O‘t bo‘lib Oq saroyga o‘rlaganmushman, yo rab! – turonzamin


Yusuf Juma

O‘zbekning buyuk shoiri  Yusuf Jumaning 23 may kuni “Ozodlik”,  radiosiga bergan suhbatining matni

Muxbir: Endi avvalo suhbatimizni shu sizning hozirgi ahvolingizdan, ya’ni qamoqda bo‘lgan paytingizda, shu, juda ko‘p havotirlar bo‘ldi, juda ko‘p narsalar aytildi, shu Yusuf Jumaning ahvoli, sog‘ligi yomonlashdi degan xavotirlar bor edi, hozir mana eson-omon AQShga etvolgan ekansiz, hozir o‘zingizni qanday xis qilyapsiz, shundan boshlaylik.

Yu.Juma: Albatta, boshimdan ko‘p nimalar o‘tdi, beshafqat qiynoqlar o‘tdi. Bir necha marta o‘lim bilan yuzma-yuz bo‘ldim. Bir sekund ham menga nisbatan qiynoq to‘xtatilgani yo‘q. Doimiy bosim bo‘lib turdi. Qovurg‘alarimni sindirib tashlashdi, oyoqlarimni, dubinkalar bilan urib, tirnoqlarim to‘kilib ketdi, butun vujudimni ezib tashlashdi, qiynoqlar ko‘p qo‘llandi. Qiynoqlar faqat jismoniy emas, ruhiy qiynoqlar ham bo‘ldi. Ishqilib boshimdan juda ko‘p, o‘lim holatlarigacha yaqin holatlar bo‘ldi. Hozir endi, nisbatan sog‘ligim yomon emas…

Muxbir: Endi mana, oilangizni bag‘riga qaytdingiz, mana hammelar Amerika Qo‘shma shtatlaridasiz, chiqqaningizdan xursandsiz albatta, man bunga ishonaman, lekin, shuncha sizni qiynashdi, o‘sha erda demak, qamoqda zulm o‘tkazishdi deb aytyapsiz, nima uchun qo‘yvorishdi va qanday bo‘ldi bu ozod qilish jarayoni? Ya’ni aytishdi, bo‘ldi Yusuf aka na vыxod deyishdimi?

Yu.J.: Ular mani, nafaqat bergan besh yil jazosini, yana qo‘shimcha besh yil tayyorlab qo‘ygan edi, yana sud qilib, yana ko‘paytirishga. Bu harakat 2009 yilda amalga oshishiga sal qoldi, Amerika hukumatining qattiq kurashgani tufayli, man to‘g‘risi ozod bo‘ldim. Bo‘lmasa… agar, dunyoda amerika bo‘lmasa, Karimov mani o‘ldirib tashlardi. Bu harakat bir necha marta bo‘ldi. Man borgan paytimdayoq aytgan, Otabek Sobirov degan, Buxoro viloyat Otbozor turmasining bosh operi aytgan, sani o‘ldirishga prezident Islom Karimov, Bosh vazir Shavkat Mirziyoev va Bosh prokuror nima bergan, sani va o‘g‘illaringni o‘ldiramiz dedi va shunga juda ko‘p harakat bo‘ldi, lekin Amerika borligi uchun men omon qoldim. Va Amerika borligi tufayli ozod bo‘ldim man. Agar o‘z xalqimga qolsa, o‘zini hukumatiga befarq xalqiga qolganida man allaqachon o‘lib ketgan bo‘lardim. Man Amerika tufayli omon qoldim va Amerika tuyfayli ozod bo‘ldim. Hozirlikcha Amerikadaman.

Muxbir: Yusuf aka, endi, qanday bo‘ldi o‘sha ozod etish jarayoni, man yuqorida so‘radim, ya’ni sizga kelib aytishdi mana, ertadan boshlab ozodsiz deyishdimi yo oldindan bilarmidiz, qanaqa bo‘ldi, ya’ni, chiqish jarayoni?

Yu.J.: Mani chiqish jarayonim, 2010 yil 11 dekabrda manga bu haqda gapira boshladilar, chiqib ketasan, undoq bo‘ladi, bundoq bo‘ladi deb…

Muxbir:Ishonmagandirsiz, hayron qolgandirsiz?

Yu.J.: Yo‘q man hayron qolganim yo‘q, man hamma narsani bilib turardim, chunki O‘zbekistonga Klinton xonim borganidan keyin, bu haqda gap so‘z bo‘lib boshladi. Xm… keyin manga aytdilarki, san prezidentdan avf so‘raysan, O‘zbekistondan chiqib ketish to‘g‘risida… fuqarolikdan kechasan degan gap aytdilar. Man aytdim, O‘zbekiston fuqaroligidan kechadigan bo‘lsam, undan ko‘ra shu turmada yotaveraman, Jasliqda, deb man chiqishdan bosh tortdim. Lekin, ular boshqa yo‘ling yo‘q, san, biz sani besh yil, nimaga tayyorlab qo‘yganmiz, agar nima qiladigan bo‘lmasang, besh yil nima qilasan, yana qo‘shimcha olasan, bollaring qiynaladi, biz tupirganmiz, dedi ochig‘i. Amerikangayam, boshqagayam la’nat bo‘lsin dedi, oldin o‘sha zonaning boshlig‘i bo‘lgan, hozir Qoraqalpoqsitonda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lgan Qurolberdiev degani, shunaqa gaplarni gapirdi va bitta yo‘ling bor dedi, man bu jinnixonada, qiynoqlar cheksiz bo‘lgan Jasliqda qolgandan ko‘ra, mayli nima bo‘lsayam shu erdan chiqib ketay degan ma’noda ularning shartiga rozi bo‘ldim, lekin ular yana nimalik qildilaru, Karimov Rossiyaga ketishi bilan bu harakat to‘xtatildi va yana chiqmaydigan bo‘lib noma’lum vaqtgacha qolib ketdi. Man endi tushundim… va yana menga nisbatan qiynoqlar boshlandi. Umuman qiynoq man chiqadigan kungacha davom etdi. Lekin, keyin yana bir, yanvar oyida Karimov Evropaga kelishi munosabati bilan bu masala yana qo‘zg‘atildi. Lekin, qo‘zg‘atilib yana boshlandi, keyin yana yo‘q bo‘lib ketdi, Karimov o‘yin qilib, o‘yin qilib o‘zining o‘sha malaylarining aytishi bo‘yicha, man 20 yil turmada o‘tirishim kerak ekan, shunga harakat qildi, esdan chiqarishga, qani vaziyat o‘zgarib dunyoyoning esidan chiqib ketarmikan, Amerika bir aytdi qo‘ydi, so‘rab kelyapti, so‘ramasdan qo‘yarmikan, deb yana tashlab qo‘ydi. Va yana qiynoqlar davom qilaverdi. Faqat 6-may kuni, mani, endi ozod bo‘lasan, nima qilasan, hoizr sanga pasport tayyorlaymiz, san ozod bo‘lasan deb, Qaraqalpoqiston…

Muxbir:Qaysi pasport, O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechdingiz ya’ni, shunga majbur qilishdi…

Yu.J.: Yo‘q, hali, majbur qilishdi, lekin, vaqtincha bo‘lsayam pasport berishi kerak ekanda endi… 6-may kuni, mani nimadan olib chiqdi, Jasliqdan olib chiqdi, qo‘limda kishan bilan, ozod bo‘lasan deyyishdiyu, lekin kishan bilan mani Nukus turmasiga olib keldi. O‘sha kuni Qo‘ng‘irotdan manga pasport olishdi. U erdan Toshkentga olib kelishdi kishan bilan, kandaydir, bilmadim qanaqa joyligini, bir yashirin yo‘llar bilan olib o‘tib, bir joyga keltirib tashlashdi. U erda 12 kunimi-13 kun yotdim. Hech qanaqa gap so‘z yo‘q. Keyin, 20-may edimi deyman, aeroportga olib kelib, shu erdan chiqarib yubordi.

Muxbir:Ya’ni to‘g‘ri uchib keldingiz, Amerika Qo‘shma shtatlariga?Yu.J.: Ha, Amerikaga keldik…

Muxbir:Hozir qaysi shahridasiz Amerikaning?

Yu.J.: Hozir bilmaymanam qaysi shahridaligimni (kuladi va aftidan yonidagilardan, “qaysi shahar”, deb so‘raydi)…

Mayli… ha?

Yu.J.: (shoirning ayoli Kentaki deydi) Kentaki shahri ekan.

Muxbir:Ha, Kentuki. Yusuf aka, yana bitta muhim narsada endi, to‘g‘ri Jasliqda bir kunam ko‘p, Jasliqdi qanaqa ekan deb so‘rashimiz ham, sal ahmoqona, chunik bitta so‘z bilan dahshatli deb javob berishingiz mumkin. Lekin bunday deylik boshqacharoq javob bo‘lishi mumkinmi, nima Jasliq?

Yu.J.: Jasliq degani bu, endi… o‘lim lageri desayam bo‘ladi. Buxenvalьd desayam.. Buxenvalьdam uning yonida hech narsa emas, fashistlarning turmasi bilanam tenglashtirib bo‘lmaydi u erdagi… uni vaziyatini faqatgina yotib ko‘rgan odamlar biladi. To‘g‘ri shunga loyiq jinoyatchilar bor, u erda jinoyatchi yo‘q, hammasi tuhmat bilan o‘tiripti degan gaplarga man qo‘shilmayman. 90 foyizdan ortiq qip-qizil jinoyatchilar bor u erda. Terrorchisiyam bor, Vataniga tupirganlariyam bor, Muqanna pes-mahov deydiganlariyam bor, qo‘yib bersang Amerikayu butun dunyoni tep-tekkis etib tashlab, yangidan, boshqadan quramiz deydiganiyam bor, o‘z farzandini, o‘zini xotinini o‘ldirib kelganlaram bor, haqqatanam shu jazoga loyiq odamlaram bor, lekin begunoh odamlaram yotipti. Mana hoziram o‘sha erda, Tolib akaning kuyovi qolib ketdi, A’zam Farmonov degan. U yigit shu erda haliyam yotipti.

Muxbir:Hammasi bilan yaxshi tanishgan ko‘rishgan bo‘lsangiz kerak endi, juda ko‘p odamlar bor endi Jasliqda biz yoritgan, demak OAV diqqatiga tushgan. Esingizda bo‘lsa, mana shu yil boshida, va o‘tgan yil oxirida shu Jasliqda qanaqadir to‘polonlar bo‘ldi deb biz xabar berdik, shu narsa qanday bo‘ldi, ya’ni o‘sha, ochlik e’lon qilishdi deb aytdik, endi biz o‘sha, yaqinlariga tayanib xabarlar berdik, siz ichkarida edingiz, nima bo‘luvdi o‘shanda?

Yu.J.: Endi u erda shunaqa nimalar borki, to‘g‘risi qiynoqlar juda cheksizu lekin man borgandan keyin ancha vaziyat o‘zgardi u erda. Vaziyat zgardi, baribir ta’siri bo‘ldi, nimalarning hammasining ta’siri bo‘ldi. U erda man tufayli ancha o‘zgarishlar bo‘ldi, man o‘zim azoblansam ham ularga ancha engilliklar bo‘ldi. Lekin o‘sha erdagi shu xalqdan man shunaqa nafratlandimki, har qanaqa jazoga loyiq bo‘lgan, odamlar bor. Mani sotmagani qolmadi. Manga tashlanmagani qariyb qolmadi. Hatto besh vaqt namoz o‘qiydiganlari tuhmat etib sotti. Har qanaqa jazoga loyiq odamlar bor u erda, Jasliqda. Va begunoh odamlaram o‘tiripti. Endi u erda bo‘lgan kelishmovchilik to‘g‘risida juda uzoq gapirish kerak.

Muxbir:O‘zingiz shohidi bo‘ldingizmi, shunaqa qiynoq tufayli o‘ldirilgan odamlarni ko‘rdingizmi?

Yu.Juma: Endi qiynoqning asosiy nimasi mening boshimdan o‘tdi to‘g‘risida, ko‘rmagan qiynog‘im qolmadi. Men ularning yonlarini olganimdan keyin, hammasi, men uniyam yonini olib ko‘rdim, buniyam, yonini olganimdan keyin, men hamma jabrni ko‘rdim to‘g‘risi. Ularga indamay qo‘yishdi, faqat meni qiynayverishdi har oyning 15-kuni izolyatorda yotaman so‘ng otryadga tushiradi va yana izolyatorga yana va yana, har 15-kunda. 2009 yildan boshlab har 15 kun Jasliqda, 15 kun Nukusda, har oyda shunday olib borishdi. Nukusgacha yo‘l o‘nqir-cho‘nqir, 500 kilometrli yo‘l, varonokda olib boradi, bitta kichik xonasi bor, bitta odam zo‘rg‘a sig‘adi, boshi tegib, o‘tirishning imkoni yo‘q, moshin siltab yuqoriga otib turadi, nafas olib bo‘lmaydi, to‘rt tomoni qalin temir bilan o‘ralgan, biror joyidan havo kirmaydigan ana shunday mashinada azobga solib olib borishadi. Bu haqda juda uzoq gapirish kerakda to‘g‘risi, u erda har birining o‘z muammosi, tushuntirish qiyin bo‘lgan holatlari bor…

Muxbir:Man savolni shunday berdimki, Yusuf aka, ko‘rdingizmi qiynoqdan o‘lgan mahbuslarni?

Yu.J.: Yo‘q man ko‘rmadim. Mani hech qachon nimada qo‘ymagan, mana oxirida drobь degan joy bor u erda itni ham, bitni ham ko‘rmaysiz, hech kimni ko‘rmaysiz. U erda oftobda pechkalar yonib turadi. 24 soat. Ovqat pishiradigan, non pechkalari qishdayam yozdayam yonib turadi. Yozda saratonda 48 daraja issiq bo‘lib ketadi, u erda tagidan yana pechka yonib turadi. Men u erda o‘zlarigayam aytganman, pagonlilarga, Buxenvalьdning pechkasi bu deganman. Faqat Buxenvalьd pechkasida odamlar bir kiradiyu qutilib ketadi, 5-10 minutda, bu erda yillar davomida qiylanib o‘lasiz, havo ham yo‘q, hech narsa yo‘q.

Muxbir:Sizni dudlashgan ekanda?

Yu.J.: Ha shu erda yotdim, u erda ham tinch qo‘yishmaydi. Men u erda bo‘lgan nimalardangina xabarim bor. Boshqa ko‘p gaplardan xabarim yo‘q. Keyin, hammasini tushuntirish kerak, qaysi tomonni oqlash kerak, qaysi tomonni yomonlash kerakliginiyam bilmay qolasan. U erdagi vaziyat nihoyatda chigal. Bu xalq bilasizmi nima uchun, bu xalq Karimovga loyiq, Xudo ham Karimovni loyiq ko‘rib, Xudo berib qo‘ygan Karimovni, agar Karimovdan battari bo‘lganida, Karimovni olib tashlab, Karimdan battariga yo‘liqtirardi bu xalqni, bu xalq tushunmasa… o‘sha erda o‘tirgan mahkumlar haqida gapiryapman, hech narsani tushunmasa johil bo‘lsa, u tomonam johil, pogonlisiyam johil, pogonsiziyam johil, qamalgan hokimlari bitta umrida kitob o‘qimagan, ular johil, bu nima xulosaga kelasan, bir birini eb qirib tashlaydimi, menga umuman farqi yo‘q. Esin bir birini, undanam battar bo‘lsin. Man yonini olib, hammasi mana meni xo‘rladi. Mana … (tushunib bo‘lmadi)ga ham, boshqasigayam men advokat emasman, endi o‘zlarini o‘zlari himloya qilsin, osmondan keladi. Masalan Krasnqy Krest boradimi (tushunib bo‘lmadi)ga, gapirmaydi, (tushunarsiz nedir) aytadi, xoy, deydi, san deydi bizning dushmansan, san bilan gaplashmaymiz, san borib boshqalar bilan gaplash, san Amerika falon-battar, hammang yahudiysilar deb ularni so‘kib boshlaydi. Ulardan foydalanib, mana olib chiqishadi. Mani masalan gapirtiradigan bo‘lsa mani Nukusda yo‘q qildirib tashlaydi. Ular boradida. Ana shundoq qiladi, gaplashmaydi. Hamma gaplarni ochiq gapirmaydi, yoniga so‘rab borgan odamga, Krestdan, nima uchun hamma gapni aytmaydi? Mana shunaqalarga Karimovga o‘xshaganlarni saqlab turipti, bular Karimovga loyiq xalq.

Muxbir:Qamoqxona sizning dunyoqarashingizni qanchalik o‘zgartirib yuborgan deb o‘ylaysiz?

Yu.J.: Man to‘g‘risi, o‘zbek bo‘lganimdan or qilaman. Bu xalq, hammasi demayman, yaxshi qismi bor, man yaxshi qismi uchun kurashganman va yaxshi qismini hurmat qilaman, man Vataniga, O‘zbekistonga dushman odamlar yo‘q deb o‘ylardim, o‘zimizning xalqimizning nonini eb, o‘sib, ulg‘ayib, o‘zimizning xalqqa tupirayotgan, pes-mohov deganlarining yonini olamanmi, Turkistonga qarshi bo‘lganlarning yonini olamanmi, hech qachon olmayman. Man o‘ylardimki, terrorchilar degan narsani, mana bu falon-falon degan narsalarni hukumat o‘ylab topgan deb o‘ylardim, yo‘q, o‘ylab topmagan. Man ko‘zim bilan ko‘rdim. Ularni qo‘lida bo‘lsa Amerikaniyam portlatadi, ular shundoq deydi, kerak bo‘lsa Nьyu-Yorkdan ham nishon qolmaydi, Parijdan ham nishon qolmaydi, hammasini yo‘qotamiz va yangidan quramiz, butun dunyoni undoq qilamiz, bundoq qilamiz. Islomiy nuqtai nazardan, Qur’on, Hadis nuqtai nazaridan ham man tushuntirdim ularga, ular Islomning “I” harfini bilmaydi. Hammasi payg‘ambarlikka da’vogar, osmondan kelib gapiradi, xuddi vahiy kelganday gapiradi. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, ming imkoniyatlarni aytdim… men bularni hammasini batafsil bir kun yozaman. Shunda ma’lum bo‘ladi, u erda… shuning uchun ham, men faqat xalqning yaxshi qismini, mehnatkash halol qismini, oq-qorani taniydigan qismini himoya qilaman bundan keyin. Kimiki, hammasini emas. U boshqasi o‘zi biladi, man O‘zbekistonga dushman bo‘lgan odamlarni hech qachon himoya qilmayman. O‘zbekistonda tug‘ilib, o‘zimizning… hali ham Muqannaning dushmani bor ekan, hali ham o‘zimizdan chiqqan turklarning dushmani bor ekan, ularni hech qachon himoya qilmayman. Mening dushmanim hisoblayman unaqa odamlarni. Bu mening o‘zimning fikrim.

Muxbir:Albatta, endi ko‘p narsani ko‘rdingizu…

Yu.J.: Aytib bersam siz dahshatga tushasiz. Ular… mana Yaponiyada zilzila bo‘lyaptimi, shundan xursand ular. E, shuncha odam qirilib ketsa, it ham xursand bo‘lmaydi-ku axir, musulmon odam Yaponiyadan qirg‘in bo‘lganidan xursand bo‘ladimi? O‘ylab ko‘ring axir. Bu qaysi aqlga to‘g‘ri keladi. Shuncha odam, 100 minglab xalq qirilib ketyapti, vayron bo‘lyapti, bular bayram qiladi. Nima uchun bayram qilyapsan? A, u g‘ayridin, i, g‘ayridinni nima, qora kunida xursand bo‘l degan gap bormi? Pokistonda suv toshqini bo‘lyapti, odamlar o‘lyapti, xursand bo‘lyapti bular, nima uchun xursand bo‘lyapsan, bu Islomga yodku, mana Qur’on, mana Hadis, mana bundoq deb ko‘rsatsam, san Amerikaning malayisan, yahudsan, u pokistonliklar parlament sistemasiga rozi bo‘lib o‘tiripti, shuning uchun Pokistonda ham qirg‘inbarot bo‘lib, hammasi qirilib ketsa ham biz rozimiz, degan odamlarni qanday qilib normal odam hisoblash mumkin?…

Muxbir:Yusuf aka, mana voqealarni aytyapsiz, Yaponiya deyapsiz, Poksiton deyapsiz, shu Jasliqda shu axborot olish erkinmi shunchalik? Ko‘p narsalardan xabardor bo‘lib o‘tirasilarmi o‘tta?

Yu.J.: Mutlaqo qiyin Jasliqda ma’lumot olish. Mutlaqo.

Muxbir:Mahbuslar qaerdan eshitishadi, misol uchun mana shu Yaponiyadagi bo‘layotgan voqealarni, Pokistonda bo‘layotgan voqealarni?

Yu.J.: Endi, bu eshitishlarni nima qiladilar… endi, oldin ko‘rsatardi, suv toshqinlarini… O‘zbekistonda nimani ko‘rsatadi, bilasizku, O‘zbekiston nima, jaholat o‘chog‘i u. U johil xalqqa loyiq jaholat o‘chog‘i u. U erda nima bor o‘zi, shuni bir yoritganmisilar Ozodlikda? Qarang, o‘zbekning kinolariga qarang, shunaqa jirkanch, maraz kinolar er yuzida yo‘q. Man O‘zbekistonning kinosini, O‘zbekistonning hozir televizorida berayotgan qo‘shiqlarini, O‘zbekistonning axborotini, bularning hammasini ommaviy qirg‘in quroli deyman. Xalqni o‘ldirish uchun, xalqning savodini… Bir narsani aytay sizga, Navoiyning qo‘shig‘i aytilsa Navoyiga kulib o‘tiradilar, bitta otarchi uni nima qilsa unga xursand bo‘lib o‘tiradilar. Navoiydan kuladigan xalq qanaqa bo‘lishi mumkin o‘ylab ko‘ring. Endi, u erda axborot olish imkoniyati nihoyatda kam, axborotni ko‘rsatsa suv toshqinini ko‘rsatadi-da O‘zbekiston axborotida, mana ko‘ringlar, har kuni Karimov, Karimov va yana Karimov va jahon xabarlarini bersa, suv toshqini, to‘fon ana shunaqa narsalarni beradi, zilzila shuni. Siyosatning “s” harfiyam yo‘q u erda. Faqat ana shu uchrashuv payti uydan kelganlar chala-yarim ma’lumot beradi, uydan kelganlaram bu xalqning bir vakili, johil xalq nima deyotganini bilmaydi, shulardan bitta-yarimta keladi, shuni muhokama qiladilar, shundan gap so‘z olinadi, boshqa hech qanaqa axborot olish yo‘li yo‘q.

Muxbir:Endi Yusuf aka, mashu hibsga olingan kuningizni yaxshi eslasangiz kerak, umuman o‘sha voqea qanday bo‘lgan edi, ya’ni albatta biz bu narsalarni yoritganmiz, ya’ni sizni hibsga olishmoqchi bo‘lishgan, siz qarshilik ko‘rsatgansiz degan ma’noda, axborot kelgan bizga, o‘sha kun qanday bo‘lgan, ya’ni eslaysizmi, aytib bera olasizmi shu kunni?

Yu.J.: Qaysi, qamalgan kunimni aytib beraymi yoki, sal naridan aytaymi?

Muxbir:Hibsga olishgan kuni, ya’ni siz, bundan oldin prezidentlik saylovi bo‘lgan, siz Karimovga norozilik bildirgansiz, ya’ni uchinchi marta saylanayotganligiga, moshinaga plakat bog‘lagansiz, demak shu plakat bilan aylangansiz, o‘zingiz yashagan xududni va keyin nima bo‘lgan, ya’ni keyin uyingizga kelishgan va xokazo, va xokazo ya’ni, ya’ni o‘sha kunni, qanday eslaysiz ya’ni? Shu voqea sodir bo‘lgan kunni…

Yu.J.: Voqea shunday bo‘lganki, voqea sal oldindan boshlandi, biz… mani o‘ldirish uchun SNBning bir malayi, bir o‘zimga yaqin insonning uyiga boradi, uyiga boradida, biz u payt nimani boshlaganmiz albatta. Man Karimov shu taxtga o‘tirganidan buyon unga qarshi kurashib kelganman. Bir kuni yo bir yil bo‘lsinki, undan nima qilgan paytim bo‘lmagan. Man doimiy unga qarshi kurashganman. 22 yil o‘tirgan bo‘lsa, bu diktatorga qarshi 22 yil kurashib kelaman bir minut ham to‘xtamaganman. Lekin saylovoldi masalasi, u bilardi man saylovni yo‘qqa chiqarolmasam ham, uni nima qilishimni bilardi, shuning uchun u mani saylov oldidan qamash yo‘llarini izlab boshladi. U eng chiroyli yo‘lini topmoqchi bo‘ldi va SNB bir malayini yuborib, men yaxshilik qilgan bir odamning uyiga borib, yo yusufni o‘ldirasan, yo bir narsa qilib, ishqilib yo‘q qilib berasan, san uni yo‘q qilsang, sanga hamma imkoniyatlar ochiladi, agar yo‘q qilmasang o‘zing yo‘q bo‘lasan bu SNBga Karimov topshiriq beradi deb, shuni aytishgan. U yigit, man qanday qilib o‘ldiraman, manga yaxshilik qilganu, bitta man emas, kim boshiga og‘ir ish tushsa, butun xalq, kim qiyin axhvolda qolsa hamma man Yusufga boraman deydi, boshqa birorta joydan najot yo‘q, Karimovga borsa ham najot yo‘q, hech kim qabul qilmaydi, hamma joyni ko‘rgandan keyin oxir xalq shunga keladi, man qanday qilib shunaqa odamni, tuhmat qilishim mumkin, desa baribir uni tinchitmaydi. Gapning xullasi, u yigit bor voqeani menga, juda qiyinchilik bilan, aytsang o‘ldiramiz deganiga qaramay aytib, yozib ham berdi. Man keyin AQSh elchixonasiga kelib bu haqda, qamalishimdan burun endi, bir oy, qirq kun burun bu voqea bo‘ldi va elchixona bundan xabardor, man o‘sha xatni berganman. O‘sha yigitning aytgan gapi, meni yaqinda yo‘q qilmoqchi bular, yo o‘ldirmoqchi, yo qamamoqchi, deb aytganman. Va men aytganmanki, to‘g‘ri Amerikaning katta-katta odamlari meni olib ketmoqchi bo‘lgan, boshingga shunday kunlar tushadi deb, lekin men ketmayman dedim. Men har qanaqa bo‘lsayam, bu saylovning nohaqligini isbot qilib bilaman, agar qamashsayam, man aytdim, o‘ldirolmaydilar, mani qamashlari aniq, lekin o‘ldirolmaydilar, chunki dunyoda Amerika bor, degan gapni aytib, AQSh elchixonasidan chiqib ketdim. Keyin bizlar piketni davom ettiraverdik. Keyin 10 dekabrь kuni men o‘g‘illarim bilan “Diktator Karimov, Ket!” degan shiorni mashinaga osib, butun nima bo‘yicha, oldin Qorako‘l, Olotti, keyin Jondor tomonlarga o‘tib, biz Toshkentgacha boramiz degan edik, nima bo‘lsa peshonamizdan ko‘rib, mana shu harakatni qilamiz degandik. Toshkent katta xalqaro yo‘liga chiqdik, shu bo‘ylab endi Qorako‘lga kelyapmiz, Qorako‘l tekstilь fabrikasi yonida bizlar tushib plakatni ko‘tardik, ana shunday tekstilь fabrikasi yonidagiday odam juda gavjum joylarda to‘xtab plakatni ko‘tarib turib, so‘ng yana yo‘lga tushib kelayotgan edik. Shu fabrikani oldiga keldik, bu erda yo‘l bo‘yicha katta maydon bor, o‘sha erda to‘xtab, o‘g‘lim Bobur bilan Karimov ket degan plakatni ko‘tardik, Qodiriy degan o‘g‘lim esa buni suratga oldi. Suratga olib ulgurmasidan o‘g‘illarimni orqasidan kelib tashlanishdi, ular videoga ham olib boshladi o‘sha paytda, videoga hammasi olindi… Ular o‘g‘illarimga tashlanib yopishgan payt, men ularga tashlandim va ular bizdagi narsalarni olib g‘oyib bo‘ldi.

Keyin telefonda bizlar ham bo‘layotgan voqeani videoga ola boshladik. Ular ham olyapti, biz ham. Hamma narsamizni olgach, ular yo‘lni narigi chetiga chekindi, biz esa mashinaga o‘tirib, yo‘limizda davom etmoqchi bo‘ldik, endi Qorako‘l kimyo tashkiloti bor, juda katta tashkilot, o‘sha tashkilot yoniga borib, o‘sha erda turdik. U erga borib turganimizdan keyin, izimizdan ular gala-gala bo‘lib yopirilib keldi. Undan avval bizlarga tashlanganda, Bobur bilan Qodiriy o‘g‘illarimni urib do‘pposlashdi, biz ularniyam videoga olgandik, ularam oldi. Hammasi borgan u yoqqa terrorga qarshisi ham, Toshkentdan ham, ikkita-ikkita mashinalarda ortimizdan kuzatib yurishgan, hamma narsalarimizni olib, bizga hech narsa qilmay ketimizdan kuzatib turishipti. Biz yana shior yozib, yo‘limizda yana davom qildik. Kimyo tashkilotining oldiga kelib, piketni boshladik yana. Endi yo‘l-yo‘lakay shunday qilib Jondorga o‘tmoqchimiz, keyin, u yog‘i Buxoro, u yog‘i esa Toshkent degan niyat bilan kelyapmiz endi. Endi ko‘rdimki vaziyat juda jiddiy, yomonlashib ketyapti, Bobur o‘g‘lim, “dada bularning niyati yomonga o‘xshaydi, tezroq ketaylik bu erdan dedi”, keyin biz qaradik. Haqiqatan ko‘payishyapti, darhol moshinga mindikda, bu erda qo‘limizdagi oxirgi telefonniyam tortib olishdi, Bobur o‘g‘limni yana urishdi, shunday bo‘lsayam o‘g‘lim chaqqonlik qildida, dada moshinga mining deb, biz u erdan ketdik. Ortimizdan quvlashni boshlashdi, Bobur pana joylar orqali Qorako‘lga haydadi. Ular ortimizdan tashlanishdi. Alqissa biz qochib-qochib yana qaytib uyimizga bordik. Boshqa yo‘llar bilan, cho‘l erlar bilan sekin-sekin bordik, ular bu yoqlarni hammayoqni o‘rab olib, bu Qorako‘l shahrining ichida boshqa joylarda hamma joyda tintuv o‘tkazgan, biz cho‘l joylar bilan uyimizga bordik, endi nima qilsa kerak, biz qaytib keldik, deb o‘yladikda, endi borib o‘tirib, hali biz ovqatlanmaganmiz kun bo‘yi, soat to‘rt-besh bo‘lyapti, shu payt VVSdanam telefon qildimi deyman, VVSdan bo‘lishi kerak, ular bilanam gaplashdik, endi biz nima qilgan payt, qishloqqa bostirib kelib, hamma joylarni o‘rayapti degan gap eshitdik, butun Qarako‘lga, butun Buxoroga hamma joyga qo‘shin tashlagan, hozir mingdan ortig‘i qishloqni o‘rab olgan, u-bu degan gaplarni eshitdik, lekin baribir uyda o‘tiraverdik biz.

Endi, kech soat nechchi, besh-oltilar bor edi a? (kimdandir aniqlashtiradi), soat besh-oltilar edi man uyda o‘tirib, o‘g‘illarim boshqa uyda edi, man bu uyda o‘tirvolib, Ozodlikning, ha esimda, Ozodlikning oltidagi eshittirishini eshitaman deb, endi televizorni qo‘yib Ozodlikni eshitaman deb turgan paytim, butun xalqning baqirgan sasi eshitildi, “Bobur qoch” degan gapi eshitildi. Man derazadan shundoq ko‘tarilib qarasam, butun xalq kelyapti, o‘sha qishlog‘imiz xalqiga rahmat, o‘sha xalq baqirib kelyapti, “Bobur qochinglar, Bobur qochinglar, o‘ldiradilar”, deb. Keyin eshikka chiqib qarasam, bizning uyning kun chiqar tarafida cheksiz moshinlar, avtomatlilar, butun bir qo‘shin kelyaptida, bir odamga qarshi, o‘q uzib kelyapti. U uydan xotinim qochib chiqdi o‘g‘ilcham bilan oyoq yalang, man bu yondan qochib chiqdim oyoq yalang, bir, o‘sha fermer xo‘jaligiga dori soladigan idishimiz bor edi, o‘shani orqasiga o‘tib, yashirinib o‘tirdik bizlar, qani nima bo‘lyapti…

Birvaqti o‘q otib butun bizning, o‘sha biz fermerlik qiladigan erlarda, qishloq hamma joylarida itlarimizi otib, dahshatli avtomat, uylarimiza kirib o‘q otyapti, hamma joydi o‘q bosdi, ikki o‘g‘lim, polni tagiga yashiringan endi, Bobur bilan Qodiriy, podvaliga yashiringan bular, endi uylarga kirib o‘q otyaptilar, bular derazadan qochib chiqqan, xotinim aytdi, “o‘g‘illarimni bu xalqim deb qurbon qildik, bu yog‘i nima bo‘ladi”, deb, biz endi oyoq yalang o‘tiribmiz, bir ariq bor edi, ariqni ichiga urdik o‘zimizni, lekin gap-so‘zlarni eshitib turibmiz, u qolib, butun katta odamlar, Toshkentdan borgan odamlar, Karimovning shaxsan buyrug‘i bilan boryapti, hammasining gapini eshitib turibmiz, uyga kelib, hali mana ovqatiniyam endi egan ekan, ovqatiniyam, mana dasturxoni qolgan, hamma narsasi turipti, shu yaqin o‘rtada bo‘lishi kerak, oting hamma joyni, ariqlar bormi, boshqa joy bormi, hamma joyga o‘q oting dedi. Yuzlab, minglab odamlar baravar o‘q otyapti avtomatlardan, biz ariqdan keyin, ungacha ancha nima bo‘lib qolgandi, panalab, qorong‘i tushgan tomondan o‘zimizni urib, dalaga chiqib qochib ketdik, bular uylarda patirlatib o‘q otyapti. Man o‘tiradigan uyning, o‘zimni ishlarimni qiladigan xonamga kirib, kitoblar terilgan shkaflarning orqalariga, butun uyning hamma joylariga o‘qlar otilyapti, tinimsiz o‘q otyaptilar. Hamma niqoblangan va o‘sha bashang kiyimdagi nimalar, katta-katta prokurori bor, boshqasi bor, hammalari o‘tiripti, ularniyam ko‘rib turibmiz, shu bilan biz dalaga chiqib qochib ketdik. Yashirinib, nima qildik, lekin xalqqa rahmat, qaerga borsak bizlarni nima qildi, butun Qorako‘lni xalqiga rahmat, o‘sha bizni doim… ko‘rganlariyam sotgani yo‘q, bizni hech kim nima qilgani yo‘q, shu bilan biz, bir erga borib yashirindik, uydan-uyga o‘tdik, odamlarni uyida bo‘ldik, keyin eshitishimga qaraganda, uch mingdan ortiq qo‘shin tashlagan, birovlar Mahmud Xudoyberdiev qo‘shini deydi, butun nima bilan o‘ralgan hamma… basharalari…

Muxbir:Xullas, bir boevik, AQShning jangari filьmlarniga o‘xshaydi, a oxiri qanday tutishdi sizlarni?

Yu.J.: Endi butun nima, oldin, butun nima, rayon emas, keyin butun viloyat qilib tashladi, Andijon voqeasiga o‘xshagan, bir katta qo‘shin kelyaptida endi, tasavvur eting, o‘zi bitta oila, undayam o‘sha o‘g‘lim Alisher yo‘q, u boshqa joyda, Toshkentda edi, o‘sha elchixonada, u ikkita-uchta o‘g‘limu ayolim, shu bizlarga qarshi buutun bir qo‘shin kelyapti. Endi biz Toshkentga keyin, bir yashirin yo‘l bilan keldik, afsuski u erda, yashirinib, bir yo‘lar bilan keldik, haqiqattan o‘zimiz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik, pana-panadan keldik, panadan o‘tamiz piyodalab, Buxoro-G‘ijduvon postidanam shunaqa o‘tib keldikda, keyin chiqib ketdik Buxorodan, Toshkentga keldik, va nihoyat bir, nimaning uyiga joylashdik, bir sotqinning, u sotqinni judayam uzoq emas, o‘zimizning yaqinlardan bittasi melisalar olib borib, shu joyni aniqlashgan, o‘g‘limga telefon qilishgan, u yaqinimiz, o‘zimizni odam deb aytyapti, man aytdim, aytdimku nuqul sotqinlik ko‘rdim, faqat sotqinlik, sotqinlik, sotqinlik…

Muxbir:Mayli u kishining kimligini so‘ramaylik, qarindoshingiz edimi u?

Yu.J.: U juda yaqin qarindoshim, afsuski, qarindoshim, qarindosh… mani o‘zimni nima emas, singlim tegib tushgan bir iflos. Sotqin, o‘sha, kuyovim sotyapti. Qizimni nimasi emas, singlimning turmush o‘rtog‘i…

Endi… Yusuf aka, biz eshitganimiz, go‘yo sizni hibsga olishmoqchi bo‘lgan paytda siz, moshinada boshganmisiz, bir qarshilik qilganmisiz, shu, shular haqida aytishdi, ya’ni ikki kishini moshinada, ikkita militsiya xodimini moshinada bostingizmi, deb eshitgandik, shu narsa rostmi?

Yu.J.: U shundoq bo‘lganki, bizam videoga, e nimaga, teleffonga olganmiz, hamma voqeani, keyin qo‘limizdan tortib olishdi uni, va ularam videoga olib turishgan. Va shuni talab qildik biz suddayam shu narsani nima qildilar, xo‘p shu videoni ko‘rsat, mard bo‘lsang san, erkak bo‘lsang, qamasang endi tuhmat qilib qamading, shunaqa qilyapsan, erkakka o‘xshab gaplashaylik, o‘sha prezidentingdan boshlab birorta erkaging bormi, mard olishaylik qani… rasvo qilib tashlaganman. U nima qilgan odamni hech baloyam bo‘lmagan, hech narsa bo‘lmadi mutlaqo.

Biron bir nima bo‘lmadi, aksincha ular ikki o‘g‘limni urdi, o‘ylab ko‘ring, qanaqa yuzlab odamlarga qarshi ikkita odam nima qilishi mumkin. Bu mutlaqqo mumkin emas. Hamma narsamizni talab, oxirgi tangamizgacha olib, telefonlarni oldi. Bo‘lmasa bizning o‘zimizning qo‘limizda bor edi, o‘sha bo‘lgan voqealar. Hozir ham qaerdadir bo‘lsa kerak, hukumatda turipti u. A keyin televizorda ko‘rsatganda bir melisaning qizil moshinda, maning moshinimga o‘xshaydigan moshinni olib o‘sha melisa haydab shuni birdan mana shundoq bo‘ldi deb televizorda ko‘rsatganlar. Qaysi masalan, maning farzandim yo man odamlar ustiga moshin haydaymizmi, aql bovar qiladimi, hech qanaqa bo‘lmagan, va o‘sha nimada isbotam bo‘ldi bu, o‘sha tuhmat qilgan militsiyalar hech qachon, kasalxonada bir sekund ham yotmagan, o‘sha militsiyalar o‘sha nimada bo‘lmaganam hatto, tasavvvur eting siz. O‘sha biz bilan bo‘lgan joyda u militsiyalar yo‘q edi, masalan o‘sha Qorako‘l shahar uchastka inspektori, shahar inspektori, u bir yigitni o‘ldirgan va u to‘g‘risida man nima qilganman, Internetda maqqolalar e’lon qilingan. O‘sha uchastka inspektori, o‘sha erda yo‘q ham bo‘lgan hatto. Bittasi shu, yana bittasi zam… zaministr bor edi, zam e… zam nachchalьnik degan o‘sha Qorako‘l tumaniniki, u bor edi, tuhmat qilganlarning bittasi, u ikkinchisi umuman yo‘q edi u erda. Yo‘q odam tuhmat qilyapti, u boriyam o‘sha nimada bo‘lmagan, bir fohishaning uyida bo‘lgan ekan, hatto o‘sha foxishayam uning yoqasidan olib, mani uyimda eding o‘sha kuni degan, o‘shaniyam aniqlab hammasini hujjatlashtirganmiz o‘sha kuni. Hammasini berganmiz biz.

Lekin afsus… manga buni o‘sha uchrashshgan payti, Buxoroning nimalariyam aytdi, Buxoro turmasining rahbarlari, Otbozor turmasining, aytdiki hammasi, o‘sha payti Samad Shukurov zam nachalьnik bor edi Sadr degan va bosh oper, uchchalasiyam aytdi, san shaxsan Karimovning nimasi bilan bo‘lyapti bu ish, bu erda sani o‘ldiramiz, faqat birdaniga emas, qiynab, qiynab o‘ldiramiz, nihoyatda azoblab, agar sani birdaniga o‘ldirsak san uchun bayram bo‘ladi. O‘sha mani nima qilgan prokuraturaning tergvochisi Akbar Oripov aytyaptiki, saning yozganlaring, dedi, u ochiq aytdi, Yusuf aka, dedi, biz sizni nima qilamiz, bilasiz dedi, u sizning yozganlaringiz, dedi bu qari ko‘ppak dedi, bir oyog‘i go‘rda bo‘lgan Islom Karimovning oldida to‘xtatdi, hamma yozganlaringiz dedi. U dedi buyruq beryapti, bilaman dedi, hammasi yolg‘onligini dedi, bilamiz, hamma bilib o‘tiripti, o‘ziyam bilib o‘tiripti, lekin Karimov nima qilgan bo‘lsa dedi, buyruq bergan bo‘lsa, uni yozgan, kecha saylov haqidagi, sakylov oldidan yozgan, o‘sha maqolangizgacha hamma yozgalaringiz, she’rlaringizgacha uning stolida turipti va o‘zi nazorat qilib turipti, man noto‘g‘riligini bilsam ham, hammasini, sizning haqligingizni bilsamam hech narsa qilolmayman, chunki man buyruqni bajaraman, yaqinda o‘zi diplom oldim, qanday qilib unga qarshi, prezidentga qarshi chiqaman, mani o‘ldiradilar deb ochiq aytdi u….

Muxbir:Tushunarli, Yusuf aka, endi… orqaga yo‘l yo‘qqa o‘xshaydi a? O‘zbekistonga qaytasizmi yo‘qmi?

Yu.J.: Bu mani butun, O‘zbekiston fuqaroligidan chiqardi bu, hech kimga ko‘rmagan chorasi. Menga pasport bergan, mana menga beryapti pasport, oltinchi nimada olinayayapti pasport, 6-mayda olinayapti 21-maygacha bergan, mana pasport yonimizda turipti, o‘n besh kunlik pasport bergan, qarang tasavvur etasizmi endi buni? A qizimga bergan…

Muxbir:Qanday qilib sizni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqaradi, o‘zingiz yozishingiz kerakku arizani, ya’ni, qonun nuqtai nazaridan?

Yu.J.: 14-mayda qqizim bilan nevaramga bergan, o‘sha qizi bilan nevarasi qolsayam buni chaqirvolishi mumkin degan ma’noda, hamma yo‘lni yopib tashlaganda, qizim bilan nevaramga, pasport beryapti, ularga bergan payportam, 14-mayda beryapti 21- maygacha, bir haftalik pasport bergan. Bu ana shunaqa yo‘in qilib chiqarvordi…

Muxbir:Endi, Yusuf aka ana shu, O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi oldidan ba’zi shu muxolifatchilar, jurnalistlar chiqariladi degan shov-shuvlar shunga o‘xshagan gaplar yuriptida, endi shu narsani tasdqilay olasizmi, shunaqa bir tendentsiya bormi, shu chiqib ketishlari haqida?

Yu.J.: Endi, mening tahminim bo‘yicha, masalan Mamadali Mahmudov chiqmaydi, man yaxshi bilaman, Mamadali akani chiqarmaydi, Murod Jo‘raev chiqmaydi, agar besh yuzta yigirmatalik bo‘lsayam ikkalovlarini chiqarmsaydi. U kimlardi, uncha-muncha odamlarni chiqarishi mumkin, maydasini. Masalan Mamadali aka chiqmasligiga man 100 foyiz ishonaman. Chiqarmaydi uni. Mani o‘zimniyam chiqarmoqchi emasdi, va nihoyat Amerikaning, nihoyatda qattiq talabi bilan bo‘lyapti bu, bo‘lmasa hech qachon mani chiqarmasdi bu.

Muxbir:Tushunarli. Yusuf aka ijod masalasini bir ko‘tardiz, qamoqda qanaqa ijod qildiz? Erkin ijod qilishga imkoniyat bormi? Shoir o‘laroq aytishadiku endi, albatta yaxshimas, lekin shoirni shoir qiladigan qamoq deyishadi degan bir gapni eshitganidim, umuman, nima, ijod sohasida nimalar o‘zgardi?

Yu.J.: Endi man, aytsam ham tasavvur etolmaysiz masalan, mana bu Otbozorda, xo‘sh, nima turmasida boshlangan o‘zi, mani birinchi shahar, Toshkent GUVDsiga olib borgan, keyin GUVDsining podvaliga, kanalar ichiga tashlagan, keyin, Toshturmaga olib keldi, keyin Otbozorga olib kelyapti, meni u erda yozganlarimni hammasini Toshkentda qo‘limdan olitb qoldilar, Buxoroda Otbozorda yozganlarimning hammasini yo‘qotdilar, faqatgina ayrim qismlarigina qoldi. Endi Jasliq degan joyda qalam bilan ruchka berilmaydi, tasavvur etasizmi? Mutlaqo berilmaydi. Man hatto Nukus turmasiga borganda, ikki daftar she’r yozib keldim, ikki daftar she’rimniyam ular bermadi. Ular hatto chiqargan kuniyam buni qattiq talab qildim, buning oqibati yomon bo‘ladi, man baribir chiqib ham bo‘lsa buni talab qilaman sizlardan, juda qimmatga tushasizlar desam ham baribir bermadi ular. O‘sha Nukusda yopib kelganimniyam. Keyingi Nukusga borganimda, man borganimdan keyin Nukusdayam qog‘oz-ruchkani ta’qiqladi. Jasliqda qalam, qog‘oz hech kimga berilmaydi, tasavvur qiling. Xat yozsangiz ham, bir erda o‘tirtirib, bir varoq berdiradi, yozdiradi va shu bilan keyin qog‘ozniyam, ruchkaniyam yig‘ib oladi, mana shunaqa ahvol u erda. Man endi, faqat nima qiladigan yo‘li, endi man to‘g‘risi juda ko‘p narsalar yozaman, ko‘chada yurganda, o‘nlab she’r yozgan paytlarimam bo‘ladi, tinimsiz mani nimam aylanib turadida shu, lekin u erda juda qilandim, mani eng qiynagan narsalardan biri shu qog‘oz bilan ruchkani bermasligi bo‘ldi.

Muxbir:Endi hamma narsani xotirada saqlash qiyin bo‘lsa kerak, imkonsiz bo‘lsayam kerak…

Yu.J.: E… endi o‘ylab ko‘ring, mening boshimga necha minglab dubinkalar yog‘ildi? Boshimga ham dubinka bilan urdilar. Boshlarim ishib yorilib ketti necha marta. Unaqa payti xotira qanaqa bo‘lishini o‘ylab ko‘ravering. Man juda ko‘p narsalarni nima qilardim, lekin, baribir esimdan chiqib ketaverardi. Xotiram juda yomonlashib qoldi. Shunday bo‘lsayam ayrim narsalar baribir xotiramda bor, agar kerak bo‘lsa o‘qib ham beraman, ayrimlarini?

Muxbir:Mana shu suhbatimiz, ilk suhbatimiz, ya’ni siz qamoqdan ozod bo‘lganingizdan so‘nggi ilk suhbatimizi, mashu she’r bilan tugatsak, deb aytuvdim, ya’ni bundan keyinam, albatta siz bilan suhbatlashamiz, bugungi suhbatimizga qanday yakun yasagan bo‘lardingiz, she’riy tarzda?

Yu.J.: Xundagi otash edim,

Xundan chiqardi zindon.

Indagi yo‘lbars edim,

Indan chiqardi zindlon.

Sindirdim dema zinhor,

Boshingda qasosim bor.

Qindagi qilich edim,

Qindan chiqardi zindon.

 

Podshomiz porani yaxshi ko‘radi,

El rizqin cho‘ntakka urib yuradi,

Ko‘zi och, hattoki so‘rg‘ich ko‘rsatsang,

So‘rdir deb, og‘zini ochib turadi.

 

Nega qamalding derlar, gurlaganmushman, yo rab

O‘t bo‘lib Oq saroyga o‘rlaganmushman, yo rab,

Quturgan podshomizning quturgan qizlarini,

Quturgan tushlarida zo‘rlaganmushman, yo rab.

 

Shoxim sinang Yusufni, qishloqning bolasini,

Ko‘ring Qorako‘limning qadimiy qal’asini,

Mehmonga qo‘y kallasin edirmoq bizda odat,

Men sizga ediraman, otimning kallasini.

 

Shirk deysan butparast sig‘insa butga,

Shirk deysan, o‘tparast sig‘insa o‘tga,

Xalqim o‘zing kimsan, sig‘inmoqdasan,

Yurt taxdida turgan, quturgan itga.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24183963.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: