Zulmga qarshi kurashga munosabatlar haqida ba’zi mulohazalar – sahwii


May 31, 2011

Muhammadsolih  Abutov

Zulmga qarshi chiqish mumkinmi yo‘qmi degan savol aslida bema’nilikdir. Bu masalada inson zoti borki, albatta qarshi bo‘lishi tabiiydir. Muammo faqat, oqibat qanday bo‘lishi mumkin, bundan ham badtar bo‘lmasmikan?. degan o‘y andisha borligidadir.

Ba’zilar O‘XHga qo‘shilmasliklarini izhor etishdi. Ularni fikricha, Zolimga qarshi chiqish ko‘p qon to‘kishga olib kelarkan.

Qon to‘kilmasligi albatta yaxshi. Biz qon to‘kish tarafdori emasmiz.

Ammo, Karimov 20 yil davomida to‘kkan qonlarni aniq hisobini Allohdan boshqa birov bilmaydi.

Umri xazon bo‘lib turmalarda yotganlarni sonini ham. Ular isyon qilgani uchun jazolangan emaslar. Meng ko‘p yil turmada o‘tirdim.Konstitutsiyaviy tuzimga tajovuz qilgan emishman. Men esa u paytlar Konstitutsiya nimaligini bilmasdim. Umuman davlatga tajovuz qiladigan biror harakat qilgan emasdim. Ammo, baribir jazolandim. Yana menga o‘xshagan o‘n minglab oddiy dindorlar haliyam qamoqda yotishibdi.

Diniy jamoalar ichida Xizbut Taxrirdan boshqa jamoa Xalifat qurishni maqsad qilib olgan emasdi.

Boshqalar oddiy sunnatlarga amal qilganlari uchun soqol qo‘yganlari va ro‘mol o‘raganlari uchun qamalgandilar.

Men Xalifat qurish g‘oyasini Xizbut Tahrirdan eshitganman. Ammo, boshqa ba’zi jamoalar ham bu mavzuda uluq yuluq majhul bir narsalarni gapirib qo‘yishardi.

Karimov rejimi umuman diniy bo‘lmagan ammo o‘ziga qarshi fikr sohiblarini huquqbonlarni qamaganini ham bilamiz.

Erk partiyasi lideri M. Solih mamlakatni tark etganiga o‘sha paytlarda o‘n yilcha bo‘lganiga qaramay 1999 yil 16 fevraldagi portlashlarda ayblanib orqaravotdan 15 yarim yilga qamoq jazosiga hukm qilingandi. Bu rejim tabiati mana shunday berahm qattol edi. U na dindor vana dinsizligiga qaramay istagan odamni ekstremizm va terrorizmda ayblay olardi.

Bu kabi qatag‘onlar xalq ommasini hammasiga bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Ammo, aksariyat oddiy fuqarolar fermerlar, o‘qituvchilar, tadbirkorlar va boshqalar ishsizlik, davlatni adolatsiz korruptsiya botqog‘iga botgan siyosati tufvyli  qashshoq holda kun kechirayotganlari shubhasizdir.

Bu ma’noda ular ham rejimdan jabr ko‘rdilar albatta.

Xalqni 90 foizi bu rejimdan norozidir.

Bu rejim o‘zini o‘zgartiraolmadi. Islohotlar qilaolmadi. Va qilaolishiga umid ham qolmadi. Hamma ya’ni aksariyat xalq  norozi. Lekin nimadir qilib uni o‘zgartirishni hech kim o‘ylamaydi. Hamma kutayapdi. Nimadir mo‘’jiza ro‘y berib qolishini kutishayapdi go‘yo?! Turkmaniston misolida ko‘rdikki, diktatorni o‘limi xalqga erkinlik ozodlik olib kelmas ekan.

Xalq kimdir kelib rejimni o‘zgartirib berishini kutayotgandek?!

Ammo, achchiq haqiqat shuki, hech kim kelib bizga hech narsa qilib bermaydi!!!

Demak, kurashish kerak. Aholini barcha ozodlik istagan qatlami birgalashib kurashi kerak!!

To‘g‘ri, ba’zi dindor birodarlar “Biz faqat Allohni dinini oliy qilish uchungina kurashamiz. Demokratiya uchun kurash kufrdir” deyishadi. Va shu bilan mavjud Zolimga qarshi kurash jabhasiga qo‘shilmaydilar. Ammo, bu bilan ular o‘zlari istagan narsani zarracha bo‘lsada tezlata olmaydilar.

Bizningcha, bugungi qilaolishimiz mumkin bo‘lgan ish mana shudir. Ya’ni, oz bo‘lsada erkinlikni, yurtimizda bemalol dinimizga muvofiq ibodat qilish imkonini qo‘lga kiritishdir. (Buyam osongina bo‘ladigan ishmas)

Balki, bu  erkinlik ozodlik ne’mati  bizning asliy insoniy haqqimizdir.

Biz bu haqni zolimdan tortib olishga haqlimiz. Bu ne’matlar esa kurashishga jon fido qilishga arziydi.

Uyiga kirgan o‘g‘ri bilan kurashib, o‘ldirilgan odam shahiddir! Degan hadis bor.

Bu hadisni hamma biladi. Biz moldan ancha qimmatroq narsalarimiz uchun kurashishimiz shahidlikga arzimaydimi?!

Agar bu kurashda Alloh g‘alabani ato etsa va qamoqxonalardagi barcha mo‘minlar ozod bo‘lsalar, vallohi bu yo‘lda berilgan qurbonlar bejiz hisoblanmaydi.

Zero, biz hech narsa qilmasakda, turmalarda ko‘plab qurbonlar berdik.

Bunday kurashga nisbatan “xalqni ko‘p qurbon berishga sabab bo‘ladi” degan andishada qo‘shilmayotgan kimsalar, xalqni 20 yildan beri berayotgan qurbonlarini yana davom etishini istayotgandek go‘yo?!

Bu yo‘lni ya’ni zulmga qarshi kurashni to‘g‘ri ekaniga shak shubhamiz yo‘q. Abu Hanifa r.a. Ummaviylarga qarshi xalq qo‘zg‘oloniga fatvo berganlari ma’lumdir. U paytlarda faqat qurolli qo‘zg‘olon bo‘lgan.

Biz hozir 21 asrda yashayapmiz. Hozir o‘z xalqni otib qirib yana taxtida o‘tirish anchayin mushkul davrdir. To‘g‘ri, Karimov Andijon qirg‘ini uchun javobgarlikka tortilmay qoldi. Ammo, yana xalqni otish ehtimoli anchayin kamaydi.

Biz qurolsiz qarshilik harakatini taklif etayapmiz. Qurbonlar bo‘lishi ehtimolini imkon qadar kamaytirish tarafdorimiz.

Lekin bu degani kurash umuman qurbonsiz bo‘ladi deganimas albatta. Muhimi bu kurash yo‘li to‘g‘ri ekanligidadir. To‘g‘ri yo‘lga nisbatan munosabat odatda ikki xil bo‘ladi.

1.    Shu yo‘lga kirish va sobit turishlik;

2.    Shu yo‘lga qarshi jabhada bo‘lishdir.

Ammo, O‘XHga nisbatan o‘rta pozitsiyani tanlvaganlar ham bo‘ldi. Ular harakatga qo‘shilmaydilar va shuningdek, qarshilik ham qilmaydilar ekan. Faqat kuzatib turishar ekanlar.

Qizig‘i shundaki, agar bu harakat g‘alabaga erishsa, qo‘shilmay qolganiga xafa bo‘lishi mumkin ekan. Agar mag‘lubiyatga uchrasachi?! Unda qo‘shilmaganiga xursand bo‘lishi mumkinmi?!

Shuningdek, kuzatuvchi bo‘lib turishga qanday tushunamiz?! Biz nohaq bo‘lsak, qaytaring axir!

Nahy munkar qilinglar!

Bugun bundan afzal ish va yo‘l borligini va uni qilish mumkinligini aqliy va vositaviy dalillar bilan isbotlanglar! Agar biror narsani imkoni yo‘q bo‘lsa, demak biz hozirgi holatda hikmatga muvofiq Haq yo‘lda bo‘lsak, bizga qo‘shilib kurashga chiqinglar!

Nimani kuzatasiz?!

G‘olib bo‘lsak qo‘shilib ketishni kutayapsizmi? Mag‘lub bo‘lsak qo‘shilmay qolganingizga shukr qilasizmi?!

Bu kabi munosabat kimlarga qanday toifaga xosligini sizlar yaxshi bilasizku!

Bu kabi pozitsiya biz uchun tushunarsizdir.

Bu kurash yo‘li haq deb bilamiz. Umidimiz Yolg‘iz Allohdandir! Agar bu yo‘lda biz g‘olib bo‘lsak, Allohga hamd aytamiz. Zolimlar jazolanadi. Mo‘minlar ozod bo‘ladilar.

Va agar mag‘lub bo‘lsak, zero, bunday oqibat bo‘lishini ham ehtimoldan soqit qilmaslik kerak, biz kurashdan to‘xtamaymiz. Bizdan berilgan qurbonlar inshaalloh zulmga qarshi kurashib o‘lgan shahidlar bo‘lajak!

Shayx Qarzoviy Misrdagi Zolimga qarshi turib qurbon bo‘lganlarni shahidlar deb atagan. Chunki, zulmga qarshi turishlik ayni islom talabidir. Islom talabini bajarish yo‘lida etgan o‘lim shahodat hisoblanadi. Biz Zulmga rozi emasligimizni oshkor qilib ketsak ham katta gap.Zero o‘lim eng bexavotir joyda o‘tirganlarga ham etadi!

Bu oddiy haqiqatni inkor qiluvchilarga Alloh hakamdir!

 

sahwii

One Comment to “Zulmga qarshi kurashga munosabatlar haqida ba’zi mulohazalar – sahwii”

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: