Qo‘g‘irchoq – O’XH


May 26, 2011

Kuzning sovuq shamoli to‘kayotgan xazon ostida qo‘shni qizchaning qo‘g‘irchog‘i qolib ketmoqda. Qo‘g‘irchoqning ko‘ylagi toza, lekin savalab yog‘ib turgan yomg‘ir xo‘l qilib ulgurgan. Ochiq turgan ko‘zlarida jajji ko‘lmakcha hosil bo‘lgan. Namiqqan sochlarini shabboda silkita olmaydi. Yalanglikda, sovuq tomchilar ostida yotibdi.

Qo‘g‘irchoq qismati engil. Undan og‘irrog‘ini qizchaning onasi va opasi ko‘rmoqda. Ular Rossiyada mardikorlikda. Tomidan chakki o‘tayotgan, devori yupun kapada. Mehnati loyli dalada. Dam olishi kir ko‘rpalarda. Har kunlik xavf‑xatarda. Yashashi: “Och bo‘lsam ham mayli, tinch bo‘lganim yaxshi”‑ qabilida. Himoyasiz, suyanchiqsiz, taqdirga tan berishlikda.

Qizcha buvijonisi bilan qolgan. Ikki kundan beri og‘riyotgan kampir issiq ovqat ham, choy ham damlab bera olgani yo‘q. Qizaloq quruq non chaynab, sovuq suv ichib yuribdi. Onda‑sonda tashqariga chiqib o‘ynab kelgandek bo‘ladi. Yalang oyoq, slantsida chiqib kelgach anchagacha oyoqlarini to‘shak tagiga tiqib o‘tiradi. Xali alifboni tugatmagan bo‘lishiga qaramay, maktabga bormay qo‘ydi. Onasi kelgach davom ettirmoqchi.

So‘ngso‘z: Ojizalarimiz qismatini og‘irlashtirayotgan, ularni yurtida e’zozlamayotgan, o‘zga yurtlarda xor bo‘lishiga achinmayotgan ablah, O‘zbekiston noqonuniy prezidentining o‘zi ham, qizlari ham, qizlarining qo‘g‘irchoqdan yaxshiroq mol‑dunyosi ham rohat‑farog‘atda turibdi. Tanobini tortib qo‘yadigan xalq mushtini kutib turibdi. Mazlum xalq aytmoqda: “Zolimda bor alamim manim, O‘zbekiston vatanim manim!”

Boburiy

 

http://uzxalqharakati.com/?p=97

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: