O‘zbekiston yana “yomonlarning yomoni” – ozodlik.org


02.06.2011

“Freedom House” (“Ozodlik uyi” ) tashkiloti O‘zbekistonni bu yil ham dunyoning eng repressiv davlati sifatida “yomonlarning yomoni” ro‘yxatiga kiritdi.

Bosh qarorgohi AQShda joylashgan  Freedom House – Ozodlik uyi tashkiloti O‘zbekistonni bu yil ham inson huquqlari vaziyati o‘ta yomon bo‘lgan to‘qqiz mamlakat qatoriga kiritdi.

“Yomonlarning yomoni 2011: dunyoning eng repressiv jamiyatlari” deb nomlangan hisobotda O‘zbekiston bilan bir qatorda Birma, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan va Turkmaniston kabi davlatlar dunyoning eng repressiv davlatlari safiga kiritilgan.

Freedom House hisobotida aytilishicha, bu ro‘yxatga jahondagi eng repressiv tizimga ega bo‘lgan, inson huquqlari mutassil buziladigan davlatlar kiritiladi.

Tashkilot hisobotida O‘zbekistonda prezident Islom Karimov hukumati aholini fundamental huquqlaridan mahrum etgan holda, o‘zining repressiv siyosatini davom ettirib kelayotganligi qayd etiladi.

“Hukumat har qanday siyosiy muxolifatni bostirib keladi, prezident Karimov va boshqaruv doiralari adliya va qonun chiqaruvchi tizimda ustuvorlik qiladilar”, deyiladi hisobotda.

194 davlatdagi inson huquqlari ahvoliga baho berilgan hisobotda 87 davlat “erkin”, 60 davlat “qisman erkin”, 47 davlat esa “erkin bo‘lmagan” davlatlarga ajratilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Qirg‘iziston “qisman erkin” davlatlar orasidan joy oldi.

Sobiq Sovet o‘lkalari bo‘yicha Armaniston, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon va Ukraina “qisman erkin”, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston “erkin bo‘lmagan” davlatlar qatoriga kiritildi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24212688.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: