O‘XH NIZOMI


O‘zbekiston  Xalq Harakatining asosiy maqsadi – bu O‘zbekiston Jumhuriyatida erkin va ochiq fuqaroviy huquqiy jamiyat  barpo etilishi uchun kurashishdir. Bu kurash yo‘lida Harakat o‘zini barcha a’zolarining intellektual kuchu-qudratlari, zakovatlari, bilimlarini mamlakat fuqarolarining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy haq va huquqlarini to‘liq ta’minlanishiga zamin yaratish uchun safarbar qiladi;

Bu yo‘lda to‘la to‘kis g‘alabaga erishish uchun Harakat o‘z a’zolarining faoliyatini bir nuqtaga qaratilgan kuchlarning mujassamlashtirish kabi usullarni qo‘llaydi va ular yordamida fuqarolik jamiyati uchun zarur bo‘lgan barcha qonunlar majmuasini yaratilishiga asosiy e’tiborini qaratadi;

Qabul qilingan barcha qonunlarning bajarilishi, fuqarolarning barcha huquqlarini to‘la to‘kis ta’minlanishi uchun jamiyatda zarur bo‘lgan fuqarolar nazoratini o‘rnatilishiga erishishni o‘zining oliy maqsadlaridan biri deb hisoblaydi;

Davlat hokimiyati barcha tizimlarining qonunlarga so‘zsiz amal qilishlarini ta’minlash uchun barcha zaruriy choralarni ko‘radi;

Jamiyatda va hokimiyatda  so‘z va ish birligini davlatning tamal toshlaridan biriga aylantirilishi yo‘lida sobitqadamlik ila kurash olib boradi.

HARAKATGA A’ZOLIK

2. Harakatning Dastur va Nizomini e’tirof etgan, ularga rioya qilish majburiyatini olgan har qanday jamoat tashkiloti, nodavlat va notijorat tashkilotlar yoki mustaqil shaxs (irqi, millati, dini va jinsidan qat’iy nazar) Harakatga ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘lishlari va a’zolikdan chiqishlari mumkin.

3. Harakatning barcha a’zolari Harakat faoliyati va siyosatiga ta’lluqli masalalarni muhokama qilish, qarorlar ishlab chiqarishda qatnashish, takliflar kiritish, saylash, saylanish va nomzod ko‘rsatish (Harakatning O‘zbekiston davlati qonunlari doirasida ishlashiga qaramasdan uning a’zolar hayotiga xavf xatar soladigan og‘ir norasmiy holatda ishlashga majbur bo‘lgan vaziyatlar bundan istisno) siyosiy va ijtimoiy tadbirlarni tayyorlash va ularda qatnashish, Harakatning bosma va elektron nashrlarida ishtirok etish, Harakatning yuridik va moliyaviy yordami hamda xizmatidan foydalanish huquqiga egadirlar.

4. Harakatning har bir a’zosi Harakatning jamiyatdagi obro‘siga, uning ijobiy imidjini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shmog‘i, uning siyosatini amalga oshirmog‘i, uning dasturi, g‘oya va maqsadlarini tashviq etmog‘i lozim.

5. Harakat safiga tashkilotlarni qabul qilish Harakatning rahbar organi (ya’ni Muassislar Majlisi) tarafidan ko‘rib chiqiladi. Harakat safiga qabul qilish haqidagi qaror jamoat tashkiloti yoki siyosiy partiya bosh rahbarining arizasi asosida, Muassislar Majlisida  oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Mustaqil shaxslarni qabul qilish esa, Harakat ikki a’zosining tavsiyasiga binoan Harakatning joylardagi bo‘limlarida amalga oshiriladi.

5.1. Harakat safiga kirishni istagan shaxslarning Arizalarini ko‘rish va ularni Harakat safiga qabul qilish ishlari Harakatning joylardagi hududiy tashkilotlari rahbarlari tomonidan olib boriladi. Qabul qilingan yangi ya’zolarning umumiy ro‘yxatlari Harakatning har oy yoki kvartalda o‘tkaziladigan  Mahalliy Majlisda oddiy ko‘pchilik ovoz bilan tasdiqlanadi. Harakatni tark etishni istagan a’zolar bu haqda qisqacha Ariza yozib uni Harakatning hududiy rahbariga topshiradilar va shu daqiqadan boshlab ular Harakat safidan chiqqan deb hisoblanadilar.

6. Harakatning jamiyatdagi obro‘siga putur etkazgan, Nizomiga zid harakatlarni amalga oshirgan a’zo (tashkilot yoki shaxs) Harakat safidan o‘chiriladi. Bu haqda Muassislar Majlisi yig‘ilishida oddiy ko‘pchilik ovoz asosida qaror qabul qilinadi. Bunday ishlarni sodir etgan Harakatning mustaqil a’zolari esa ularni Harakatga qabul qilgan Harakatning Mahalliy Majlislar tomonidan a’zolikdan o‘chiriladi.

7.Harakat safiga qabul qilish tartibi va a’zolar ro‘yxati (hamda ushbu ruyxatning maxfiyligi)  Muassislar va Mahalliy Majlislar tarafidan yuritiladi va ta’minlanadi.

8. O‘zbekiston  Xalq Harakati (O‘XH) har 1  yilda Qurultoy o‘tkazib, rahbar organlarini qayta saylaydi. Zaruriy hollarda Muassislar majlisi navbatdan tashqari qurultoy chaqirishi mumkin.

HARAKAT TUZILISHINING TASHKILIY PRINTSIPLARI

9. Harakat o‘z faoliyatini g‘oyaviy jihatdan fikrlar xilma-xilligining dastur birligi, tashkiliy jihatdan esa yakka holda hamda birgalikda o‘z-o‘zini idora qilishdan iborat umumiy printsiplarga asoslangan holda olib boradi. O‘z faoliyatida fikr-mulohazalar erkinligini ta’minlaydi, oshkoralik va samimiylikka amal qiladi. Harakat faoliyati asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida, zaruratdan kelib chiqib, uning tashqarisida ham olib boriladi.

10. Harakatning barcha mahalliy bo‘limlari va rahbar organlarining ish uslublari o‘zaro maslahatlashish, erkin fikr bayon qilish, qarorlarni ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilish qoidalariga asoslanadi. Qabul qilinadigan har bir echim yoki qaror loyihani shakllantirish bosqichidan tortib, to tasdiqlashgacha erkin muhokama va oshkoralik asosida qabul qilinadi.

11. Harakatning barcha rahbar organlari saylov natijasida shakllanadi. Harakat rahbariyatiga saylov sistemasini ishlab chiqishda, uni amalga oshirishda va o‘zgartirishlar kiritishda Harakatning barcha a’zo tashkilotlari va tashabbus guruhlari vakillari  faol qatnashishi ta’minlanadi.

12. Harakat rahbar organlarining asosiy vazifasi ular rahbarlik qiladigan xarakat a’zolarining talablari, ehtiyojlari, fikrlarini mujassamlashtirish, mujassamlangan shakldagi mulohazalarni qaror yoki echimga aylantirish hamda ularning ijrosini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Harakatning hamma qarorlari ovozlar sonining oddiy ko‘chiligi bilan kabul kilinadi. Qabul qilingan qarorlarni Harakatning barcha tashkilotlari va a’zolari bajarishga mas’uldirlar.

HARAKATNING TASHKILIY QURILISHI

13. Harakat a’zolari – siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlar hamda harakatga qo‘shilish istagini bildirgan va uning dasturini e’tirof etgan yakka  fuqarolar Harakatning negizidir.

Shuningdek, mustaqil a’zolar soni  50 kishilik guruhdan oshsa, ular   o‘z  shahar va viloyatlaridan qurultoyga o‘z vakillarini yuborishi mumkin.

Bundan tashqari ushbu tashkilotga a’zo bo‘lmagan, ammo uning harakatini qo‘llab quvvatlashga tayyor va Harakatning Nizom va Dastur vazifalariga hamohang fikrlaydigan  mustakil shaxslar Xarakatning joylardagi suyanchiqlari bo‘lishi mumkin.

Ushbu guruhlarning hisob-kitobini olib borish, hamda ularning harakatiga ko‘mak berish (kerak bo‘lsa – maxfiy tarzda) Harakatning Markaziy Kotibiyatiga yuklanadi.  O‘zlarining tashkiliy tuzulmalarini ushbu guruhlar amaliy vaziyatga qarab Harakatning Dastur va Nizomiga zid kelmagan holda mustaqil tarzda tuzadilar.

14. Harakatning Mahalliy Majlislari o‘zining mavqei va mahalliy sharoitidan kelib chiqib, Harakat Dasturi va Nizomiga asoslanib, o‘z faoliyatlarini mustaqil tarzda olib boradilar.

Harakatning oliy Boshqaruv organi – Muassislar Majlisi, Markaziy Kotibiyat va  Taftish Komissiyasidir.  Bu qoida Mahalliy bo‘limlarning turli tuman faoliyatlariga (tashkiliy, moliyaviy masalalar, saylovlar va hokazo) bog‘liqdir.

15. Harakatning Markaziy Kotibiyati a’zolari, negiz tashkilotlari (mahalliy bo‘limlar) hamda Harakatning joylarda barcha hamfikr guruxlarning hisobini olib boradi.

HARAKATNING RAHBAR ORGANLARI

16. Harakatning oliy rahbar organi — Kurultoydir. Uni chaqirish muddati va o‘tkazish joyi Muassislar Majlisining qarori bilan belgilanadi.Va  delegatlarning yarmidan ko‘pi qatnashgan holatda o‘tkazish mumkindir.

17. Kurultoy qarori qurultoy qatnashchilarining  (oddiy ko‘pchilik) roziligiga asoslanib qabul qilinadi.

17.1. Xarakatning raxbar organlari – Muassislar Majlisi, Marakaziy Kotibiyati va Taftish Komissiyasidir.Bu organlar o‘z qarorlarini (oddiy ko‘pchilik) roziligiga asoslanib qabul qiladi.

17.2. Harakatning uchta raisdoshi harakat faoliyatini boshkaradi. Ular Muassislar Majlisi raisi, Markaziy Kotibiyat raisi va Taftish Komissiyasi  raislaridir.

18. Kurultoy  vazifalari:

– Harakat Dasturi va Nizomini qabul qiladi, ularga o‘zgartirishlar kiritadi;

– Harakatning Rahbar organlarini saylaydi, ularning  faoliyatini nazorat qiladi va Rahbariyat harakat dasturi va nizomiga zid faoliyat olib borganida  ularni lavozimidan chetlashtiradi

– Harakatga yangi tashkilotlarni qabul qiladi, Dastur va Nizomni buzgan tashkilotlarni Harakat safidan o‘chiradi.

– Harakat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;

– Harakat byudjeti va uning ijrosini tasdiqlaydi;

– Harakatning Markaziy Kotibiyatini tayinlaydi va uning faoliyatini baholaydi;

– Harakatning Taftish Komissiyasini tayinlaydi va uning faoliyatini baholaydi;

– Harakatning ramziy belgisi va tamg‘alarini tasdiqlaydi.

19. Xarakat Raxbarlarining vazifalari:

Rahbarlar(3 raisdosh) Harakat faoliyatini boshqarish hamda muvofiqlashtirish funktsiyalarini (vazifalarini) amalga oshiradilar.

20. Harakat Markaziy Kotibiyati – O‘XH ning ishchi organidir va uning oldida mas’uldir. U Kurultoy oralig‘ida faoliyat yuritib, qurultoyga har yig‘inda hisobot beradi. Kurultoy qarorlarini ijro qiladi.

21. Harakat faoliyatini boshqarish Markaziy Kotibiyat tarafidan bamaslahat olib boriladi. Markaziy Kotibiyat Harakat manfaatlarini ifodalashga vakildir. Harakat a’zolari faoliyatiga umumiy rahbarlikni ham amalga oshiradi.

22. Markaziy Kotibiyat  tarkibi Harakat Qurultoyida umumiy saylov orqali tasdiqlanadi.

Markaziy Kotibiyat  a’zolarining har birini aniq vazifasi belgilanib,  ular o‘z funktsiyalari doirasida faoliyat olib boradilar. Biri ikkinchisining  vazifasini takrorlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

23. Markaziy kotibiyat  a’zolari o‘z orasidan uning raisini saylaydi.

Markaziy Kotibiyat Harakatning o‘z a’zolari ichidan ham rahbar organlarga nomzod ko‘rsatishi va uni saylashi mumkin.

24. O‘XH Taftish Komissiyasi – Harakatning qurultoyda qabul kilgan barcha qarorlarini bajarilishini nazorat kilib boradi,barcha bo‘limlar faoliyatini taftish qiladi va o‘z takliflarini harakat rahbariyati va qurultoyga etkazib turadi. U Kurultoy oralig‘ida faoliyat yuritib, qurultoyga har yig‘inda hisobot beradi.

25.Taftish Komissiyasi Qurultoy qarorlari asosida ish olib boradi.

26. Taftish Komissiyasining tarkibi Harakat Qurultoyida umumiy saylov orqali tasdiqlanadi.  Va ular o‘z a’zolari  orasidan ko‘pchilik ovoz bilan uning raisini saylaydi.

HARAKATNING MOLIYAVIY MABLAG‘LARI VA MULKI

24. Harakatning mablag‘lari Harakat Nizomi va Dasturiga asosan, o‘tkazilgan tadbirlardan tushgan foydalardan hamda fuqarolar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan tarkib topadi.

Harakat mulk sohibi bo‘lishga haqlidir.

Harakat o‘z mablag‘larini banklardagi hisoblarida tutadi. Mablag‘lar xarajati va mulk bilan ishlash tartibi Markaziy Kotibiyat tomonidan belgilanadi.

25. Harakatning Markaziy Kotibiyat a’zolari va Ishchi Kotiblari jamoatchilik asosida ish yuritadilar. Ayrim hollarda ularga (Markaziy Kotibiyatning alohida qaroriga binoan) maosh ta’yin qilinishi mumkin.

26. Zarurat tug‘ilganda, Harakat Markaziy Kotibiyati tashkiliy-texnikaviy xodimlarni o‘z ishiga jalb etishi mumkin, va ularning ish tartibini belgilaydi.

HARAKATNING HUQUQIY MAQOMI

27. Harakatning Dastur va Nizomi qurultoyda tasdiqlangandan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega, uning banklarda o‘z hisob raqamlari, o‘zining to‘la atamasi va boshqa zarur belgilari aks ettirilgan tamg‘a va muhri bo‘ladi.

28. Harakat o‘z bosma va elektron nashrlarini chiqaradi. Harakat nashrlarining Muharrirlari Markaziy Kotibiyat tomonidan tayinlanadi. Ular o‘z faoliyatini ular joylashgan davlatlarning matbuot haqidagi qonunlariga asoslanib, nashrning tahrir hay’ati fikriga tayangan holda amalga oshiradilar.

HARAKATNING O‘Z FAOLIYATINI TO‘XTATISH TARTIBI

29. Harakat o‘z faoliyatini quyidagi holatlarda to‘xtatadi:

– Platforma muqaddimasida ko‘rsatilgan maqsadlarga to‘liq erishilganda;

– Harakat Muassislar majlisi qarori asosida.

30. Bu holatlarda Muassislar Majlisi tugatish komissiyasini ta’yinlaydi, va uning ish tartibini tasdiqlaydi.

“O‘zbekiston Xalq Harakati (O‘XH) ta’sischilari:

1. O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasi

2. ”Andijon – Adolat va Tiklanish”  tashkiloti

3. ”Tayanch”  Madaniy-ma’rifiy jamiyati.

4. O‘zbekiston Demokratik kuchlari forumi.

5. O‘zbekiston inson xukuklari jamiyati.

6. Uyg‘on O‘zbekiston harakati

 

 

http://uzxalqharakati.com/?page_id=109

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: