AQSh delegatsiyasi o‘zbekistonlik huquq himoyachilari bilan uchrashdi – ozodlik.org


31.05.2011

Bugun Toshkentdagi Amerika elchixonasida AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Syuzan Elliot boshchiligidagi delegatsiya bir guruh o‘zbekistonlik huquq himoyachilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, Elliot xonim O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyati, huquq himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga rasmiy Toshkentning munosabati bilan qiziqqan.

O‘zbek huquq himoyachilari mamlakatdagi bolalar mehnati, siyosiy mahbuslar va qiynoqlar masalasini ham tilga olganlar.

– Elliot xonim “Biz hozir siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi bosqichini olib borayapmiz O‘zbekiston hukumati bilan. Buning ikkinchi raundi sentyabr oyida o‘tadi. Sentyabr oyiga qadar bo‘ladigan muloqotlarimizda biz bu masalalarni etakchi masala sifatida O‘zbekiston hukumatining oldiga qo‘yamiz. Bu bo‘yicha so‘zlashuvlar ketayapti. Vaziyat bizning nazarimizda sekin-sekin iliqlashadiganday” deb gapirdi Elliot xonim,- dedi Abdurahmon Tashanov.

Shuningdek, Elliot xonim Yaqin Sharqdagi voqealarning O‘zbekistondagi aks-sadosi bilan ham qiziqqan. Huquq himoyachilari bu O‘zbekiston sharoitida imkonsiz ekanligini aytganlar.

Kecha Syuzan Elliot xonim bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-insonparvarlik va sarmoyalarga oid sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi masalalar muhokama qilingan.

Bugun Oqsorayda prezident Islom Karimovning AQSh diplomatinini qabul qilishi kutilmoqda.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110531/402/850.html?id=24210638

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: