O‘shda harbiylarning tayyorgarligi tekshirildi – ozodlik.org


Kyrgyzstan – Military Exercise Held in Osh Ahead Of One Year Anniversary of Tragic Events Last Year, 3June2011 army, soldiers

04.06.2011

Sherzod

2010 yilgi O‘sh voqealarining bir yilligi arafasida O‘shda kuch tizimlarining harbiy tayyorgarligi tekshirildi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi, Mudofa va maxsus kuchlari bo‘linmalari iyun voqealarining bir yilligi arafasida O‘shda xavfsizlikni ta’minlashga katta e’tibor qaratayotganligi aytilmoqda.

Jamoatchilik xavfsizlik ta’minlanganiga amin bo‘lishi uchun O‘sh shahri markaziy maydonida harbiy yurish ham o‘tkazildi. Harbiy yurishga Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baqit Alimbekov rahbarlik qildi.

– Ikki millatni yana urishtirib, mamlakatimizga xavf tug‘dirmoqchi bo‘lgan kuchlar yo‘q emas. Men shu erda turgan har bir harbiyni, har bir fuqaroni barqarorlikni saqlashda o‘z hissasini qo‘shishiga chaqiraman.  Barqarorlikka qo‘shgan hissamiz birlikda, inoqlikda va shu erda turgan harbiylarning o‘z vazifasini bajarishida bo‘ladi, – dedi Baqit Alimbekov.

O‘shda  iyun voqelaring bir yilligi arafasida “Noma’lum odamlar yana janjal boshlashar emish, Tojikiston orqali Afg‘onistondan qassos olish uchun qurolli guruh o‘tganmish”, qabilidagi mish-mishlar keng tarqalayotgan edi.

Biroq O‘sh shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Mamat O‘ro‘zbaevning aytishicha  shaharda tarqalgan mish-mishlarlarning birontasi tekshiruv natijasida tasdiqlanmagan:

– Hozir turli mish-mishlar tarqalmoqda. Mish-mishlar qaysidir bir kuchlar tomonidan ijtimoy-siyosiy vaziyatni murakkablashtirish maqsadida tarqatilayotgan bo‘lishi mumkin. Biz tarqalayotgan har bir mish-mish yuzasidan tekshiruv ishlarini olib borayapmiz.  Hozircha mish-mishlarning birontasi ham tasdiqlanmadi.  Shunga qaramay biz kuchaytirilgan tartibda ishlayapmiz. Shahar hududlarida kuniga 800dan ortiq ichki ishlar xodimi, bir yarim minga yaqin xalq qo‘shinlari ishlamoqda.  Nima bo‘lsa ham shaharda tartibni saqlab qolishga kuchimiz etadi, – dedi Mamat O‘ro‘zbaev.

Ayni paytda o‘shliklar orasida shaharda militsiya nazoratining kuchaytirilishi va harbiylarning ko‘payishi borasida turlicha fikrlar paydo bo‘lmoqda.

Ayrim o‘shliklar shaharda xavfsizlik ta’minlanishida kuch tizimi xodimlarini asosiy tayanch sifatida ko‘rsa, ba’zilari ularga ishonchsizlik bilan qarab, xavfsiramoqda:

– Kuch tizimlari o‘tkazgan tadbir bizda katta ishonch tug‘dirdi. Biz oddiy xalq harbiylarga ishonmay kimga ishonamiz, o‘shalarni ko‘rib, o‘shalarga tayanib ruhiy kuch olamiz,- dedi o‘shliklardan biri.

Yana bir o‘shlik oqsoqol esa 2010 yilgi O‘sh qirg‘inidan so‘ng harbiylarga va militsiyaga nisbatan aholi orasida ishonch yo‘qolganini, bu tuzilmalar faqat bir millat himoyasigagina xizmat qilishlarini aytadi:

– Oddiy odamlarni qo‘liga ognemyot qaerdan tushib qoldi? Avtomat qaerdan keladi? Harbiylarning o‘zlari to‘palonlarda qatnashgan. Ikki millatni bir-birimizga yomon ko‘rsatib qo‘yishdi. Endi Xudo xohlasa bundan buyog‘iga tinchlik bo‘lsin. Ammo men organ xodimlariga ishonmayman, – deydi yana bir o‘shlik oqsaqol.

O‘rni kelganda aytish joizki, O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Marat Orozbaev qirg‘iz matbuotiga  2010 yil iyun oyidan boshlab shaharda ommaviy tartibsizliklarda gumonlangan 122 odam qo‘lga olinganini ma’lum qilgan. Ulardan 27 nafari qirg‘iz, 94 nafari o‘zbek va bir nafari uyg‘ur millatiga mansub shaxslardir. Qo‘lga olingan 122 shasxning 116 nafari erkak, 6 nafari ayol kishi.

Bugungi kunda iyun voqeasi bo‘yicha 3 mingdan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu jinoyat ishlaridan 1,9 foizi ya’ni 167tasi fosh qilingan.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24215289.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: