O‘XH Qurultoyi ishtirokchisi Muhammadsolih Abutov Nutqi; – sahwii


May 27, 2011

TAYANCH JAMIYATI

Vakili

Haq yo‘lga ergashganlarga salomlar bo‘lsin!

Hurmatli qurultoy qatnashchilari! O‘zbekiston Xalq Harakati ta’sischilari va harakatga befarq bo‘lmagan mehmonlar!

Bugungi dunyo geosiyosiy xaritasiga nazar solsangiz, butunlay yangi bir davr boshlanganiga guvoh bo‘lasiz. Bu davr mustamlakachilik davri tugab, mustamlaka bo‘lib yashagan barcha xalqlar hur, erkin va ozod yashashni istayotgan davrdir.

Bunday tarixiy jarayon endi diktatorlar davri tugaganini bildiradi. Endi mastamlaka  xalqlar o‘z hayotlarini o‘zgartirishni, Totalitar va avtoritar tuzimlarni yo‘q qilib, Inson haqlari toptalmaydigan, adolatli erkin bir jamiyat qurishni istamoqdalar.

Bunga misol  sifatida  Yaqin Sharqda  bo‘lib o‘tgan  qator xalq g‘alayonlarini va misol qilishimiz mumkin.

Tunisda boshlangan inqilob Misrga, undan Liviya,Yaman, Suriya, Bahraynga o‘tib, butun Yaqin sharqni qamrab oldi. Bu rejimlardagi xalqni noroziligini keltirib chiqargan Iqtisodiy va ijtimoiy sabablar bilan birga, bizni fikrimizcha yana bir jiddiy omil, o‘sha mamlakatlardagi musulmon jamoalarini haq huquqlari poymol qilayotgani edi.

30 yildan oshiq muddat Prezidentlik lavozimida o‘tirgan X. Muborak rejimi quladi. Bu rejim o‘z tabiati bilan Karimov rejimidanda qattiqroq edi. 40 yildan beri davom etib kelgan komendantlik rejimi davrida 5 kishidan ortiq odam bir joyga to‘planishi ma’n qilingandi.Yillar davomida o‘n minglab diniy jamoalar vakillari qamoqlarda saqlab kelindi. Ko‘plari o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Eng qiziq jihati esa, AQSh va OIga a’zo qator davlatlar Muborak bilan (Shuningdek, boshqa diktatorlar bilan ham) do‘stona aloqada bo‘lib keldilar.

Demokratiyani shior qilib olgan bu davlatlar, Ukraina, Gruziya, Qirg‘iziston kabi sobiq sovet respublikalarida turli xil Rangli inqiloblar uyushtirishga va ularni Rossiya ta’siridan chiqarib olishga harakat qilgan bo‘lsalarda, Yaqin Sharq mamlakatlarida inqilob qilishga ular harakat qilishmadi.

Tunis, Misr, Liviya va boshqa arab mamlakatlaridagi inqiloblar tashqi kuchlar tarafidan uyushtirilmadi.

Diktatorlarga doimiy ko‘mak berib kelgan Aqsh va OI mamlakatlari vaziyatni tushungach, xalq tomonga o‘tib olishdi.

O‘zbekistonga kelsak, 20 yildan oshdiki, Karimov rejimi hukmronlik qilib kelmoqda. Xalq och, qashshoq. Diniy va siyosiy erkinliklar yo‘q. Muxolifat parokanda. O‘n minglab diniy va siyosiy muxolifat qamoqda yotibdi. Mamlakat korruptsiya botqog‘iga botgan. Rejim 2005 yilda namoyishga chiqqan xalqni o‘qqa tutdi. Minglab odamlar qurbon bo‘ldilar. Bu rejimdan aholini barcha qatlami norozidirlar. Faqat hech kim hech narsa deyaolmaydi xalos. Zulm xalqni qattiq qo‘rqitib qo‘ygan.

Shularga qaramay, Aqsh va OI mamlakatlari diktator bilan yaqin aloqada.

G‘arbni O‘zbekistonga nisbatan tutgan pozitsiyasida ikki standart siyosati yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Ammo, biz ko‘rdikki, endi g‘arbdan yordam kutish befoyda. Tunis va Misr xalqlari kabi o‘zimiz, xalq vakillari barcha birlashib, tinch yo‘l bilan namoyishga chiqsak, biz ham rejimni qulatishga qodirmiz inshaalloh! Mana  shu  maqsadda Xalq Harakatiga birlashdik. Bu harakat nozo‘ravonlik yo‘li bilan kurashadi. Zolim tuzimga barham berib, ozod va farovon hayot quradi.

Biz vatanimizdagi va xorijdagi tuzumdan jabr ko‘rgan barcha musulmon birodarlarimizni, shuningdek,  dini va millatidan qat’iy nazar barcha vatandoshlarimizni bu kurashga qo‘shilishga chaqiramiz.

Inshaalloh,  Allohning madadi va nusrati bilan, biz Xalq vakillari bu zulm saltanatiga barham beramiz!

Bu ulug‘ kurashdan g‘olib bo‘lib chiqishni yaratgan Zotdan tilab qolamiz.

Salomat bo‘linglar!

 

sahwii

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: