04/06/2011
04.06.2011
Turkiyaning Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligi (TIKA) O‘zbekistonga tibbiy uskuna va qurilmalar topshirdi.
Worldbulletin.net nashri xabariga ko‘ra, ul’tratovush apparatlari, noutbuk kompyuterlari, mebellar va boshqa materiallar 4 iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston rasmiylariga topshirilgan.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
04/06/2011
Kyrgyzstan – Military Exercise Held in Osh Ahead Of One Year Anniversary of Tragic Events Last Year, 3June2011 army, soldiers
04.06.2011
Sherzod
2010 yilgi O‘sh voqealarining bir yilligi arafasida O‘shda kuch tizimlarining harbiy tayyorgarligi tekshirildi.
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi, Mudofa va maxsus kuchlari bo‘linmalari iyun voqealarining bir yilligi arafasida O‘shda xavfsizlikni ta’minlashga katta e’tibor qaratayotganligi aytilmoqda.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
04/06/2011
June 4, 2011
Tolib Yoqubov
Yusuf Juma qamoqxonadan ozod qilinib AQShga badarg‘a qilinganini eshitganim zahotiyoq miyamda bir-ikki savol tug‘ildi: siyosati KATTA YOLG‘ONga asoslangan hukumat unga tosh otmasmikin? Uni badnom qilish uchun hukumat nimalarni iddao qilarkin? Bu ishga hukumat kimlarni jalb etarkin?
«Fohishaning o‘zi tovba qilsa ham bir joyi tovba qilmaydi» deganlaridek, agar O‘zbekiston hukumati Yusuf Jumaga tosh otmasa, bundan faqat hayratlanish mumkin edi, xolos. Biroq qizig‘i shunda-ki, hukumat Yusufga yana nima ayb qo‘yishi mumkin?
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
04/06/2011
04.06.2011
Alisher
Co‘g‘d viloyatining Asht tumanida to‘rt nafar tojikistonlik to‘y o‘tkazgani uchun mahakamaga tortildi. Tuman sudi hakami Shog‘ufron Davronovning aytishicha, mahkamaga tortilganlar to‘ylarni dinni targ‘ib qilish marakasiga aylantirganlar.
– Ayni paytda Tojikiston Islom o‘yg‘onish partiyasining So‘g‘d viloyati bo‘limi vakillari Mirzo Xojimatov va Sobit Madaliev, to‘y egasi No‘mon Xolmirzaev va uning qarindoshi amaldagi qonunga zid ish tutib, to‘yni diniy marakaga aylantirishgan. Ularning ishi sudda ko‘rilib chiqiladi, – dedi Shog‘ufron Davronov.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
04/06/2011
04.06.2011
Basira
Toshkentdagi “Ezgulik” jamiyati qiynoqlar oqibatida vafot etgan yana bir mahbus haqida ma’lumot tarqatdi.
22 may kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan bo‘lgan, 1982 yilda tug‘ilgan, 29 yoshli Muhiddin Abdullaev dafn etildi. Uning jasadi Qashqadaryo viloyatining Shayxali qo‘rg‘onidagi jazoni o‘tash muassasida yaqinlariga topshirildi. Bu haqda iyun oyi avvalida Toshkentdagi “Ezgulik” inson huquqlari markazi ma’lumot tarqatdi.
Muhiddin Abdullaev mazkur qamoqxonaga o‘limidan 17 kun oldin Toshturmadan o‘tkazilgan ekan. Huquq himoyachilarining aytishlaricha, qamoqxona shifokorlari marhumga “jigar tsirrozi” tashhisini qo‘ygan.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
04/06/2011
04.06.2011
Gulnora Ravshan
Tojikiston rasmiylari demografik vaziyatdan tashvishlanayotgan bo‘lsa-da, tug‘ilishni majburiy cheklamasligini bildirmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi o‘tgan yil sentyabrida Tojikistonda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qildi.
Shu idora ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan o‘n yil badalida tojikistonliklar 1 million 665 ming kishiga ko‘paygan.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »