HRW: Toshkentdagi mahkamada ishtirok etishimiz shart – ozodlik.org


Toshkentda akkreditatsiya berilmagan HRW vakili Stiv Sverdlou.

03.06.2011

Barno Anvar

Human Rights Watch Oliy sudda bo‘ladigan mahkamada tashkilot xodimi ishtirokiga imkon berilishini so‘ramoqda.

HRWning O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Stiv Sverdlou Ozodlik bilan suhbatda Adliya vazirligi tomonidan tashkilotga qarshi kiritilgan da’vo arizasi haqida HRWga uzoq muddat davomida rasman xabar berilmaganini alohida ta’kidladi.

– Bizning Toshkentdagi vakolatxonamizni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida Adliya vazirligi Oliy sudga murojaat qilganini biz vazirlikning nufuzli xodimi tomonidan qilingan telefon qo‘ng‘irog‘i orqaligina bildik. Bu xabar mart oyida berildi. Ammo, ishning o‘zi o‘tgan yili dekabr oyida mening akkreditatsiya berish to‘g‘risidagi so‘rovim rad javobi berilganidan bir necha kun o‘tiboq ko‘zg‘atilgan ekan, deydi Stiv Sverdlou.

Shundan so‘ng tashkilot o‘zbekistonlik advokat Sergey Mayorovni himoyachi sifatida yollagan.

Advokatga ham Oliy sudda bo‘ladigan majlis haqida bir necha kun oldin xabar qilinganini aytar ekan, Stiv Sverdlou, Toshkentda borayotgan mahkamaga oid tafsilotlar tashkilotga qorong‘u qolayotganini aytadi.

– Biz sudda ishtirok etish uchun o‘zimizga vakil tayinladik. Ammo, tashkilot xodimining sud majlislarida ishtirok etishga imkoniyat berilmagan. Shu bois, bizga nisbatan borayotgan sud ishiga oid to‘liq tafsilotlarni so‘rab, O‘zbekiston Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga ko‘p bor murojaat qildik. Ammo, shu kunga qadar bizning maktublarimizga javob berilgani yo‘q, deydi Stiv Sverdlou.

Ayni paytda tashkilot vakili Toshkentda 13 iyunga qoldirilgan sud majlisida advokat bilan birga HRW xodimi ishtirok etishiga ruxsat berilishi rasmiy Toshkentdan so‘ralayotganini qo‘shimcha qildi.

– Human Rights Watch o‘ziga nisbatan ayblovlarga javob berish imkoniga ega bo‘lishni va o‘z qonuniy vakilini Toshkentda bo‘ladigan mahkamaga jo‘natishni istaydi. O‘zbekiston hukumati esa buning uchun bizning vakilimizga viza berishi kerak.

Ammo, hozir asosiy masala bu emas. Asosiy masala O‘zbekistonda 1996 yildan beri ishlab kelayotgan xalqaro inson huquqlari tashkiloti faoliyatiga barham berishga urinish borayotganidir. Biz bu nafaqat bizning tashkilot faoliyatini to‘xatishga urinish, balki shu bilan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati vakillari faoliyatiga barham berish harakati borayotganidan xavotirdamiz, deydi Ozodlik bilan suhbatda Human Rights Watch tashkilotining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Stiv Sverdlou.

Eslatamiz, O‘zbekiston Oliy sudi Human Rights Watch inson huquqlari tashkilotining Toshkentdagi vakoltxonasini ëpishga oid 3 iyunga belgilangan mahkamani 13 iyunga qoldirdi.

Mahkamada advokat Sergey Mayorov tashkilotni himoya qiladi.

3 iyun kuni Sergey Mayorov Ozodlik bilan suhbatda Human Rights Watch doimo O‘zbekiston qonunchiligiga rioya qilib kelgani va tashkilot vakillariga akreditatsiya bermaslik yo‘li bilan uning faoliyatini falaj qilgan o‘zbek rasmiylari amaldagi qonunchilikni buzgan, deb hisoblashini aytar ekan, mahkamadan adolatli hukm kutaëtganini qo‘shimcha qildi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24214656.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: