Archive for June, 2011

30/06/2011

Tomi ketgan schyotchiklar yohud O‘zbekistondan yana bir garmsel! – uzxalqharakati.com

Jun 29th, 2011

– Tog‘a, men elektrosetdan keldim. Schyotchikni ko‘chaga o‘rnatamiz. Shunga 200 ming so‘m berasiz.

– Schyotchigim buzuq emas. Uyda ham turaveradi. Siz aytgan pul hozir yo‘q.

– Shunaqa buyruq bo‘lgan. Tezda chorasini ko‘rishingiz kerak. Qarindosh yo qo‘shnilardan qarz olib turing. Biz ishni bitirib ketamiz.

– Qanaqa buyruq? Kim chiqardi unaqa buyruqni?

– Viloyat hokimligidan.

– Hokim: “Aholi pulga schyotchik o‘rnatsin!” – deb buyruq chiqardimi?

read more »

30/06/2011

Xitoy va kommunistik partiya qanchalar yakdil? – bbc uzbek

29 iyun 2011

Maykl Bristou

Pekin

Xitoy kommunistlari hamon “ardoq”da

Pekindagi cherkov maktablaridan biri bo‘lgan bino Xitoy kommunistlari tomonidan to‘la “isloh” etilgan.

Bu bino bugun ham maktab.

Ammo maktabning ma’rifiy mohiyati o‘zgarmagan.

O‘zgargani shuki, sobiqda cherkovga qarashli maktabda o‘quvchilar Xudoga sig‘inishgan bo‘lsa, bugun ular partiyaga “sig‘inadilar”.

Bu maktabdagi tuzum kommunistlar partiyasini Xitoyda yarim asrdan ortiq qudratda ushlab kelayotgan tuzumning bir qismidir.

read more »

30/06/2011

Qozog‘iston O‘zbekistonga bergan qochqinlardan biri Sirdaryodan topildi – ozodlik.org

Qozog‘istondan O‘zbekistonga berib yuborilgan qochqinlarning Olmaotada qolgan oila-a’zolari esa yosh go‘daklari bilan birga qariyb ikki haftadan buyon bedarak qolmoqda.

30.06.2011

Barno Anvar

Ekstraditsiya qilingan qochqinlarning yana ayrimlari Toshturma va O‘zbekiston IIV izolyatorlarida qolmoqda.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan 21 yoshli Fayzullaxon Akbarovning onasi Rahima Akbarovaga 24 iyun kuni Milliy xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boshqarmasidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va o‘g‘lining Guliston shahridagi bo‘limda saqlanayotgani aytilgan.

read more »

30/06/2011

Rayhonning ishi Oliy sudda – ozodlik.org

Rayhon Soatovani zo‘rlaganlikda gumonlangan 12 militsiya xodimi mahkamaga tortilgan, lekin jazosiz qolgan edi.

29.06.2011

Mehribon

Tergov paytida militsiya xodimlari tomonidan zo‘rlanganini da’vo qilgan Rayhon Soatova ishi O‘zbekiston Oliy sudida ko‘rilayapti. R. Soatovaning yaqinlari agar Oliy sud qarori qoniqarli bo‘lmasa, BMTning inson huquqlari qo‘mitasiga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

Rayhon Soatovaning akasi Abdusamad Soatovga ko‘ra, singlisining ishi bo‘yicha O‘zbekiston Oliy sudiga 13 iyun kuni murojaat qilishgan.

read more »

30/06/2011

“Har bir domda kamida bittadan fohishaxona bor” – ozodlik.org

Poytaxtning ba’zi mavzelarida ko‘p qavatli uylarda besh-oltitadan fohishaxonalar bor.

29.06.2011

Sarvar Usmon

O‘zbekiston shaharlarida keng tarqalgan fohishabozlikka huquq-tartibot organlarining aloqasi borligi aytiladi.

“Har bir domda kamida bittadan fohishaxona bor”, deydi Toshkentning Sag‘bon mavzeida yashaydigan huquqshunos Gulnora Oqilova.

Uch yildan beri mavzedagi pritonlarga qarshi muvaffaqiyatsiz kurashib charchagan bu faol ayolning aytishicha, illat ildizi huquq-tartibot organlariga borib taqaladi.

read more »

30/06/2011

Rossiya mulozimi Oqsaroyda qabul qilindi – ozodlik.org

29.06.2011

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 28 iyun kuni Rossiya federatsiyasining Harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha federal agentligi direktori Mixail Dmitrievni qabul qildi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra¸ uchrashuv paytida ikki davlat o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

read more »

30/06/2011

Tuya go‘shti egan qurilishga jon kirdi – ozodlik.org

‘Bunyodkor’ futbol klubi saytida e’lon qilinang stadion maketi.

29.06.2011

Sadriddin Ashur

“Bunyodkor” stadionining qurilishi yaqin 50 foizga bajarildi. Ozodlikka bu haqda stadion qurilishi bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlardan biri, “Tashgiprogor” loyihalash intituti bosh injeneri ma’lum qildi. O‘tgan yili Mustaqillik bayramiga qadar bitirilishi va’da qilingan “Bunyodkor” futbol klubiga qarashli sport kompleksi qurilishi 2010 yilning bahorida to‘xtab qolgan edi. Bunga klubning homiysi “Zeromaks” shirkati yopilgani sabab bo‘lgan edi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining joriy yil 5 apreldagi “Bunyodkor” stadioni qurilishini tugatishni tezlatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan so‘ng qurilish ishlari yana boshlandi. Biroq quruvchilarning aytishlaricha, bu endi avvalgi loyihadagi katta sport kompleksi emas, oddiy bir stadion bo‘ladi.

read more »

29/06/2011

Biz bilmagan Navoiy – ozodlik.org

Alisher Navoiy portreti.

09.02.2011

Abdulla Iskandar

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludiga 9 fevral kuni 570 yil to‘ldi. Ayni paytda O‘zbekistonda Navoiyning ikonaga aylantirilgan siymosi mavjud. Navoiy tarjimai holining biz bilmagan nuqtalari bor, deydi Ozodlik suhbatlashgan o‘zbekistonlik olim Ibrohim Haqqul va shoira Dilorom Ishoq.

Cho‘lpon orzusi

Shoir Abdulhamid Cho‘lpon 1924 yilda “Turkiston gazetasi”ning 23 sentyabr sonida “500 yosh” nomli maqola yozib Alisher Navoiy nomini targ‘ib qilishga millat ziyolilarini chorlaydi. Bu maqoladan 87 yil o‘tib orqaga qarasak, Cho‘lpon taklif qilgan g‘oyalarning deyarli hammasi ijobat bo‘lganini ko‘ramiz.

Mana o‘sha maqola:

read more »

29/06/2011

Turkiston muxtoriyati raisi tavalludiga 120 yil to‘ldi – ozodlik.org

Turkiston muxtoriyati rahbari Mustafo Cho‘qay.

27.12.2010

Ayni kunlarda 20-asr qozoqlari tarixidagi eng yorqin shaxslardan biri – Mustafo Cho‘qay tavalludining 120 yilligi, sirli o‘limining esa, 69 yilligi nishonlanmoqda. Garchi Qozog‘iston hukumati Cho‘qay nomini abadiylashtirish uchun faol harakat qilayotgan bo‘lsa-da, tanqidchilar Ostona, qolaversa bugungi Markaziy Osiyo etakchilarining mohiyatan Cho‘qay g‘oyalariga zid siyosat tutayotganlikda ayblamoqdalar.

Joriy yil oktyabr oyida Mustafo Cho‘qay o‘z umrining 20 yilini o‘tkazgan Parij yaqinidagi Nojan-syur-Marn shaharchasida Cho‘qay haykali va uning nomi berilgan xiyobon paydo bo‘ldi.

read more »

29/06/2011

” Xalq uyushayapti – albatta natija beradi!” – ozodlik.org

O‘zbekistonda korruptsion tuzumga qarshi qanday kurashish mumkin?

Barno Anvar

“Erkin mikrofon”ga Rossiyadan qo‘ng‘iroq qilgan farg‘onalik Ahmadjon aka Ozodlik eshittirishlaridan birida fikr bildirgan namanganlik Nabijon akaning poraxo‘rlikka qarshi kurashib to‘plagan tajribasiga o‘z munosabatini bildirdi.

– Akaxonga nima demoqchimanki, Karimov rejimi qanaqa natija bergani hammaga ayon bo‘ldi. Iqtisod, madaniyat, umuman hamma sohada.

Ozodlik: Qanaqa natija berdi?

read more »