Xalqning haq savollari – O’XH


May 26, 2011 Muhtaram Vatandoshlar, quyida diktator, zolim, xudbin, qattol (uning yomon sifatlari bilan qog‘ozimizni to‘ldirib, kir qilmaylik) Karimovga ayrim hamyurtlarimiz yo‘llagan savollaridan keltirayapmiz. Zulm ostida qolgan xalqimizda savollar juda ko‘plab yig‘ilib qoldi. Savollarga javob berish vaqti ham tobora yaqinlashmoqda. Xudo xohlasa bu zolim shoh o‘z kirdikorlariga xalq oldida sharmandalarcha javob beradi!

Shu o‘rinda aytib o‘tsak, ko‘pchilikning savollari sen deya otilib chiqayotgan bo‘lsada, go‘zal muomala me’yorlarida tarbiyalangan xalqimiz gapini sizlab yakunladi.

Marhamat savollarning ayrimlari bilan tanishing:

‑2005 yil 13 mayda Andijondagi Bobur maydoniga chiqqan insonlarni otdingiz. Marhumlarning yaqinlari qilgan badduolari, qarg‘ishlari tegishidan qo‘rqasizmi? Ularning duosi oqibatida baloga yo‘liqishdan cho‘chimaysizmi, zero: “Yomg‘ir bilan er ko‘karar, duo bilan el”?!

‑Ayollarni nega otdingiz? O‘z ayolingiz bo‘lganda ham otarmidingiz?

‑Asosiy dushman deb kimni bilasiz?

‑Biz bilan to‘qnash kelganda nima qilmoqchisiz?

‑Boshqalarni o‘ldirganingizdek, o‘z joningizga ham qasd qila olasizmi?

‑Zulm va jabrlaringiz evaziga o‘zingizga qanday jazo tanlardingiz?

‑Insonlarga zulm o‘tkazayotganingizda o‘zingizga ham zulm etib qolishini o‘ylaysizmi?

‑Nima sababdan yosh bolalarni otdingiz?

‑Nima sababdan yaxshi, insofli, mo‘min odamlarni yomon ko‘rasiz?

‑Nima sababdan yaxshilarga ozor etkazasanu, yomonlarni e’zozlaysiz?

‑Nimaga yaxshi odamlarni qamoqlarga tiqyapsiz?

‑Norasida go‘daklarning qonini nega to‘kdingiz?

‑O‘z do‘stlaringizni ham o‘ldirganmisiz?

‑O‘z farzandlaringizni: qizlaringiz va nabiralaringizni ham ota olasizmi?

‑Qamoqxonalaringizda o‘zingiz ham o‘tira olasizmi?

‑Qachon o‘lasiz?

‑Qizlaringizning boshiga siz balolar yog‘dirgan o‘zbekistonlik ayollarning kuni tushishidan qo‘rqmaysizmi?

‑Qilgan yomonliklaringiz, mash’um kirdikorlaringiz vaqt o‘tishi bilan berkilib, unutilib ketadi deb o‘ylaysizmi?

‑Qotilliklaringizdan ichingiz qiynaladimi?

 

Azizlar, qancha savollaringiz bo‘lsa yo‘llashingiz mumkin. Savollaringizga javob berish zolim jazosining eng, eng, eng kichigi bo‘lib qoladi.

Boburiy

 

http://uzxalqharakati.com/?p=100

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: