KECHA. BUGUN. ERTAGACHI? – yangifikr.com


Rossiyadan kelayotgan xabarlarga qaraganda, mamlakat poytaxti Moskvada, mashxur turk shoiri, yozuvchi, dramaturg, stsenariynavis va jamoat arbobi Nozim Xikmat vafot etgan sanasi munosabati bilan, katta anjuman bo‘lib o‘tgan.

Rossiya-turkiya tadbirkorlari uyushmasi ko‘magida tashkil etilgan bu anjumanda, Turkiyalik san’at va adabiyot namoyondalari xam ishtirok etishgan.

Yig‘ilganlar,  faqat rossiyalik “kattalar”ning so‘ngi borar makoni xisoblangan Novodevich’e qabristonidagi Nozim Xikmatning kabrini gullarga burkashgan, uning xayot yo‘lini yodga olishgan, she’rlarini yoddan o‘qishgan.

Ayniqsa, Turkiyaning Rossiya federatsiyasidagi elchisi Oydin Sezginning Nozim Xikmat shaxsi xaqidagi so‘zlari diqqatga sazovor. Mana uning nutqidan iqtiboslar:

….Davrimiz uning shaxsiga e’tibor bermagani, juda katta xato edi..

…Bunday erkin  insonlarni qamaganlar va surgun qilganlar, o‘zlarini ozodlikdan maxrum qildilar, o‘zlarini surgun  qildilar…(ya’ni, o‘zligini demoqchi)

….U sog‘inch kabi azobni tortishga loyiq shaxs emas edi…

…Uning aybi nima edi? Uning aybi, bir g‘oyaga, fikrga ega ekanligi edi..

…Uni kommunistik g‘oyada ekanligi uchun ayblashdi, xolbuki o‘sha davrdagi xukumat sobiq kommunistik SSSR bilan do‘stlik va xamkorlik shartnomasiga ega edi..

….Asarlari ta’qiqlangan edi. Xozir uning bu asarlari bilan faxrlanamiz…

…U xuddi ko‘chmanchi qush kabi mamlakatlar orasida uchib yurdi….

Nozim Xikmat o‘z mamlakati – Turkiyada, umumiy xisobda, 17 yil umrni qamoqda o‘tkazgan. Keyinchalik Turkiya raxbarlari,  kommunistik Rossiya bilan aloqalarni buzmaslik maqsadida uni qamoqdan chiqarishib, yarim tunda qayiqqa o‘tqazib, dengiz orqali Rossiyaga xaydab yuborishadi.

12 yil davomida Rossiyada yashagan mashxur yozuvchi va shoir, 1963 yilda Moskvada, jonajon yurtidan minglab kilometr olisda qazo topadi.

Bu xabarni o‘qib, ta’qiqlar, taxqirlar bosimi ostida nobud bo‘lgan, azob chekkan Abdulla Qodiriyni, Cho‘lponni, Fitratni, Usmon Nosirni, va O‘zbekistonning boshqa ko‘plab olim, siyosatchi va adabiyot namoyondalarini esladim.

Ularning vujudlari kishanlangan esada, ruxlari, tillari juda xam erkin edi. Ularning so‘zlari ta’qiqda bo‘lsada, asarlari va yurish turishlari ommaning kalomida edi.

Biroq, xukumat soxiblari ularni xalq orasidan sug‘urib oldi va yo‘q qildi. ularning ko‘pchiligi keyinchalik oqlangan bo‘lsada, ularning asarlari va ijodiy ishlarini o‘rganishga xozirgacha to‘liq ruxsat berilmagan….

Oradan 80-90 yil o‘tganiga qaramasdan mamlakatimizda xali xamon o‘sha xukumat qudratda. Mamlakat boshlig‘i necha marta o‘zgargan, ichki va tashqi siyosatga bir qancha o‘zgarishlar kiritilib, O‘zbekiston butunlay qayta qurilgan bo‘lsada, ERKIN SO‘Z va ERKIN FIKR  xali xamon ta’qiqda…

Sal “boshqacharoq” she’r yoki xikoya yozdingizmi, xar qanday redaktsiya eshigi siz uchun taqa taq yopiladi… Jurnalist Dilmurod Sayyidni “Yo‘q xaqida badixa”si uchun kechirishmadi. Bir vaqtning o‘zida uning rafiqasi va qizining xalok bo‘lishi xam yuqoridagi to‘ralarni ko‘nglini yumshatmadi: jurnalist xozir xam qamoqda o‘tiribdi.

Mamadali Maxmudov. Jizzaxlik mashxur yozuvchi. U sovet ittifoqi davrida yashab turib,  o‘z asarlari orqali o‘zbeklarni mustaqillik uchun kurashga chaqirgan birinchi o‘zbek yozuvchisi. Uning mana shu ruxda yozilgan asarlaridan “kattalar” qo‘rqib ketishdi. Darxol yostiqday aybnomalar tuzildi va yozuvchi Mamadali Maxmudov qamoqqa tashlandi. Mana 11 yil bo‘libdiki, O‘zbeklar mustaqilligini orzu qilgan xur fikrli, toza so‘zli inson, “mustaqil” O‘zbekistonning qamoqxonasida o‘tiribdi.

“ERK” gazetasining bosh muxariri Muxammad Bekjon. 1999 yilda 15 yilga zidonband etilgan edi. Uning bor yo‘q aybi, o‘zi tanlagan g‘oyaga sodiqligi edi xolos.

Mamlakat ichida o‘zining noordinar fikrlari va islom diniga aloxida xurmati va e’tiqodi bilan ajralib turuvchi  jurnalist va taniqli sport sharxlovchisi, shoir Xayrulla Xamidov xam o‘zi xizmat qilayotgan tuzumning jazo mashinasi ostida qoldi. Xozir u 6 yillik jazo muddatini o‘tayapti.

Yana bir jurnalist G‘ayrat Mexliboev. U «Xurriyat» va «Moxiyat» kabi nodavlat gazetalar bilan yaqindan xamkorlik qilardi. Mustaqil O‘zbekiston xukumat, uning maqolalarida erkin fikr va xurlikning xidi sezdi. G‘ayrat Mexliboev xozir 7 yillik jazo muddatini o‘tagan bo‘lsada, xamon zindonda saqlanayapti..

1999 yilda 15 yillik qamoqqa xukm qilingan yana bir jurnalist, “ERK” partiyasi a’zosi Yusubboy Ro‘zimurodov xam ozodlikni kutib o‘tiribdi.

O‘zbekistonning yagona mustaqil va o‘ta erkin fikrlovchi fuqarosi, mamlakatning noqonuniy prezidenti Islom Karimov, xattoki o‘z qarindoshlarining xam erkin fikrlashlariga qarshi. U o‘zining tug‘ishgan akasining o‘g‘li, jurnalist  Jamshid Karimovni, mana 5 yildirki Samarkanddagi ruxiy kasallar shifoxonasida saqlayapti.

Jamshidning “aybi” – xalqaro tashkilotlar va xuquq ximoyachilari bilan yaqin aloqada bo‘lgani va O‘zbekistonning bugungi kunlari xaqida xaqqoniy xabar va maqolalar yozganligi.

Xalqning toptalgan xuquqlarini ximoya qilishga bel bog‘lagan o‘g‘lonlarchi?  Sirdaryolik Azam Farmonov “Jasliq” deb ataluvchi konslagerda qiynoqlarga solinayapti.  Abdusattar Irzaev, Nosim Isakov, Alisher Karamatov, Norboy Xoljigitov, Rasul Xudoynazarov, G‘abibulla Oqpulatov, Yo‘ldosh Rasulov….Bu ro‘yxata xali beri nuqta qo‘yilarmikin?

Karimov xukumati ulardan ayrimlarini vaqti vaqti bilan, mamlakatni tark etish sharti bilan ozod qilayapti. Dunyodagi eng qudratli va eng demokratik davlatlari esa O‘zbekiston xukumatining bu qilmishini “insonparvarlikning eng oliy ko‘rinishi” deya baxolashib, jazavaga tushishyapti…

Qiziq…Odamni vatanidan, uy joyidan, nufuzidan mosuvo qilish qachondan buyon insoparvarlik xisoblanadigan bo‘ldi?

Xukumating qamog‘iga tushish xavfidan qochib qutilish uchun yuzlab e’tiqodli, xur fikrli ziyolilar va diniy arboblar mamlakatni tark etishdi.  Beixtiyor o‘ylanib qolaman, naxotki Erkin so‘z, G‘oya va Erkin fikrni butunlay kishanband qilish uchun O‘zbekiston 1991 yil sentyabrda mustaqilikka erishdi? Aksincha bo‘lsa, nima uchun Evropa, Amerika qit’asi, Avstraliya kabi mamlakatlarda “dissident”, “siyosiy qochqin” degan g‘alati yorliqlarga ega bo‘lgan  o‘zbeklar soni toboro ortib borayapti?

Savollar ko‘p, javoblarni esa qidirishga esa vaqt toboro oz qolayapti….

Aslida Nozim Xikmatning vafoti sanasi munosabati bilan Moskvada bo‘lgan anjuman tufayli qoralagan bu maqolani, shu insonning o‘limi oldidan aytgan so‘zlari bilan tugatim keldi. U shunday degan ekan.

“Men o‘lsam, qabrimni Onado‘lidagi qabristonga qo‘yinglar, qabrim ortida bir chinor bo‘lsa bo‘ldi”.

Biz xatto chinorni xam orzu qila olmaymiz…

Chunki Islom Karimov va uning amaldorlari chinorlarga xam qarshi urush e’lon qilgan..

Mamlakatimda xozir Chinorlar qolmagan….

Ulug‘bek.

Vankuver, 2011, 3 iyun’.

 

http://www.yangifikr.com/news/index.php?option=com_content&view=article&id=191:2011-06-04-12-41-44&catid=35:2011-01-12-05-37-42&Itemid=37

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: