Qurultoy haqidagi iddaolarga javob o‘rnida – ponauz


May 31st, 2011

Qurultoy tadbiridan masofada bo‘lganlar bu qurultoy uchun katta grant olindi degan iddaoni parvarishlashdi. Birov eb ular quruq qolgandek suq hasadlar bilan alahsirashdi.. Bunday alahsirashlar ortida turganlardan birining xar hil laqablar ostiga yashiringan Xusnidin ekanini bilamiz. Unga aytadiganimiz shu grant olamizmi, yo olmaymizmi bu sani ishing emas.

Xolbuki mexmonlarning uchoq chiptalaridan tortib Berlindagi mehmonhona harajatlarigacha tashkilotchilar tarafidan qoplandi.

Bu o‘zbeklarning peshana teri evaziga tashkil qilingan ilk katta anjuman bo‘ldi.

Birovlardan pul olib iskovuch it bo‘lib kelganlar ham uyalmasdan anjuman ahli bilan birga yotib, birga eb ichib ketishdi.

Bulardan birining maqsadi yig‘ilgan jamoa ichiga qutqu solish, bu jamoa tadbiri haqida operativ xabar etkazib ”muxbirlik” yoki “quloqlik” qilish bo‘ldi.

Nartsizm kasaliga chalingan, aslida qo‘y olib sotarlikda muttahamlik qilib qamalgan bu sharlatan maqsadiga erisha olmadi. Uni tasodifan tushirib qoldirgan fleshkasi ko‘p narsalarga oydinlik kiritdi. Kezi kelganda bu fleshkani ochiqlaymiz.

Bu ham bir ishorat bo‘ldi.

Bundan tashqari anjuman bo‘lgan kunlari Ejkov, Marat Zohidov, Boymatov Buxarbaevalarning va o‘zidan o‘zi intervyu olish hastaligiga yo‘liqqanlar nuqtai nazari bir bo‘ldi. G‘araz va tirnoq ostidan kir qidirish edi ularning xolati.

Birdamlik esa Qurultoyga kelgan Nasrullo Sayidning bundan 3 yil burungi bayonotini o‘z saytiga ilib qo‘yib jamoatchilik fikrini chalg‘itmoqchi bo‘ldi.

Bundan Berlindagi Novotel yonida 23 may kuni yig‘ilgan SNB xodimlari hursand bo‘ldi xolos.

Ammo shallaqi va demagoglar fitnasiga qaramasdan Qurultoyga omad yor bo‘ldi.

Norovning tashrifi omad edi.

Deputat Viola Fon Kramon tashrifi va uning iltifoti ham kun tartibini va nemis matbuoti munosabatnini o‘zgartirdi.

Hech kim tarafidan vakil qilinmagan, yakka tuyoqlar yana taqasiz qolib ketdi.

Eng muhimi bu tadbir ishtirokchilari Germaniya Tashqi Ishlar vazirligi, Germaniya Bundestagi va inson huquqlari idorasi tarafidan qabul qilindi. AQSh davlat departamenting ikki mulozimi bu tabdir ishtirokchilari bilan uchrashish uchun maxsus Berlinga keldi.

Yana ham muhimi qurultoyga yig‘ilgan bir kam ellik odam o‘z kuchiga ishondi.

Elim o‘z o‘g‘ling, o‘z qizing, iningga ishon, bugun shular seni o‘ylashga tushdi.

O‘zbekiston Xalq Harakati

facebook.com

 

http://ponauz.turkiston.tv/archives/1170

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: