O‘XH –HAMMAMIZNING HARAKATIMIZDIR – O’XH


June 1, 2011

BIZ-tarixi ilmu ma’rifatning, madaniyat va taraqqiyotning beshigi hisoblanadigan dunyoning eng ilg‘or qavmlaridan O‘zbekiston xalqining vakillarimiz.

BIZ- xalqimizning kelajagining, uning tarixining porloq davrlarida bo‘lgani kabi, iymonga, ilmu ma’rifatga, huquq va adolatga asoslanishini istaymiz.

BIZ- dini, millati, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar huquq va adolatning, erkinlik va hurfikrlilikning, saylov va saylanishning, inson qadriyatlari va sharafining hammamizga bir xil darajada tegishli bo‘lishini istaymiz.

BIZ-xalqimizning bugungi kunini o‘tish va tiklanish davri, deya baholaymiz. Kommunistik zulmdan keyin uning meroschisi bo‘lgan va Prezident Islom Karimov tarafidan asos solingan mahalliy diktaturaning umri tugallanish arafasida turibdi, deb bilamiz. O‘zbekiston xalqi hayotida YaNGI DAVRning boshlanishi uchun vaqt etib keldi.

BIZ-YANGI DAVRning islohot va adolat asosida, qon to‘kilmasdan va hech bir shaklda zo‘rovonlikga yo‘l qo‘ymasdan o‘rin olishini istaymiz. Chunki BIZ haqsizlik bilan bir odamning o‘ldirilishini butun insoniyatning o‘ldirilishiga teng, deb bilamiz. Adolat asosida bir insonning jonini asrashni esa butun insoniyatning jonini asrash, deb bilamiz.

BIZ- HAQni asos, xalqimizni uning muassisi va o‘zimizni esa avvalo HAQning, so‘ngra xalqimizning ma’murlari, deb bilamiz.

BIZ- o‘z faoliyatimizda xalqimizning barcha vakillarining e’tiqodiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarining musbat qirralariga o‘rin beramiz. Maqsadimiz mana shu qadriyatlar asosida, saflarimizda o‘rin olgan turli dunyoqarashdagi turli insonlarga bir xil erkinlik, huquq va adolat beradigan fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir.

BIZ- xalqimizni tashkil qiladigan turli etnik va e’tiqodiy guruhlarning vakillarimiz. Saflarimizda musulmonlar ham, musulmon bo‘lmaganlar ham, demokratiya va liberal tushunchalarning sohiblari ham bor.

Bugun biz O‘zbekistondagi rejimning ZULMiga qarshi qo‘lni qo‘lga berib, ADOLAT xalqasini tashkil qildik.

BIZ yaqin kelajakda mana shu ADOLAT bayrog‘i vatanimizda hilpiray boshlaydi deya ishonamiz. Bu bayroq ostida o‘zaro hamkorlik qilishga, bir-birimizga teng haq-huquqlar tanishga va eng asosiysi jamiyatda ZULMning yangidan paydo bo‘lmasligi uchun saflarimizni buzmaslikka so‘z beramiz.

O‘ZBEKISTON XALQ HARAKATIDA BIRLASHAYLIK !

www. uzxalqharakati.com

http://uzxalqharakati.com/?p=184

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: