O‘zbekiston Xalq Harakati Qurultoyiga oid ikki bildirish – yangidunyo


May 26, 2011

1. O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining Bayonoti

Biz, O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati faollari shuni keng jamoatchilikka ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Xalq Harakati faoliyatini biz boshidanoq qo‘llab qo‘vvatlab kelmoqdamiz, zero O‘zbekistonda hukm surayotgan Islom Karimov boshliq diktaturaga qarshi kurashda faqat barcha kuchlarni birlashtirgan holdagina muvaffaqiyatga erishish mumkin.

Bizning jamiyatimizning asosiy maqsadi insonlarning fuqaroviy va siyosiy haq va huquqlarini himoya qilishdiir. O‘zbekiston Xalq Harakatining maqsad va vazifalari bizning tashkilot o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarga uyg‘un bo‘lgani uchun biz bu harakat faoliyatida, xususan uning Qurultoyida faollarimiz Hazratqul Xudoyberdi, Tursunboy O‘tamurodov, To‘lqin Qoraev va Sobirjon To‘laganovlar qatnashishi mumkinligi haqida xabarlashgan edik. Ammo turli sabablarga ko‘ra (viza, moliya va hokazo) barcha nomzodlarimiz Qurultoyga borish imkoniga ega bo‘lolmadilar. Hazratqul Xudoyberdining Qurultoyda qatnashgani va u erda bizning takliflarimizni ochiqlaganidan va bu takliflarimizning asosiy qismlari qabul qilinganidan biz benihoyat mamnunmiz.

Ammo ayni paytda biz taklif qilgan O‘zbekiston Xalq Harakatiga rahbarlik qilishni uch raisdosh yordamida olib borish bu yangi Harakatni faqat va faqat kuchli qiladi degan taklifimiz to‘laligicha o‘tmaganidan biz afsuslanammiz.

Umid qilamizki, O‘zbekiston Xalq Harakati qabul qilgan harakatga rahbarlik qilish varianti, ya’ni Muasssislar majlisining raisi, Markaziy Kotibiyat raisi va Taftish Komissiyasining raislari o‘zaro yaqin aloqada, kollegial ravishda rahbarlikni birgalikda olib boradilar va barcha bayonotlarni uchala rasidosh nomidan beradilar.

Shunday qilinsa O‘zbekiston Xalq Harakati o‘zining yangi tashkilot sifatida ancha kuchli, yangilikka chanqoq va unga intiluvchan ekanligini, yakka rahbarlik qilish kabi eski usullardan voz kechishini hamda barcha ishlarni bamaslahat yuritishni ma’qul ko‘rishini O‘zbekiston xalqiga va keng jahon jamoyatchiligiga ochiq namoyish qilish orqali o‘z taarafdorlari safini yanada ko‘payishi va ular bilan yanada kuchlanishiga katta hissa qo‘shgan bo‘ladi.

O‘zbekiston inson huquqlari jamiyatining O‘zbekiston Xalq Hararakatiga munosabati masalasi kun tartibiga chiqqan paytda Berlin Qurultoyi tashkilotchilari T.Yoqubovga murojaat qilib: “O‘IHJ O‘XHga a’zo bo‘ladimi?” deb so‘rashgan. T.Yoqubov: “Bu – prezident vakolatiga kiradi, A.Boymatov bilan bog‘laninglar” deb javob bergan. O‘XH Qurultoyi ayni paytning o‘ta muhim voqe’ligi bo‘lgani uchun A.Boymatov O‘IHJ pozitsiyasini maxsus bayonot bilan ochiqlashi zarur edi, biroq u bu muhim tadbirni qilmadi.

Shundan so‘ng jamiyatning faollari O‘zbekiston hayotida mo‘him ish bo‘lgan bu tadbirdan chetda turmaslik uchun unga o‘z vakillari ichidan imkoni borlariga bu Qurultoyga qatnashishi lozim deb qaror qilishdi. Ana shundan so‘ng Hazratqul Xudoyberdi va To‘lqin Qoraevlar Qurultoyga borishga tayyor ekanliklarini aytishdi ammo To‘lqin Qoraev shaxsiy hujjatining muddati uzaytirilmagani uchungina Qurultoyga bora olmadi.

Shu sababdan biz Jamiyatimiz Prezidenti Abdujalil Boymatovning shoshilinch tarzda, bemaslahat, o‘z nomidan tarqatgan bayonotining mazmunan noto‘g‘riligini ushbu Bayonotimiz bilan takidlab o‘tmoqchimiz.

Umid qilamizki, A.Boymatov ham bu yangi harakat faaoliyatini to‘la qo‘llab qo‘vvatlovchilar safiga yaqinda qo‘shiladi va bu kurashda biz bilan elkadosh bo‘ladi.

O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati nomidan

Tolib Yoqubov – vitse prezident, Hazratqul Xudoyberdi, Tursunboy O‘tamurodov, Sobirjon To‘laganov, To‘lqin Qoraev – faollar.

2011 yil 26-may

2. O‘zbekiston Xalq Harakatining BBS Radiosi tarqatgan xabarlarga bir izohi

Qurultoy qatnashchilari va Harakat taьsischilari haqida Muassislar Majlisining BBS Radiosi tarqatgan xabarga bir izohi:

O‘zbekiston Xalq Harakati Qurultoyi haqida xabarlar tarqatgan BBS Radiosining axborotlarida “Harakat ta’sischilari ro‘yhatida O‘zbekiston Ozod Dehqon partiyasi ham bor “ degan jumla noto‘g‘ridir.

Chunki bu partiya aslan O‘zbekiston Demokratik kuchlari Forumining a’zosi o‘laroq birlamchi loyihalarga kirib qolgan ammo aslan Ozod Dehqon partiyasining biror vakili na Harakat Qurultoyida, na Harakatniing biror tadbirida umuman qatnashmaganliklari bois so‘nggi hujjatlarda bu partiya Harakatning taьsischilaridan emas deb qabul qilingan.

O‘zbekiston Xalq Harakati Muassislar Majlisi raisi Muhammad Solih

Harakatning Muassislar Majlisi vakili Hazratqul Xudoyberdi

2011 yil 26-may

http://stopdictatorkarimov.com/Xabar.htm

 

http://yangidunyo.com/?p=19466

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: