘hbatlashdi va O‘IHJning ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha 2000 yilgi harakati samara bermaganiga afsuslik bildirdi.

O‘IHJning davlat ro‘yxatidan o‘tishiga hukumat tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, uning qilgan ishlarini AQSh hukumati yaxshi bilar edi. Shuning uchun AQShdan kelgan rasmiy delegatsiyalar o‘zbek rasmiylari bilan bo‘lgan uchrashuvlarda albatta O‘IHJning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasini qo‘yar edi. O‘IHJ o‘zining 3-Qurultoyini o‘tkazib Adliya vazirligiga hujjat topshirgach (noyabro 2001 y.), 2002 yil yanvarь oyida kelgan Davlat departamentining yuqori lavozimli vakili (ayol) elchixonada menga: «Biz hukumat bilan bu masalani muhokama qildik. Hukumat O‘IHJni ro‘yxatdan o‘tkazadigan bo‘ldi. 3-4 kundan keyin guvohnoma olasizlar» deb meni tabrikladi. Biroq 30 yanvarь kuni men Adliya vazirligining rad javobini oldim.

A.Po‘latov O‘zbekiston hukumatining nayrangini yo bilmaydi, yo bilsa-da ataylab hukumat foydasiga o‘yin qiladi. Maqsad: uning yo‘liga yurmagan odamlarni asabiga tegish va o‘zining kundan-kunga pasayib borayotgan obro‘sini tiklashdir.

A.Po‘latov o‘zining to‘hmatini yozishdan oldin internetga bir qarab ham qo‘ymabdi va aynigan miyasiga kelgan gapni yozaveribdi. Uning to‘hmati «po‘latovizm»ning bir ko‘rinishidan boshqa narsa emas. Buning ustiga tom ham ketgan ko‘rinadi.

A.Po‘latov o‘zining tuturuqsiz «…Jizzax viloyati hokimi qandaydir yig‘ilishda, qaysibir kolxozning brigadiriga shapaloq urganinini urg‘ulashni istardilar» gapiga jiddiy va meni yaqindan tanigan odamlar mutlaqo ishonmasligini biladi va shuning uchun o‘z maqolasini choyxona-odam (obыvatelь)lar uchun yozgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu – tabiiy, chunki uning atrofida choyxona-odamdan boshqa insonlar qolmadi.

Millatga xizmat qilish

A.Po‘latov millatga xizmat qilish haqida ko‘p gapiradi va yozadi. O‘zi-chi? O‘zi millatga qanchalik xizmat qildi? Bu savolga javob berishdan oldin eshitgan bir hikoyani aytib o‘tmoqchiman.

Qrim-tatarlar o‘z vatanlariga qaytish harakatini tashkil qilishganda rlamlar katta qiyinchilik va xavflarga qaramay qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilishgan. Shulardan biri o‘zbekistonlik 18 yoshli qrim-tatar qizi Ayshe Seitmemetova Nьyu-Yorkka borib BMTning Bosh Assambleyasida o‘z xalqi muammolari haqida gapirish uchun O‘zbekistondan chiqib ketadi. Katta qiyinchiliklarni engib u ikki yilda Nьyu-Yorkka etib boradi va Bosh Assambleyada so‘zga chiqish huquqini olish uchun kurash boshlaydi. Bu huquqni qo‘lga kirishgacha ham u ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi, biroq engib chiqadi. Uning nutqi kuchli sado beradi va dunyo hamjamiyati uni qo‘llab-quvvatlaydi.

1992 yilning dekabrida O‘zbekistondan chiqib ketgan A.Po‘latov 1998 yildan beri AQShda yashaydi. Biroq o‘zbek millatini I.Karimovdan-da kuchliroq sevgan A.Po‘latov Ayshe Seitmemetova qilgan ishni qilishni hayoliga ham keltirgan emas. O‘zbekistonda yashayotgan muxolifat vakillari, huquqbonlar, jurnalistlar va boshqalarda AQSh Davlat Kotibi kabi yirik shaxslar bilan umrida bir marta uchrashishga imkoniyat yo bor, yo yo‘q. A.Po‘latov esa Vashingtonga xohlasa har kuni borishi mumkin. Buyuk demagog (lo‘ttiboz)larda millatga nisbatan munosabat nari borsa Gebbelьsnikiday, yoki Karimovnikiday, yoki Mugabenikiday bo‘ladi, xolos.

A.Po‘latovning aljirashidan yana bir parcha keltiraman:

«Agarda O‘zbekistondagi hamma huquq himoyachisi tashkilotlar “Ezgulik”dan o‘rnak olib, ro‘xatdan o‘tsalar edi, tabiiy, bu yig‘i-sig‘i qilishdan qiyinroq ish, O‘zbekistonda mutlaqo boshqacha vaziyat yuzaga kelgan, hamma qamalganlar allaqachon ozod etilgan bo‘lardi. Ammo, buni o‘zbek huquq himoyachilariga tushuntirib bo‘ladimi? Buni tushunish uchun katta aql kerak».

Hukumat bor-yo‘g‘i uchta huquqbonlik tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi: Marat Zohidovning «O‘zbekiston shaxs huquqlarini himoya qilish komiteti», Mixail Ardzinovning «O‘zbekiston inson huquqlari mustaqil tashkiloti» va O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati. O‘zbekiston jamiyatida tashkilotning mohiyati uning rahbarining hukumatga munosabati (unga ishlashi yoki ishlamasligi) bilan bog‘liq.

M.Zohidov kimga ishlashini mutlaqo yashirayotgani yo‘q. U haqda ortiqcha gapirishning hojati ham yo‘q.

M.Ardzinov 1991 yil hukumat bergan topshiriqni to‘la-to‘kis bajarib, Rossiyaga, S.-Peterburgga, ukasi, KGBning kadrovыy ofitseri Vasiliy Ardzinov oldiga survordi. Vaholanki, M.Ardzinov ham KGBning kadrovыy ofitseri bo‘lgani, 70-chi yillar boshida KGB uni O‘zbekistonga rezident qilib jo‘natganini men hujjat asosida fosh qilgan edim. M.Ardzinovning bir o‘zi o‘zbek muxolifati va huquqbonlik harakatiga MXX va davlatning boshqa kuchishlatar organlaridan ko‘proq zarar etkazdi.

Vasila Inoyatova boshqarayotga «Ezgulik» tashkiloti qanday yo‘l bilan davlat ro‘yxatidan o‘tganini biz yaxshi bilamiz. Biroq biz bu yo‘lni tanlashni xohlamadik.

A.Po‘latov maqolasidan keltirilgan parchaning ikkinchisida uning aljirashi (…hamma qamalganlar allaqachon ozod etilgan bo‘lardi…)ni tushunish uchun katta aql kerak emish. To‘g‘rirog‘i, bu aljirashni tushunish uchun aql bo‘lishi emas, davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun «Ezgulik» darajasiga tushish kerak. Buni vijdoni bor odamlar istamaydi.

Xulosa. A.Po‘latovning maqolasini o‘qigach, men darrov qip-qizil kommunist Mayakovskiyning:

Kogda mы govorim «partiya», podrazumevaem Lenina,

Kogda mы govorim Lenin, podrazumevaem partiyu.

she’rini esladim. Qip-qizil kommunist A.Po‘latovning maqolasini o‘qib, uni qip-qizil kommunist I.Karimovga o‘xshatdim va yuqoridagi she’rni ushbu ko‘rinishga keltirdim:

Karimovni tushunamiz Po‘latov desak,

Po‘latov deganimiz – Karimov demak.

06.06.2011

http://www.yangifikr.com/news/index.php?option=com_content&view=article&id=192:2011-06-06-04-38-17&catid=1:latest-news

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: