O‘zbek hukumati nima uchun musulmonlarni ta’qib qiladi? – bbc uzbek


27 may 2011

Xalqaro va O‘zbekistondagi huquq faollariga ko‘ra, bugun minglab insonlar ba’zida faqat namoz o‘qigani uchun qamoqlarga tashlanadilar.

Hatto “Hizbut tahrir” kabi nozo‘ravon usuliga urg‘u beradigan guruhning minglab a’zolari ham O‘zbekistonda uzoq yillarga hukm qilinmoqda.

O‘zbek hukumatining aytishicha, mamlakatda Islomiy guruhlar tahdidi realdir. Rasmiy Toshkent 6 yil muqaddam yuz bergan Andijon hodisalarida ham islomiy ekstremistlar qo‘lini ko‘rgan.

Aslida O‘zbekistonda Islomiy jangarilik tahdidi qanchalik haqiqat? Ushbu savol bilan Londondagi Sharshuqnoslik instituti professori Shirin Akinerga murojaat qildik:

Shirin Akiner: O‘zbekiston jabha oldidagi mamlakat. Afg‘onistonga chegaradosh va o‘zida ham radikal harakatlar mavjud. Shu bois, bu kabi tahdid borligi ajablanarli emas. Ayni tahdid qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistonda ham mavjud. Xullas, tahdid borligi haqiqat. Ammo, inson huquqlari guruhlari bu borada gapirganda, ma’lumotlarni qaerdan olishlari qiziq. Masalan, men o‘zim bilganim – ayrim inson haqlari tashkilotlari radikal guruhlarning vebsahifalaridagi bayonotlarga suyanib gapirishadi. Jangari diniy ekstremizm keng tarqalgan holat. O‘zbekistonda esa, radikal harakatlar mavjud. Bu ikki voqe’lik ham juda jiddiy.

Bi-bi-si: Agar ular xavfli bo‘lsa, nima uchun AQSh hukumati diniy erkinliklar qo‘mitasi O‘zbekiston qamoqxonalaridagi diniy mahbuslarni ozod qilishga chaqirmoqda?

Shirin Akiner: Menimcha, AQSh hukumati ularni ozod qilishga chaqirarkan, bu O‘zbekistonga emas, balki ularning ichki siyosatiga bog‘liq narsa. Yoki AQSh xalqaro obro‘sini oshirishni o‘ylab qiladi. Men bu chaqiriq O‘zbekistondagi haqiqiy ahvolni akslantiradigan voqe’lik deya olmasdim. Chunki, bu siyosiy futbolga o‘xshab qolgan hozir.

Bi-bi-si: Siz diniy radikal guruhlardan keladigan tahdidni aytdingiz. O‘zbekistonda esa, minglab diniy mahbuslarning aksarisi o‘zini nozo‘ravonlik guruh hisoblovchi “Xizbut tahrir” a’zolaridir. Ya’ni, ularda zo‘ravonlik tahdidi etmaydi-ku?

Shirin Akiner: “Hizbu tahrir” borasida qarashlar turlicha. Islomiy Konferentsiya Tashkilotiga a’zo mamlakatlar “Hizbu tahrir”ni xatarnok guruh deb biladi. G‘arbdagi qator mamlakatlarda qonun nima demasin, xavfsizlik xizmatlari bir narsani qayd etishadi. Ya’ni, “Hizbu tahrir” bevosita zo‘ravonlik guruh bo‘lmasa-da, unga a’zolik sekin-asta o‘sha shaxsga bog‘liq holda terror amallariga o‘sib borishi mumkin. Ularning nizomida yozilgan ayrim qaydlarga qarab, nozo‘ravon ekan, deb xulosa qilish qiyin.

Bi-bi-si: O‘zbekistonda minglab odamlar islomiy g‘oyalar uchun qamoqqa tashlangani aytiladi. Ayrim hisoblarga ko‘ra, ular soni 6 mingdan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ba’zi tahlilchilar esa, shunchalik ko‘p odam qandaydir yagona istak bilan chiqsa, balki hukumat ularga ham qandaydir quloq solishi kerak emasmikan, degan fikrlarni aytishadi. Siz nima deysiz?

Shirin Akiner: Menimcha, jamiyat ancha bo‘lingan, bu juda murakkab. Nazarimda, boshqa musulmon mamlakatlari kabi O‘zbekiston ham muayyan ijtmoiy-siyosiy yo‘nalishni yaratishga intilmoqda. Ba’zida G‘arbdagi liberal demokratiya mahalliy qadriyatlarga mos tushmasligi mumkin. Chunki, G‘arbning o‘z ichki va tashqi siyosatida ham ikkiyuzlamachlik tez-tez ko‘zga tashlanadi. Shu bois, bu mamlakatlar bir necha savollar qarshisida qolishlari mumkin. Ya’ni, islomiy qadriyatlarga qaytish kerakmi? Va yoki ilgari qadam tashlab, ayni paytda islomiy jihatlarni ham uyg‘unlashtirish zarurmi, degan savollar hamon to‘liq javobini topmagan. Bu faqat O‘zbekistonga taalluqli emas, balki butun Islom olamida shu kabi savollar javobini kutib turibdi. Bu erda bir tarafning ovozigina emas, dunyoviy tarafning ovozi ham bo‘lishi kerakligi talab qilinishi mumkin. Chunki, har qanday qaror va yo‘nalish vaziyatni to‘liq va butun bo‘yoqlari bilan birga aks ettirishi lozim.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110527_cy_shirin_akenir.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: