O‘zbek qamoqxonasidan yana bir mahkum jasadi chiqarildi – bbc uzbek


3 iyun 2011

29 yashar Muhiddin Abdullaev Toshkentdagi Markaziy Qamoqxona – Toshturmadan Qashqadaryo viloyati Shayxali qo‘rg‘onidagi jazoni o‘tash muassisasiga ko‘chirilishidan 17 kun o‘tib vafot etgan.

Bu haqda Toshkentdagi “Ezgulik” inson haqlari jamiyati xabar tarqatdi.

Marhumning oilasiga ko‘ra, Muhiddin Abdullaev jasadini xuquq tartibot organlari xodimlari keltirganlar va yaqinlaridan uni zudlik bilan ko‘mishni talab qilganlar.

Biroq, marhumning oilasi uning tanasida qiynoq alomatlari bo‘lganini ko‘rishganini aytishmoqda.

Rasmiy tibbiy komissiya Muhiddin Abdullaev “jigar tsirrozidan o‘ldi,” deya xulosa chiqargan.

Bi-bi-si bu haqda “Ezgulik” faoli Abdurahmon Tashanovning marhum yaqinlariga tayanib aytishicha, jasadni keltirgan huquq-tartibot idoralari qiynoq alomatlarini ulardan “yashirishga harakat qilishgan”.

Abdurahmon Tashanovning aytishicha, keyingi paytlarda O‘zbekiston qamoqxonalarida dindor mahkumlarga nisbatan qiynoq qo‘llash “judayam kuchaygan”.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110603_au_uzbek_prison_death.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: