Oliy sud HRW idorasini yopish masalasini 13 iyun kuni ko‘rib chiqadi – ozodlik.org


03.06.2011

O‘zbekiston Oliy sudi Human Rights Watch inson huquqlari tashkilotining Toshkentdagi vakoltxonasini yopish masalasini ko‘rib chiqsh masalasini 13 iyungacha qoldirdi.

Juma kuni Toshkent vaqti bilan kunduzgi soat uchda boshlanishi kutilgan, lekin 13 iyunga qoldirilgan mahkamada advokat Sergey Mayorov Human Rights Watch (Hyuman Rayts Uotch) tashkilotini himoya qiladi.

3 iyun kuni Sergey Mayorov Ozodlik bilan suhbatda Human Rights Watch doimo O‘zbekiston qonunchiligiga rioya qilib kelgani va tashkilot vakillariga akreditatsiya bermaslik yo‘li bilan uning faoliyatini falaj qilgan o‘zbek rasmiylari amaldagi qonunchilikni buzgan, deb ta’kidlar ekan mahkamadan adolatli hukm kutayotganini bildirdi.

– Men mahkama jarayonida mavjud qonunchilik talablariga ko‘ra, qonuniy va adolatli hukm chiqariladi, deb o‘ylayman.

Ozodlik: Human Rights Watch vakolatxonasini yopish borasida  rasmiy Toshkent allaqachon o‘z siyosiy irodasini ifoda qilgan. Sud esa bu siyosiy qarorni ma’shrulashtiradi holos. Ya’ni hukm oldindan ma’lum bo‘lgan mahkama emasmi bu?

– Men bunday deb, o‘ylamayman. Aynan shunday deb hulosa qilish uchun menda asos yo‘q. Jamoat tashkilotlari vakolatxonalarini tugatish haqida qonun mavjud. Bu qonun asosida davlat organlari Human Rights Watch Toshkentdagi vakolatxonasini tugatish uchun sudga murojaat qilishdi.

Ozodlik: Rasmiy Toshkent vakolatxona mavjudligiga izn bergan xolda unda ishlashi lozim bo‘lgan Human Rights Watch vakiliga akreditatsiya bermadi. Mavjud holat tashkilot ishini ataylab “falaj” qilishni anglatadiku. Bu xolatning siësiy bosim ekanini inkor qila olamizmi?

– Afsuski shunday. Human Rights Watch taqdim qilgan nomzodlarga akreditatsiya berilmadi. Ammo sudga bergan hukumat idorasi (Adliya vazirligi) tashkilot vakilining O‘zbekistonda mavjud emasligini vakolatxona yopilishi  uchun  sabab qilib ko‘rsatmayapti. Ular sabab sifatida Human Rights Watch vakolatxonasining O‘zbekiston qonunlariga rioya qilmaganlini keltirishdi. Biz sud jarayonida Human Rights Watch vakolatxonasi qonunlarni buzmaganligini isbot qilib bera olamiz.

Human Rights Watch vakili Mira Ritman  Ozodlik bilan suhbatda 15 yillik faoliyatdan keyin o‘z tashkiloti O‘zbekistondan quvilayotganidan taassuf bildirdi.

– 1997 yilda ish boshlagan Human Rights Watch Toshkentdagi vakolatxonasi inson huquqlari vaziyatini kuzatib, tahlil qilish borasida samarali ish olib bordi. 2005 yil Andijon voqealaridan keyin rasmiy Toshkent bu tashkilot faoliyatiga o‘ta toqatsiz bo‘ldi va tashkilotning ikki vakili Oleg Vorontsov va Stiv Sverdlovga akreditatsiya bermadi. Shu yilning mart oyida O‘zbekiston adliya vazirligi Human Rights Watch vakolatxonasini tugatish bo‘yicha sudga murojaat qilganini bildirdi.

Mira Ritman Human Rights Watch faoliyati aslida 2005 yilda de-fakto to‘xtatilgani va bugungi rasmiyatchiliklar tashkilot vakiloatxonasini de-yure yo‘q qilishga qaratilgan.

Human Rights Watch Karimov rejimiga nisbatan tutgan tanqidiy pozitsiyasi bu tashkilotning O‘zbekistondagi mavjudliga barham berdi degan fikrlar aytiladi.

Human Rights Watch tashkiloti 2005 yil Andijon qirg‘inidan keyin O‘zbekistonda faoliyati to‘xtatilgan, lekin o‘z vakolatxonasini saqlab kelaëtgan sanoqli tashkilotlardan biri edi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24214283.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: