May oyi o‘rtasida Koson qamoqxonasida mahkumlar norozilik amaliyotiga ‘ko‘tarilganlar’ – bbc uzbek


2 iyun 2011

O‘zbekiston qamoqxonalari mahkumlarga nisbatan muntazam qiynoqlar qo‘llanishi bilan tanilgan

Norasmiy O‘zbekiston Inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhi tarqatgan xabarga ko‘ra, Kosondagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan mahbuslar 17-18 may kunlari qiynoqlarni to‘xtatishni talab qilganlar.

Bunga javoban qamoqxonani militsiya maxsus bo‘linmasi o‘rab olgan va norozi bo‘lgan mahbuslarni kaltaklaganlar.

Tashabbus guruhiga ko‘ra, bu xabarni Qashqadaryo viloyatining Koson shahridagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan diniy e’tiqodi uchun ozodlikdan mahrum etilgan yangiyo‘llik va chinozlik mahkumlarning yaqinlari tarqatganlar.

Qarindoshlari ma’lum qilishlaricha, shu yilning aprel oyidan boshlab ibodat qilgani uchun musulmonlarga nisbatan qiynoqlar kuchaytirilgan.

O‘zlariga nisbatan qiynoqlarni to‘xtatish, namoz o‘qishga izn berish va insoniy sharoit yaratilishini talab qilgan mahkumlar 17-18 may kunlari norozilik uyushtirganlar, qamoqxonada saqlanayotganlarning o‘zlarining yaqinlariga aytishlaricha, bu amaliyot shafqatsiz bostirilib, o‘nlab mahbuslar jazo kameralariga tashlanganlar.

Mahkumlarning yaqinlari bu borada shikoyat qilish maqsadida Koson jazoni ijro etish muassasasi rahbari bilan uchrashmoqchi bo‘lganlar, biroq ularning Inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhiga ma’lum qilishlaricha, muassasa rahbari mahkumlarning qarindoshlari bilan uchrashishdan bosh tortgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi xodimlari 17-18 may kunlari mahkumlar norozilik amaliyoti uyushtirganlari haqida “o‘zlarida ma’lumot yo‘q”ligini aytishdi.

Bi-bi-sining aprel oyidan buyon mahbuslarga nisbatan qiynoqlar kuchaygani borasidagi savoliga javoban Jazoni ijro etish boshqarmasining navbatchilik bo‘limi xodimi yozma ravishda murojaat qilish lozimligini, bunga boshqarmaning inson huquqlari bo‘limi javob berishga vakolatli ekanini aytdi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110602_cy_ignpu_prison.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: