Kosondagi mahkumlar qiynoqlarga qarshi chiqdi – ozodlik.org


Mahbuslarning qonli ko‘ylaklari O‘zbekiston qamoxonalarida hamon qiynoqlar qo‘llanilayotganidan dalolat beradi.

02.06.2011

Mehribon

17-18 may kunlari Koson qamoqxonasidagi mahkumlar qiynoqlar to‘xtatilishi, namoz o‘qishga ruxsat berilishini talab qilib, norozilik aktsiyasi o‘tkazgani aytilmoqda.

Bundan bir-ikki hafta avval Koson qamoxonasida norozilik ko‘tarilgani haqida O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi ma’lum qildi. Tashkilot tarqatgan xabarga ko‘ra, 17-18 may kunlari Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 64/51-sonli qamoqxonada diniy motivlar bilan qamalgan mahkumlar qiynoqlar to‘xtalishi talabi bilan norozilik aktsiyasi o‘tkazishgan.

Tashkilot rahbari Sur’at Ikromovning Ozodlikka aytishicha, unga Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida yashovchi o‘ndan ziyod ayol murojaat qilib, Koson qamoqxonasidagi qiynoqlar borasida shikoyat qilishgan.

– Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, ularning yaqinlari jinoyat kodeksining 159, 244-1 va 244-2 moddalari bo‘yicha qamalgan. Mahkumlar namoz o‘qigani uchun qamoqxona rahbariyati tomonidan qiynoqqa tutilgan. 17-18 may kunlari mahkumlar qiynoqlar to‘xtatilishi, namoz o‘qishga ruxsat berilishi va mahkumlarning sharoitlarini yaxshilash talabi bilan chiqishgan. Biroq norozilar qiynoqlarga tutilib, o‘nlab mahkum jazo izolyatoriga tashlangan. Bizda oxirgi payt, ayniqsa may oyida juda ko‘p murojaatlar bo‘ldi. Qamoqxonada diniy e’tiqod bilan, yana 159, 244-moddalar bilan qamalganlarga nisbatan juda ko‘p tazyiqlar, qiynoqlar, ayniqsa Kosondagi 51-koloniyadan noxush xabarlar keldi. Yaqinlarining aytishicha, bularni qiynagan. Qanday qiynagani, rahbariyatning buyruq berishi degan nimalar ko‘p keldi. Oxirgi paytda 10ga yaqin kelgan bo‘lsa, bizlar hozir o‘sha guruhning yozganlarini umumlashtirib axborot berdik. 51-qamoqxonada juda qattiq, juda kuchli tazyiqlar, qiynoqlar ketayotgan ekan. Ana shu to‘g‘risida bizlar o‘rganib bu axborotni berdik,- dedi Sur’at Ikromov.

Mahkumlarning yaqinlari Evropa Ittifoqi, BMT, EXHT va AQSh hukumatiga murojaat qilib, qiynoqlarning to‘xtatilishida O‘zbekiston hukumatiga bosimni kuchaytirishni so‘armoqda.

Ozodlik joriy yil boshida O‘zbekiston Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shodiev nomiga 2 ta xat yo‘llab, O‘zbekiston qamoqxonalaridagi o‘lim holatlari va qiynoqlar qo‘llanilishi borasidagi iddoalarga oydinlik kiritishni so‘radi. Ammo oradan besh oy vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, qamoqxonalardagi vaziyat uchun ma’sul idoradan javob olmadik.

BMT ning Qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Teo Van Boven, 2002 yili O‘zbekiston qamoqxonalariga qilgan qisqa tashrifidan so‘ng, o‘zbek qamoqxonalarida qiynoqning sistematik xarakterga ega ekanini ta’kidlagan edi.

BMT ma’ruzachisi Novak O‘zbekiston hukumatining qamoqlardagi qiynoqlarga oid vzaiyat borasida “bir siri bor”, degan fikrda.

Van Bovendan so‘ng ushbu lavozimni egallagan Manfred Novak esa, o‘z faoliyati davomida O‘zbekistonga safar qilishga muvaffaq bo‘la olmadi va Ozodlik bilan suhbatlardan birida, “O‘zbekiston hukumatining qamoq va hibsxonalardagi qiynoqlar borasida yashiradigan bir siri bo‘lsa kerakki, men kabi mustaqil kuzatuvchilarning bu muassasalarni ko‘rishiga izn bermayotir”, deya ta’kidlagan edi.

O‘zbekiston hukumati xalqaro minbarlardan turib, qamoqxonalardagi qiynoqlarning sistematik ekanini inkor etib kelmoqda. Toshkent rasmiylariga ko‘ra¸ O‘zbekiston qamoq va hibsxonalarida qiynoq bilan bog‘liq alohida olingan holatlargina bo‘lishi mumkin, xolos.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24213195.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: