Birlik rejalagan tadbirni o‘tkaza olmadi – ozodlik.org


Birlik Xalq harakatiga 1989 yilda bir guruh o‘zbek zililar asos solgan edi.

30.05.2011

Barno Anvar

Birlik Xalq harakati partiyasining 22 yilligi munosabati bilan 28 may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirga ruxsat berilmadi.

Bundan tashqari, shu kuni partiya faollarining ayrimlari uyidan chiqarilmadi, ayrimlari esa qisqa muddatga hibsga olindi.

Bundan 22 yil muqaddam Birlik xalq harakati partiyasiga asos solgan faollardan biri Hayitboy Abdullaevning Ozodlikka aytishicha, 28 may kuni partiya a’zolari bir necha tadbir, jumladan, Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish va Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasi yonida O‘sh voqealari yuzasidan adolatli tekshiruvni talab qilib, piket o‘tkazishni rejalagan edi.

Tadbirni o‘tkazishga ruxsat berilishini so‘rab, Toshkent shahar hokimiyatiga qilgan murojaatlari javobsiz qolganini aytadi Hayitboy Abdullaev Ozodlik bilan suhbatda.

– Amir Temur haykaliga gulchambar qo‘ymoqchi edik. Toshkent vaqti bilan shanba kuni soat 15gacha javob bo‘lmadi hokimiyatdan. Odamlar qisman yig‘ilgan edi. Keyin qarasak bo‘lmaydigan. Men ruxsat berilmagani uchun odamlarni to‘xtatdim. “Sabr qilish kerak. Hokimiyat ruxsat bergandan keyin chiqamiz” deb nima qildim. Odamlarimizni tag‘in nimaga uchratmaslik uchun shunaqa qilib to‘xtatdik.

Ozodlik: Bizgacha kelgan xabarlarga ko‘ra, 28 may kuni ba’zi xodimlar qisqa muddatga hibs qilinibdi. Ba’zilari uyidan chiqarilmasdan ushlab turilibdi. Shular haqida kengroq ma’lumot bera olasizmi?

– Shunaqa narsalar bo‘ldi. Aytayapmanku ushlab qolishgan  har xil bahonalar bilan yoki uyidan chiqarishmagan. Birovni bahona bilan sudga olib ketishgan, militsiyaga olib ketishgan. Soat 12.30-13.00larda kelib Abdurahmonni qanaqadir guvohsan deb olib ketib qolishgan. Soat beshlardami qo‘yib yuborishgan. Qonun yuzasidan borib davlat talab qilgan ishlarni bajarib kelgan Abdurahmon.

Ozodlik: Bir tarafdan rasman javob berilmagan, bir tarafdan faollarning ko‘chaga chiqishiga imkon berilmagan.

– Shunaqa. O‘zbekistonda ahvol endi ozgina murakkabroq.

Ozodlik: Hayitboy aka, siz Birlik harakati ta’sis etilganidan buyon borsiz. 28 may kuni roppa rosa 22 yil to‘ldi. Shu paytgacha Birlikdan boshqa biror muxolif harakati yoki boshqa bir harakatlarga a’zo bo‘lgan faollar O‘zbekistonda deyarli qolmadi. Birlik 22 yildan beri bor ekan mana Markaziy kengash yig‘ilish o‘tkazdi. Shunga so‘ramoqchi edim, qanday qilib ishlayapsizlar O‘zbekistonda?

– Singlim men yana tushuntirayapman, biz sabr qilib chidab turibmiz. Sabr jasorat degani. Bu juda katta jasorat sabr.

Ozodlik: Sabr qilganda bosimlarga sabr qilayapmiz demoqchimisiz yoki sabr bilan o‘zgarishlarni kutayapmiz demoqchimisiz?

– O‘zgarishlarni kutayapmiz. Chunki bugun hokimiyatda ham juda axmoq odamlar emas. Hammasi aqlli odamlar. O‘zining bola-chaqasining tinchini ular ham o‘ylashi kerak. Bu qarama qarshilik kuchayib ketaversa, sabr kosasi to‘ladiku.

Ozodlik: Siz o‘zingiz qanday ishlayapsiz? Sizning o‘zingizga bosim yo‘qmi?

– Bo‘lib turibdi tazyiqlar, boshqalar. Andijon voqealari nimasida olib ketib qolishdi. Birlik partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida Adliya vazirligining oldida yig‘ilmoqchi bo‘lganimizda, shart ushlab olib ketishdi. Juda oson bo‘layotgani yo‘q. Qaysidir darajada odamlar ham o‘rganib qoldi bunaqa tazyiqlarga.

Ozodlik: Sizning kasbingiz shifokor-a?

– Ha.

Ozodlik: Hozir nima ish qilayapsiz? Tirikchilik qanday bo‘layapti bunday bosimlar, tazyiqlar ostida?

– Men ishlab turibman.

Ozodlik: Shahardagi shifoxonlardan biridami?

– Shahrimdagi shifoxonalardan birida, respublika miqyosidagi shifoxonada ishlayotirman.

Ozodlik: Muttasil ta’qib, tazyiqlarga qaramay ish bor.

– Ishimizga juda tegayotgani yo‘q. Bularga ham kerakku bizlarga o‘xshagan odamlar, deydi Birlik xalq harakati partiyasining Toshkent shahar kengashi raisi bo‘lgan 65 yoshli shifokor Hayitboy Abdullaev.

Bundan 22 yil muqaddam Birlik xalq harakati partiyasiga asos solgan faollardan biri, hozir partiyaning Toshkent shahar kengashi raisi bo‘lgan 65 yoshli shifokor Hayitboy Abdullaev Ozodlik bilan suhbat yakunida partiya faollari 28 may kuni Toshkentda ruxsat berilmagan tadbirni keyinchalik bo‘lsa ham albatta, o‘tkazish niyatida ekani va buning uchun shahar hokimiyatidan qonuniy ruxsat olishga urinishda davom etishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24209977.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: