So‘g‘dda islomiy to‘y o‘tkazganlar sudlanadi – ozodlik.org


04.06.2011

Alisher

Co‘g‘d viloyatining Asht tumanida  to‘rt nafar tojikistonlik to‘y o‘tkazgani uchun mahakamaga tortildi. Tuman sudi hakami Shog‘ufron Davronovning aytishicha, mahkamaga tortilganlar to‘ylarni dinni targ‘ib qilish marakasiga aylantirganlar.

– Ayni paytda Tojikiston Islom o‘yg‘onish partiyasining So‘g‘d viloyati bo‘limi vakillari Mirzo Xojimatov va Sobit Madaliev, to‘y egasi No‘mon Xolmirzaev va uning qarindoshi amaldagi qonunga zid ish tutib, to‘yni diniy marakaga aylantirishgan. Ularning ishi sudda ko‘rilib chiqiladi, – dedi Shog‘ufron Davronov.

Rasmiylarning ta’kidlashlaricha “Urf-odat va to‘y – ma’rakalarni tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun to‘ylarda diniy ma’ruzalar qilishni taqiqlaydi.

– Mazkur Qonunda  “to‘y” degan kalima bor. Aytmoqchimanki, to‘y bu raqsga tushish, qo‘shiq aytish va xursandchilik qilish  marosimi. Marxamat, domlalar ham ishtirok etishsin, xech kim taqiqlamagan, so‘zga chiqishsin, tabriklashsin. Lekin  to‘yxona amri ma’ruf qilish va mavlud o‘qish joyi emas. Buning uchun masjidlar mavjud, – dedi viloyat hokimiyati rasmiysi Mazbut Vohidov.

Biroq  xuquq ximoyachilari va tahlilchilarning aytishlaricha, rasmiylar va kuch ishlatar tizimlari vakillarining o‘zlari Qonunni buzishmoqda.

– Yangi qonunning birorta moddasi yoki bo‘limida to‘ylar  zamonaviy  yoki islomiy tarzada o‘tkazilish kerakligi haqida hech nima deyilmagan. Faqat, Qonunda “xatna”  va “ nikoh” to‘ylari haqida aniq ko‘rsatma berilgan. Shunday ekan Tojikistonda islomiy to‘ylarni o‘tkazish taqiqlanmagan, – deydi  inson xuquqlari himoyachisi  Fayziniso Voxidova.

Mustaqil kuzatuvchilar fikricha,  yangi Qonun  jamiyatda poraxo‘rlikning yana bir turi paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan.

– Taqiqlangan to‘y yoki marakani tekshirgani kelgan qonun ijrochilari ko‘p hollarda oshna-og‘aynigarchilik qilib, yo bo‘lmasa o‘ziga tegishli  ulushini oladilar-da, ketadilar. Bundan hamma xabardor. Lekin hech kim bunday ko‘rinishlarga qarshi kurashmayapti, – deydi kuzatuvchi Dilorom Abduvoxidova .

Aholisining taxminan 60 foizi qashshoq deb topilgan Tojikistonda 2007 yil  «Urf-odat va to‘y – ma’rakalarni tartibga solish to‘g‘risida” Qonun qabul qilingan edi.

Mazkur qonunga muvofiq, mamlakatda to‘y-hasham va diniy tadbirlar soni kamaytirildi. Tug‘ilgan kunlarni nishonlash, Beshik to‘yi, Qiz bazmi, Charlar kabilar shular jumlasidandir. Shuningdek, sunnat to‘yiga aloqador maslahat oshi, milliy kurash, uloq hamda ordbezon marosimlari, to‘yga 60 dan ortiq mehmon chaqirish taqiqlangan.

Nikoh to‘yidagi fotiha, maslahat oshi, qudalarga sarpo berish, sep to‘yi, choygashtak yoki qizlar majlisi kabi marosimlar ham qat’iyan ma’n etiladi. Nikoh to‘ylari ilgarigidek 4-5 kun emas, balki bir kun davomida o‘tkazilib, to‘yga chaqirilgan mehmonlar soni 200 kishi bilan cheklanadi.

To‘y harajatlarini ikki tomon baravar ko‘taradi va to‘y korteji to‘rtta avtomobildan oshmasligi zarur. Bundan tashqari, beshik to‘yi, chillagurezon, soch to‘ylari ko‘pi bilan 15 kishi ishtirokida o‘tkaziladi.

Yangi qonunni buzgan oddiy fuqarolardan 2000 somoniy yoki 440 dollargacha, amaldorlardan 5000 somoniy yoki 1100 dollargacha va yuridik shaxslardan esa 10 ming somoniy yoki 2200 dollargacha ma’muriy jarima undirilishi belgilangan.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24215090.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: