The Telegraph: ‘Marhum turkmanboshining mashhur haykali qayta tiklanish arafasida’ – bbc uzbek


28 may 2011

Marhum Turkmanboshining haykali yanada balandroq bo‘lib qad rostlaydigan ko‘rinadi

Britaniyada chop etiluvchi “Telegraf” gazetining xabar berishicha, marhum Turkmanboshi Saparmurot Niyozovning quyosh harakatiga mos aylanuvchi mashhur zarhal haykali qayta tiklanish arafasida.

Turkmaniston janob Niyozovning dovrug‘i ancha-muncha erga ketgan haykalini yana 6 metrcha balandroq qilib ko‘tarish uchungina uni olib tashlagan ko‘rinadi, deb yozadi gazeta.

Tepasida marhum prezidentning 12 metrlik haykali o‘rnatilgan 70 metrlik “Neytralitet arki” 1998 yilda qad rostlagandi.

Sobiq turkmanboshining yuziga doimo quyosh tegib turishi uchun esa, haykal kun davomida aylanib turadigan qilib qurilgandi.

O‘tgan yil avgust oyida Turkmaniston haykalni buzishga kirishganida, bu – Saparmurot Niyozov davrida Turkmanistonda avjiga chiqqan shaxsga sig‘inishning barham topgani nishonasi sifatida ko‘rilgandi, deb davom etadi gazeta.

Ammo maqoladan ayon bo‘lishicha, o‘tgan hafta yangi haykalning betondan qilingan ulkan asosi qurib bitkazilgan va kranlarning faqat zarhal haykalni qaytib o‘rnatishlari qolgan, xolos.

“Telegraf”ning haykal qad rostlayotgan sath qo‘riqchisidan iqtibos keltirishicha, ark ostida favvoralar otilib turadi, tepasida esa, restoran faoliyat yuritadi.

2006 yilda Turkmanboshining kutilmagan o‘limi ortidan qudratga kelgan Gurbanguli Berdimuhammedov uning shaxsiga sig‘inish hollariga juda sekinlik bilan barham bermoqda. Faqat o‘tgan oyga kelibgina janob Niyozov qalamiga mansub va “muqaddas” deb sanalgan “Ruhnoma” kitobi bo‘yicha joriy etilgan majburiy imtihonlarni bekor qildi, xolos, deb yozadi gazeta.

Ashxobodda bo‘lib qaytgan “Telegraf” muxbirining o‘z yo‘lboshlovchisidan iqtibos keltirishicha, “turkman hukumati vazirliklar, muzeylar va osmono‘par mehmonxonalar joylashgan Berzengi tumanini poytaxtning yangi zamonaviy markaziga aylantirmoqchi”.

“Berzengi shahar markazining boshqa hududlari bilan solishtirganda, biroz yuqorida joylashgan. Shu sababdan ham, “Neytralitet arki” hamma tomondan ko‘rinib turadi,” deb so‘zlariga yakun yasagan yo‘lboshlovchi maqolada keltirilgan iqtibosida.

Ammo “Telegraf” muxbiriga ko‘ra, haykalning prezidentlik saroyi joylashgan hududdan boshqa erga ko‘chirilishi prezident Berdimuhammedovni marhum turkmanboshining ramziy hozirligidan ham xalos etadi.

Maqoladan ayon bo‘lishicha, “Neytralitet arki”ni qayta tiklash ishlari o‘tgan yil oxirlarida boshlangan va shu yil yakunida nihoya topadi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/05/110528_cy_turkmenbashi_statue_latest.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: