“Jazo muddati tugadi, o‘g‘limni ozod qiling!” – ozodlik.org


O‘zbekistonda ko‘p hollarda e’tiqod mahbuslari qamoq muddatlari uzaytiriladi.

03.06.2011

Sadriddin Ashur

O‘zbekistonda jazo muddatini o‘tab bo‘lgan mahkumlar ozodlikka chiqarilmayapti. Bu haqda O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi ma’lum qildi. Tashkilotga ko‘ra, Zarafshondagi 64/48 jazoni ijro etish muassasasida qamoq jazosini o‘tab bo‘lgan 30 yoshli Shuhrat Odilxonov, jazo muddati tugaganiga bir oy bo‘lganiga qaramay, noma’lum sababsiz qamoqda ushlab turilibdi.

“Hizb ut-Tahrir” diniy oqimiga a’zolikda ayblanib, ikkinchi marta 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan toshkentlik Shuhrat Odilxonovning qamoq jazosi shu yilning 5 mayida tugagan edi. Biroq, u hamon ozodlikka chiqarilmagan.

Sh. Odilxonovning onasi Qurbonbuvi opaning Ozodlikka aytishicha, uning o‘g‘li birinchi bor 2000 yilda O‘zbekiston JKning 159-moddasi bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Biroq, bir yarim yildan so‘ng O‘zbekiston Oliy sudi mahkumning kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, jazo muddatini 1,5 yilga tushirgan edi.

2001 yilda qamoqdan ozod bo‘lgan Shuhrat yana bir yildan so‘ng qamoqqa olinib, bu safar 9 yilga kesildi.

Qurbonbuvi opaning aytishicha, uning o‘g‘li qamoqda “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalaridan tamomila voz kechgan va uning tomonidan qamoqxona ichki qoidalarini buzish holatlari bo‘lmagan:

– O‘g‘lim u e’tiqodidan qaytgan. O‘sha erga men borganimda ham aytdi. “Davlat qonunlariga rioya qilaman. Men qaytdim. Prezidentimiz chiqarib yuborsa bo‘ldi” dedi. Men “Xudo xohlasa, chiqib ketarsan bolam” dedim. Uyimizning boquvchisi yo‘q hozir. “Prezidentimiz hech bo‘lmasa bizlarga ërdam qilarmikan, ërdam qo‘lini cho‘zarmikan? Bolam qaytganku” degan umid bilan yuribman. Kutib o‘tiribman hozirgacha eshikka qarab. Lekin o‘g‘lim qaytgan. Rosmanasiga qaytgan. O‘z ko‘zim bilan ko‘rib keldim. “Opa narushenie qilaëtganim yo‘q. Haqiqatan men bilmagan ekanman” dedi. Qamoqxonadagi kutubxonada ishlayotgan bolaga mingdan ming rahmat. O‘sha qaytaripti. O‘shanaqalardan ko‘paytirsin. Adashganlarni to‘g‘irlasin, yo‘lga solsin. (yig‘lab) Qiynalib ketdim juda ham uka. Juda ham qiynalib ketdim. Bolam bilan juda ham qiynalib ketdim,- deydi Qurbonbuvi opa.

O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromovga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tab bo‘lgan, biroq ozodlikka chiqarilmayotgan mahbuslar ko‘pchilikni tashkil etadi. Biroq, deydi huquq himoyachisi, qamoxonalar ma’muriyati diniy va siyosiy ayblovlar bilan qamalgan tutqunlarga o‘z ixtiyorlari bilan javob berish huquqiga ega emas va ular bu haqda yuqoridan keladigan ko‘rsatmani kutib turadilar:

– Endi bu erda bitta narsa borki, ko‘plariga nisbatan misol uchun o‘sha muddati tugaëtganda ustidan yana jinoyat ishi ochishadida jinoyat kodeksining 221-moddasi bo‘yicha, 3 yildan 6 oygacha muddat qo‘shib qo‘yishadi. Nimagaki uyushtirilgan holatda tartibni buzdi degan bahonasi bo‘yicha. Juda bular o‘rganib olgan bu masala bo‘yicha. Lekin hozir O‘zbekiston qonunlarining buzilish hollari ketayapti. Garchi, mahkum o‘zini qamoqda yaxshi tutgan bo‘lsa ham, qoidalarni buzmagan bo‘lsa ham, agar u diniy ayblov bilan qamalgan bo‘lsa, maxsus topshiriq kelmaguncha u qamoqda ushlab turilaveradi, -deydi O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov.

http://www.ozodlik.org/content/article/24214653.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: