O‘zbekiston Oliy Sudi HRUni butunlay yopish haqidagi arizani ko‘rib chiqmoqda – bbc uzbek


3 iyun 2011

“Hyuman Rayts Uotch”

“Hyuman Rayts Uotch” O‘zbekistonda 1996 yildan buyon faoliyat yuritayotgandi

O‘zbekistonda “Hyuman Rayts Uotch” inson xuquqlarini himoya qilish tashkilotining faoliyatini butkul to‘xtatish harakatlari davom etmoqda.

Oliy Sud “Hyuman Rayts Uotch”ning mamlakatda faoliyat yuritish ruxsatnomasini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

“Hyuman Rayts Uotch” hozirda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgani yo‘q.

Tashkilot xodimlari O‘zbekistonga kiritilmayotir.

Uning Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Stiv Sverdlovning ishlash ruxsatnomasi o‘tgan sentyabr oyida bekor qilingandi.

Uning Bi-bi-siga ma’lum qilishicha, mahkama ishi asosida O‘zbekiston Adliya vazirligining “Hyuman Rayts Uotch”ning Toshkentdagi vakolatxonasini butunlay yopish so‘rovi yotibdi.

“Hyuman Rayts Uotch” O‘zbekistonda rasman 15 yil davomida faoliyat yuritdi.

Stiv Sverdlov Oliy Sudda ko‘rilayotgan ishni kuzatish maqsadida “diplomatik korpus vakillari va bir qator inson huquqlari faollari” kelgani uchun mahkama ishi 10 kunga kechiktirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

“Biz umid qilamizki, bizni ro‘yxatdan o‘chirish yo‘lida biror chora ko‘rilmaydi. Bu masalani muhokama qilish uchun o‘zbek hukumati “Hyuman Rayts Uotch” vakilini mamlakatga kirishiga izn beradi, deb umid qilamiz,” dedi Stiv Svedlov.

U O‘zbekiston Adliya vazirligining “Hyuman Rayts Uotch”ni yoptirish urinishlari ortida qanday sabablar turganini “to‘la” bilmasligini aytdi.

Adliya vazirligi tashkilotni bir necha yil avval yuz bergan “qator texnik qonunbuzarliklarda” ayblamoqda.

“Agar bizning registratsiyamiz tugatilsa, bu – tarixda birinchi marta dunyo bo‘ylab “Hyuman Rayts Uotch” vakolatxonasining yopilishini anglatadi,” deydi Stiv Sverdlov.

Unga ko‘ra, “o‘zbek hukumati mustaqil fuqarolik jamiyatiga toqat bilan yondoshishni istamayapti”.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110603_cy_uzbek_hrw_trial.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: