Turkiya O‘zbekistonga tibbiy uskunalar topshirdi – ozodlik.org


04.06.2011

Turkiyaning Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligi (TIKA) O‘zbekistonga tibbiy uskuna va qurilmalar topshirdi.

Worldbulletin.net nashri xabariga ko‘ra, ul’tratovush apparatlari, noutbuk kompyuterlari, mebellar va boshqa materiallar 4 iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston rasmiylariga topshirilgan.

Marosimda so‘zlagan Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mehmet Sertoj So‘nmezay Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan va birinchi bo‘lib O‘zbekistonda elchixona ochgan davlat ekanini ta’kidlagan.

Tadbirda chiqish qilgan TIKAning Toshkentdagi dasturi muvofiqlashtiruvchisi Bakir Demir o‘z tashkiloti O‘zbekistondagi qator jamg‘armalar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganini urg‘ulagan.

Dunyoning 20ta davlatida o‘z vakolatxonalariga ega bo‘lgan Turkiya hukumatining Hamkorlik va taraqqiyot agentligi Afrika, Osiyo va Evropa davlatlarida turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110604/402/850.html?id=24215332

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: