AQSh davlat departamenti vakillari bilan uchrashuv – O’XH


June 1, 2011

Kuni kecha AAT tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha raisi o‘rinbosari Baxtiyor Muxtorov, O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi rahbari Umida Niyozova bilan birgalikda, Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat departamentining rasmiy vakillari Jon P.Uil’yams va Devid M.Abramson bilan Berlinda uchrashdi.

Bu uchrashuv AQSh davlat departamenti Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘limi, Rossiya hamda Evroosiyoni tahlil qilish Boshqarmasining boshlig‘i Jon P.Uil’yams va Rossiya va Evroosiyoni tahlil qilish Boshqarmasi xodimi Devid M. Abramsonlarning tashabbuslari bilan tashkil qilindi. (U.S.Deportament of state. John P.Williams. Chief, Central Asia and Caucasus Division Office of Analysis for Russia and Eurasia. David M.Abramson. Office of Analysis for Russia and Eurasia)

Suhbat chog‘ida AQSh rasmiylari xizmat safari bilan O‘zbekistonda bo‘lganliklari va huquq himoyachilari bilan uchrashganliklari haqida aytib, go‘yoki:“O‘zbekiston Xalq Harakatiga birlashgan muxolifat vakillari O‘zbekistonda diniy davlat to‘ntarishi qilish niyatida ekan”-degan gapni ulardan eshitganliklarini bildirganlar. B. Muxtorovga: “Haqiqatda shundaymi?” degan sovolni berishgach, o‘tgan qurultoy haqida aytib berishini so‘rashgan. Qanday qarorlar qabul qilinganligi haqida qiziqishgan. Baxtiyor Muxtorov O‘XH ochiq, rasmiy va demokratik ko‘rinishda ekanligini ta’kidlab, ya’ni rais bir yilga saylanib, qarorlar ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinishini aytdi. Bugunda O‘XHni legitimlashtirish (rasmiylashtirish) masalasi ko‘rilmoqda. Shu ishlarning hammasini shaffof-oshkora tarzda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston – Germaniya forumining rahbari Umida Niyozova ham O‘zbekistondagi ahvol og‘ir ekanligi; dindorlarga, oddiy nomozxonlarga nisbatan tazyiq kuchli ekanligi; ekstremist, terrorist deb qamashlar haligacha mavjud ekanligi haqida gapirdi. Hatto, ba’zi huquq himoyachilari ham haqiqatni ochiq ayta olmasliklarini ta’kidladi.

Baxtiyor Muxtorov vakillarga Andijon voqealari haqida Monika Vitlok (Monica Whitlock) ishlagan fil’mni va 2005 – yil Andijon voqelari yuzasidan olib borgan monitoring natijalari va hisobotlarini taqdim etdi. Shu bilan birga, AAT tashkilotining olib borayotgan xayrli ishlari haqida gapirib berdi. Jumladan, O‘zbekistonda repressiv tuzum qatag‘onlaridan jabr ko‘rgan 800 ta oilaga davomiy yordam ko‘rsatilishi, Rossiyadagi siyosiy qochoqlar va mehnat muhojirlariga ko‘rsatilayotgan moddiy va huquqiy yordam haqida aytib berdi. Bu kabi xayriya ishlarini ilgari ham qilib kelganliklari, bu harakatga Akram Yuldashev asos solganligi, hozirda u inson qamoqda o‘tirganligini ta’kidlab o‘tdi.

Suhbat so‘ngida vakillar O‘XH legitim-qonuniy e’tirof etilganmi yo‘qligini bilishmoqchi bo‘lganini, uchrashuv davomida bu savollariga qoniqarli javob olishganini bildirishdi.

Suhbat ikki yoqlama hurmat me’yorida o‘tdi.

AAT ma’lumot tarqatish bo‘limi

 

http://uzxalqharakati.com/?p=179

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: