Xalqaro tashkilot: O’zbekiston kuchli repressiya ostidagi jamiyat – voa uzbek


Amerika Ovozi  01 iyun, 2011

Foto VOA Uzbek

Toshkent

Vashingtonda asoslangan “Freedom House”, “Ozodlik Uyi” tahlilicha, dunyoning to’qqiz o’lkasida inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat ayniqsa ayanchli.

Bu jamiyatlar – Birma, Ekvatorial Gvineya, Eritrea, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan, Tibet (Xitoy), Turkmaniston va O’zbekiston.

O’zbekiston bu ro’yxatda birinchi bor tilga o’linayotgani yo’q. Islom Karimov rahbariyati bu singari tanqidlarni qoralab, xorijiy tashkilotlarni O’zbekistonda ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni ko’ra olmayotganlikda, respublika sha’niga dog’ tushirib, shuning evaziga o’z faoliyatini oshirayotganlikda ayblab keladi.

“Freedom House” nazarida esa O’zbekistonda uzviy huquqlar muntazam ravishda buziladi. Siyosiy erkinlik yo’q. Matbuot erkin emas. Fuqaro amaldagi siyosatni bemalol tanqid qila olmaydi, rahbarlarni savolga tuta olmaydi.

Freedom House

“Ozodlik Uyi” ning bu yilgi hisoboti

“Afsuski, islohotlar qilish uchun siyosiy erkinlik yo’qligi bu jamiyatlarda nodemokratik hukumatlar yanada ildiz otishi va repressiya yildan yilga kuchayib borishi uchun zamin yaratgan”, – deyiladi tashkilot hisobotida.

Belarus, Chad, Xitoy, Fil Suyagi Qirg’og’i, Kuba, Laos, Saudiya Arabistoni, Janubiy Osetiya (Rossiya), Suriya va Marokash ham inson huquqlari tinimsiz poymol etiladigan jamiyatlar deya baholanadi.

“Freedom House” vakili Pola Shrayferning bayon qilishicha, Suriya va Liviyadagi bugungi vaziyat, xususan qo’zg’olon-u ommaviy namoyishlar avj olgani odamlar zulmga boshqa chiday olmayotgani va eng oddiy huquqlarini talab qilishga bel bog’laganidan dalolat beradi.

Tashkilot BMT Inson Huquqlari Kengashini faolroq harakat qilishga, repressiyaga berilgan hukumatlarga nisbatan qattiqroq choralar ko’rib, konkret ishlar qilishga undamoqda.

BMT Inson Huquqlari Kengashi 2006 yilda tuzilgan. Undan oldin BMT Inson huquqlari komissiyasi degan muassasa ishlar edi.

Ayni damda bu kengash Jenevada yillik sessiyaga yig’ilgan.

 

http://www.voanews.com/uzbek/news/Freedom-House-Worst-of-the-Worst-122978178.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: