Rossiyadan kelayotgan xabarlarga qaraganda, mamlakat poytaxti Moskvada, mashxur turk shoiri, yozuvchi, dramaturg, stsenariynavis va jamoat arbobi Nozim Xikmat vafot etgan sanasi munosabati bilan, katta anjuman bo‘lib o‘tgan.
Rossiya-turkiya tadbirkorlari uyushmasi ko‘magida tashkil etilgan bu anjumanda, Turkiyalik san’at va adabiyot namoyondalari xam ishtirok etishgan.
Yig‘ilganlar, faqat rossiyalik “kattalar”ning so‘ngi borar makoni xisoblangan Novodevich’e qabristonidagi Nozim Xikmatning kabrini gullarga burkashgan, uning xayot yo‘lini yodga olishgan, she’rlarini yoddan o‘qishgan.