Lola Karimova-Tillaevaning mahkama ishi Britaniya matbuotida – bbc uzbek


3 iyun 2011

The Telegraph L.Karimova-Tillaeva haqida

Britaniyada nashr etiluvchi nufuzli The Telegraph gazetasi “Ovro‘po Ittifoqi O‘zbek diktatorining qiziga 3.5 million funt grant bergani uchun tanqidlar ostida ” sarlavhali maqolani nashr qilgan.

Gazetaning Markaziy Osiyo bo‘yicha muxbiri Richard Oranjning yozishicha, ayni grant Bolalarni ijtimoiy moslashtirish Respublika markaziga berilgan.

Bi-bi-si bilan suhbatda gazeta muxbiri Richard Oranjning aytishicha, Lola Karimova advokatlari mahkama ishida o‘z mijozlarining O‘zbekistonda qanchalar yaxshi xayriya amallariga tasdiq o‘laroq bu xatni taqdim qilishgan.

“ Bizga ma’lumki, grant ajratilgan, ammo hali xayriya tashkilotiga hali berilgani yo‘q “, deydi jurnalist.

O‘tgan oy oxirlarida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillaevaning Rue89 Internet nashriga qarshi da’vosi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqqan Parij mahkamasi o‘z qarorini 1 iyulda e’lon qilishi haqida ma’lum etgan edi.

O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi Lola Karimova-Tillaeva frantsuz veb-saytini o‘zini “diktatorning qizi” deb atagani uchun sudga bergan.

“ Qosh qo‘yaman deb…”

Lola Karimova-Tillaeva otasini himoya qilmoqda

The Telegraph muxbiri Richard Oranjning aytishicha, “bu mahkama ishidan avval boshida ko‘zlangan maqsad, Fransaning internet nashrining Lola Karimova taniqli shaxsiyatlarga ma’lum bir ziyofatlarga qatnashishi uchun pul bergan degan da’volarini chippakka chiqarishdan iborat bo‘lgan. Yana bir tomoni, bu nashr Lola Karimovaning diktatorning qizi deb ta’riflagani bilan bog‘liq “.

Ammo jurnalistga ko‘ra, mahkamaga tortilgan tomon mahkama ishi ayni muddaodir. Ya’ni, ular buni siyosiy teatrga aylantirishlari va O‘zbekistondagi rejimning kamchiliklariga e’tibor jalb qilishga erishishlari mumkin.

Mahkamada ishtirok etgan o‘zbekistonlik inson huquqlari faollari ham Prezident Karimovning qizining ayni amalini olqishlaganlar.

Ularning nazarida dunyodagi eng repressiv rejimlar qatoridan joy olib kelayotgan O‘zbekistondagi inson huquqlari bilan bo‘lgan abgor holatga e’tibor kuchayishi mumkin.

Lola Karimova – Tillaevaning Parij mahkamasiga murojaat qilishi rostdan ham qator xalqaro nufuzli matbuot nashrlarining e’tiborini qozondi.

Prezident Karimovning yigirma yildan ortiq qudratda qolib kelayotgani, O‘zbekistonda matbuot erkinligi yo‘qligi, inson huquqlari bilan bo‘lgan abgor vaziyat va Andijon qirg‘ini Parij mahkamasi bilan bog‘liq deyarli barcha maqola va izohlarda urg‘ulanmoqda.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110603_cy_eu_uzbekistangrant.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: