Makkorga javob – haqiqatni to‘g‘ri tushunishlikdir! – O’XH


May 30, 2011

Aziz va muhtaram onaxon va otaxonlar, aka ukalar, opa singillaru qo‘ni qo‘shni, yoru birodarlar! Sizning haq huquqlaringiz, qadr qimmatingiz toptalayotgani hamda mol mulkingiz doimiy bezovtachilik holatiga olib kelinayotgani dunyoga oshkor bo‘ldi va bo‘lib bormoqda.

Mavjud rejim O‘zbekistondagi xalq rivojlanishi uchun xizmat qiladigan qonunlarni bir chetga surib, unga amal qilish o‘rniga o‘zining xar hil xiylalari bilan elni aldab kelmoqda.

Elga xizmat qilish o‘rniga unga tuhmat qilayotgan, xalq g‘amini eyish qolib, uning qonini ichayotgan, fuqaro farovonligi yo‘lida izlanmay, shaxsiy foydasini ko‘zlayotgan bu battol rejim – O‘zbekistonning noqonuniy prezidenti va uning atrofidagi bir to‘p xudbinlarga qarshi barcha muxolifat va xalq vakillari birlashdi va o‘z ishini boshladi.

2005 yil 14 maydan boshlab tinch namoyishchilarga tuhmat qilgan, ularga qarshi noto‘g‘ri tashviqotlar yurgizgan va o‘z qotilliklarini jahon hamjamiyatidan yashirgan edi. gazeta va televidenielarda o‘zining yolg‘on bo‘htonini uyatmasdan gapirgan edi. Shu kunlarda ham bu makkor rejim o‘z xiylasini boshladi. Makr, qo‘rqitishlik, majburlash, qamash va boshqa ta’qiblarini kuchaytiryapti. Aziz Vatandoshlar! Bu xoin rejimning kuni bitmoqda, shuning uchun sizlardan iltimos, gazeta va televidenieda olib borilayotgan turli tashviqotlarga parvo qilmay, siqilmay, ta’sirga tushmay jimlik saqlab tursangiz? Zero, ahmoqqa javob – sukut!

Zolim rejim xiylalariga misollar: a) ota onalarimizga o‘zlari teatrlashtirib yolg‘on gaplarni gapirtirishlari, b) ko‘cha va parklarda turli tadbirlar o‘tkazib mard xalq yuragiga g‘ulg‘ula solayotgani, v) IIB va MXH xodimlarini xonadonlarga bostirib kirishga majbur qilayotgani, g) Karimovning qizi Lola Karimova jahonga sharmanda bo‘lib sudlashayotganini ommadan yashirishi, d) noqonuniy prezidentning qizlari tonna tonna oltinlarni chetga olib qochayotganligini xalqdan pinhon tutishi kabilar!

Bo‘ynida illati borning tizzasi qaltirar deydi dono xalqimiz. Zolim Karimov o‘z illatini televideniedagi bo‘htonlari orqali yashirmoqchi bo‘lmoqda, lekin oyni etak bilan yopib bo‘lmasligini his qilmayapti yoki “tog‘orani butun ”, deb o‘ylayapti.

Barcha muxolif kuchlar va O‘zbeksitondan chiqib ketgan xalq vakillari xalqni ozod qilish, qardiyatlarini tiklash, adolatli hukumat qurib natijada O‘zbekiston xalqini farovon hayotga olib chiqish uchun bel bog‘ladilar.

Aziz yurtdoshlar! Porloq kelajak tongi yaqin. Ushbu damda sizni bir yoqadan bosh chiqarib zolim, ayyor, O‘zbekistonnnig noqonuniy prezidenti Islom Karimov makrlaridan siqilmay unga siyosiy bo‘ysunmaslikka chaqiramiz! Siyosiy bo‘ysunmaslik – bu gazeta va televideniedagi yolg‘on tashviqotlarga ishonmaslik, qiynalib tirikchilik uchun pul topayotgan mehnat muhojirlari hamda o‘z yurtini zolim quvg‘iniga uchrab tashlab chiqib ketgan va ketayotgan insonlarni hurmat qilish, qattol prezident va uning yaloqxo‘rlariga “sen yaxshi, sendan ham it yaxshi”, deb, sabr bilan muomala qilib turish kabilar demakdir.

Asrlar davomida it hurib, karvon o‘tib keldi. Lekin biron marta ham it hurishiga karvondagilarning ayb qilib qo‘yishlari sababmasmikan deya qaralmadi, chunki karvon – inson, it – hayvonligi barchaga ma’lum!..

Boburiy

 

http://uzxalqharakati.com/?p=147#comments

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: