Bosh vazir hisobot berishi O‘zbekiston demokratlashayotganini anglatadimi? – bbc uzbek


30 may 2011

Shavkat Mirziyoev 2003 yildan buyon O‘zbekiston Bosh vaziri

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi vakillari oldida hisobot beradi.

Parlamentning qaysi majlisida Bosh vazir Shavkat Mirziyoev hisoboti tinglanishi ma’lum qilinmagan.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston bosh vaziri jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish yo‘lida qanday ishlar bajarilayapti, O‘zbekistonda 2011-yil e’lon qilingan “Kichik va o‘rta tadbirkorlik yili” dasturi doirasida nimalar qilingani haqida hisobot berishi kerak.

O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovdan Qonunchilik palatasi deputatlari davlat byudjeti haqida, Bosh vazir o‘rinbosari Abdulla Oripovdan O‘zbekistondagi tibbiyot tizimining bugungi ahvoli haqida eshitmoqchilar.

Bundan oldin O‘zbekiston parlamentiga bosh vazirga ishonchsizlik bildirish vakolatini beruvchi qonun qabul qilingan, ushbu o‘zgarishlar Prezident Karimovning o‘tgan yil noyabridagi ma’ruzasidan keyin jamiyatda partiyalar rolini oshirish maqsadidagi amallar ekani aytilgan.

O‘zbekiston bosh vaziridan o‘z faoliyati haqida hisobot berish tartibi joriy etilayotgani haqidagi xabar xorijdagi O‘zbek muxolifati Arab dunyosidagi o‘zgarishlardan ruhlanib, O‘zbekistonda hukumatni tinch yo‘l bilan almashtirish maqsadidagi choralarga qo‘l urganlarini e’lon qilishlari ortidan yuz bermoqda.

Xo‘sh, O‘zbekistonda nega bugunga kelib hukumatdan hisobot talab qilinayapti? Ushbu savolni biz o‘zbekistonlik siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovga berdik.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110530_int_kamoliddin_rabbimov.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: