Vladimir Norov Pragaga keldi – ozodlik.org


Vladimir Norov.

27.05.2011

O‘zbekiston Tashqi ishlari vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov Pragada Chexiya hukumati rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Toshkentdagi Chexiya elchixonasi birinchi kotibi Roman Masarikning Ozodlikka aytishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov Chexiya hukumati rasmiylari bilan muzokaralar chog‘ida bir qator iqtisodiy-siyosiy masalalar bilan birga Toshkentda ish boshlayotgan Evropa Ittifoqi vakolatxonasiga oid masalalarni ham muhokama qilgan.

– O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari janob Norov 27 may kuni Pragada Chexiyada bo‘ldi va (uning tashrifi chog‘ida), jumladan, tashqi ishlar vazirligida ko‘plab masalalar muhokama qilindi. Bu har yili bo‘ladigan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagisidir. Kun tartibiga bir qator masalalar qo‘yilgan va asosiy masalalardan biri iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan,- dedi Roman Masarik.

Shuningdek, janob Masarik 23 maydan e’tiboran Toshkentda ish boshlagan Evropa Ittifoqining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha idorasi siyosiy diplomati Ondrjey Shimek faoliyatiga oid ma’lumotlarga ham oydinlik kiritib o‘tdi.

– Hozir Toshkentda vakolatxonaga rahbarlik qilayotgan Ondrjey Shimek vaqtinchalik muddatga tayinlangan ishonchli vakildir. Lekin keyinchalik elchi tayinlanadi va hozir elchilikka nomzodlar ko‘rilmoqda. Elchini tayinlash bir muncha muddat talab qilishi mumkin. Unga qadar janob Shimek vakolatxonani boshqarib turadi,- dedi Roman Masarik.

Chex diplomatiga ko‘ra, janob Shimekning xizmat vazifasiga vakolatxona faoliyati uchun zarur narsalarni tayyorlash, vakolatxona uchun qarorgoh topish va vakolatxonani akrreditatsiyadan o‘tkazish kiradi.

Roman Masarik EI vakolatxonasining akkreditatsiya olishiga katta ishonch bildirdi.

– Umid qilamizki, vakolatxonaga akkreditatsiya beriladi. Chunki, O‘zbekistonda EI vakolatxonasi bo‘lishidan O‘zbekiston hukumati ham manfaatdor va hozir aloqalar juda yaxshi,- dedi Toshkentdagi Chexiya elchixonasi birinchi kotibi Roman Masarik.

EIning Toshkentdagi vakolatxonasi ochilish marosimining esa joriy yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Norov Chexiyaga kelishidan avval Germaniyada bo‘lib nemis rasmiylari bilan muzokara qilgan edi.

Bu muzokaralar chog‘ida nemis rasmiylari O‘zbekiston hukumatining mamlakatdagi inson huquqlari vaziyatini yaxshilash bo‘yicha sezilarli choralar ko‘rmayotgani masalasini ko‘tarmaganidan Germaniya parlamentidagi ba’zi fraktsiyalar taassuf bildirdi.

Bir kun avval esa, Norovning tashrifi davomida Berlindagi O‘zbekiston elchixonasi oldida O‘zbekistonda 10 yilga qamalgan jurnalist Solijon Abdurahmonov himoyasiga o‘tkazilgan norozilik tadbiri o‘zbek diplomatlari g‘ashiga tekkani bois, diplomatik missiya xodimlari politsiya chaqirgan edi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24207291.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: