Yomonlikka qarshilik – ponauz


May 28th, 2011

Balki nutq uchun bunday bir sarlahva bugungi kunda o‘rinsiz tuyulishi mumkin. Chunki bugun dunyo siyosat falsafasida Zulmga qarshilik emas, aynan teskarisi, ya’ni “Yomonlikka yaxshilik qil”, “Zulmga qarshilik qilma” kabi tushunchalarning ustunligi hali ham ko‘rinib turibdi.

To‘g‘rirog‘i, bu tamoyil dunyo siyosat falsafasining tashqi niqobidir. Bu tamoyil zamonga moslashish qobiliyatini hali ham yo‘qotmagan, turli xarakterdagi siyosiy rejimlar bilan hayratlanarli darajda uyg‘un yashashda davom etmoqda.

Bu tamoyilning tamali nasroniylikda bo‘lgani kabi, boshqa dinlarda u va yo bu shaklda mavjuddir.

O‘z xalqlarining kushandalari bo‘lgan hukmdorlar “milliy manfaatlar” niqobi ostida aynan shu tamoyildan asrlar davomida foydalanib keldilar.

Endi bu tamoyildan Sharq despotlari ham o‘z fuqorolarini ezish vositasi sifatida foydalana boshladilar.Ular o‘z urf-odatlari,dini va anьanalari bilan mazkur tamoyildagi uyqash nuqtalarni topib, oltin topgan qulday sevinib ketishadi.

Masalan, o‘zbek diktatori Islom Karimov so‘fiy tariqatlarinıng “yomonlikka yaxshilik bilan javob ber” aqidasini nihoyatda sevib qoldi. Va bu aqida sharafiga so‘fiylar jamoatidan boshqa butun jamoatlarning liderlarini qatl etdi, turmaga tashladi yoki surgunga ketishga majbur etdi.

Ammo mo‘g‘ullarga karshi Ko‘xna Urganch mudofaasida, zulmga qarshi kurashib, halok bo‘lgan Najmiddin Kubro hazratlarining ham so‘fiy tariqati lideri ekanligini Karimovga hech aytib bermaganga o‘xshaydi.

Siyosatchi uchun esa, “Zulmga qarshilik qilma” aqidasi – ko‘pgina taniqli mutaffakirlar, jumladan, Maks Veberning ham fikriga kura bajarib bo‘lmaydigan vazifadir

Aslida, “Zulmga qarshilik qilma” falsafasi chuqurroq mutolaa etilganida, undagi mazmunning ham biz tasavvur etgandan boshqacha ekanligini ko‘ramiz.

Masalan, yahudiylarning bu aqidani eng ko‘p Bobil asorati davrida qo‘llanganini ko‘ramiz.

Ular bor kuchi bilan dushmanga yaxshilikni tarannum etadilar. Ammo bu tarannum fakat dushmanni engish vositasi sifatida ishlatiladi: dushmanni yaxshilik bilan sharmanda kilish, kamsitish vositasidir. Dushmanga jazoni esa Olloh beradi va jazo muqarrardir. Ya’ni inson dushman bilan jangdan qochmaydi, aksincha, dushmaniga o‘zi beraolmaydigan daxshatli jazoni berishni Ollohdan so‘raydi, nola etadi.

Inson Dushmaniga yaxshilik qilarkan, uning gunohini yanada chuqurlashtiradi “ Sen buni(yaxshilikni) qilarkan, uning boshiga yonayogan cho‘g‘larni tayorlaysan va Yaratgan senga mukofotini beradi”(Injil.25:22).

Konfutsiy bu masalaga boshqa bir nuqtadan yondoshganini ko‘ramiz: “Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish to‘g‘rimi?”, degan savolga “Yaxshilikka yaxshilik bilan, yomonlikka adolat bilan javob beriladi”, deya javob bergan (“Lun Yuy”, 14,34);

Ya’ni adolat insonga yomonlikka adolatli shaklda javob berish haqqini beradi.

Bu masalada “Injil” mezon sifatida adolatni old planga chiqaradi. Yaratgan parvardigor “ marhamatli insonlarga marhamat bilan, ayyorlarga esa ularning ayyorligiga mos munosatbatda bo‘ladi. Chunki U mazlumlarni qutqargan, kibrli ko‘zlarni haqir etgan Zotdir” (Injıl. 17:26-28).

Islom dinining Payg‘ambari Muxammad alayhissalom sallalohu alayhi vassallam bu mavzuda eng aniq, eng shaffof fikrni aytgan: “Yomonlikka amal bilan qarshilik kil, amal bilan qarshilik etolmasang so‘z bilan qarshilik qil. So‘z bilan ham qarshilik qilolmasang ichingda qarshilik qil. So‘nggisi iymonning eng zaif holidir”.

“Zulmga qarshilik qilma” aqidasi zamonaviy siyosatda “nozo‘rovonlik kurashi” degan nom bilan tanilgan kurash uslubining tamalini tashkil qiladi. “Nozo‘rovonlik” shiorini eng effektiv qo‘llanyotganlar nozo‘ravonlar emas, diktatorlardir. Ular bu shiorni ozodlik va adolat tarafdorlarini passivlashtirish uchun qo‘llanmokda.

Dunyo siyosati arboblarining ikkiyuzliligi shundaki, ular diktatorlar tarafidan qilinayotgan zo‘rovonlik va terrorni mashru hisoblab, ularga qarshi bo‘lgan mashru va adolatli xarakatlarni ekstremizm hisoblamoqdalar.

Arab dunyosida boshlangan zolimlarga qarshi mazlumlarning isyoni – kelib chiqishi fitna bo‘lishi ehtimollaridan qatьiy nazar – nodir, fenomenal hodisadir. Bu fenomen juda ham yashovchan bo‘lgan “nozo‘ravon kurash “safsatasini kutilmaganda shubha ostiga qo‘ydi.

Agar bugun Garb kuchga kuch bilan javob berayotgan Libyo isyonkorlariga yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, buning sababi faqat neft va geopolitik manfaat emas, bu ayni paytda dunyoda mafkuraviy, siyosiy va ijtimoiy standartlarning almashinuv soati kelganidan ham mujda berayotir.

Bizning dunyomiz bu o‘zgarishlarga tayyormi?

Islom fundamentalizmi va madaniyatlar urushi kabi vahimalar boshlangan bu katarsis, bu global tozalanish jarayonini soglom aql bilan tadqiq etishga halal bermoqda.

“Hodisalar Vakt tarafidan garovga olingandir. Hodisalarning soati kelganida Vaqt ularni garovdan ozod qiladi va ular yuz beradi”.

Bu megametafora oydinligida shuni aytish mumkin-ki, O‘zbekistonning 22 yillik garovga olinish, rahina muddati bitayapti.

O‘zbekiston ertuladan chiqishga shaylanmoqda. Biz bu haybatli, mahobatli hodisaga, bu ulug ozodlikka shay turmogimiz kerak .

Biz ushbu buyuk Xodisaning bosh qahromoni O‘zbekiston xalqi bilan birga bo‘lishga tayyor turishimiz lozim. U bilan birga bo‘lmoq – uning dardi bilan yashamoqdir, uning yarasiga malham bo‘lmoqdir.

Kulog‘i bo‘lgan xar kim Vakt qobig‘ining chatnayotganini eshitmoqdadir. Ko‘zi bo‘lgan har bir inson tunnelning oxirida bir nur ko‘rmoqda.

Yuragi bo‘lgan har kim bizning safimizga qo‘shilsin. Ki u garovga olingan Vatanimizning ozodlikka chiqish manzarasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rsin, unga yordam bersin.

Muhammad Solih, Ponauz.com

 

http://ponauz.turkiston.tv/archives/1131

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: