Norov nemislarga: O‘zbekiston sizlarga yaxshilik qilmoqda – uznews.net


26.05.11

Uznews.net – O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov chorshanba kuni Berlindagi Bundestag deputatlari bilan uchrashuvda, O‘zbekiston ularga Termizdagi bazani berish bilan yaxshilikni ravo ko‘rayotganini minnat qildi.

TIVdagi o‘zbek vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov bilan uchrashuvda Germaniya parlamentining uch nafar deputatlari – Sotsial demokratik partiyadan Manfred Gryund (Manfred Grund), “so‘llar” partiyasidan Dagmar Enkelьman (Dagmar Enkelmann) va “Yashillar” partiyasidan Viola fon Kramon-Taubadel (Viola von Cramon-Taubadel) hozir bo‘lishdi.

Uchrashuv ishtirokchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Norov uzoq vaqt O‘zbekiston tarixi haqida, mamlakat hanuz qutula olmayotgan og‘ir sovet merosi, shu bois yuzaga kelayotgan mashaqqatlar va insonparvarlik, demokratiya yo‘lidagi muammolardan gapirdi.

Norovning monologi deputatlardan birining so‘zi bilan bo‘lindi, u to‘g‘ridan to‘g‘ri vazir o‘rinbosariga O‘zbekistonda o‘nlab jurnalistlarning nima uchun qamoqda yotganini so‘radi va ularni ozod etishni talab qildi.

Bunga javoban u, O‘zbekistondan ko‘p narsalarni talab qilib, Evropa qo‘shni Qirg‘izistondagi ahvolni nazardan qochirmoqda, u erda o‘tgan yilning iyunida O‘sh va Jalolobod viloyatlaridagi tub o‘zbek aholisiga nisbatan milliy negizdagi zo‘ravonlik va qotilliklar sodir etilganini aytdi.

Qirg‘izistondagi jinoyatlar ko‘lamini inkor etmagan Xalqaro mustaqil komissiya uni insoniyatga qarshi jinoyatlar sirasiga kiritdi, nemis deputatlaridan biri Norovga javoban, Bishkek mustaqil ekspertlarni o‘z mamlakatiga kiritdi, 2005 yil 13 maydagi Andijondagi xunrezlikdan so‘ng ayni Toshkent bunday yo‘l tutilishiga izn bermadi.

Bunga javoban Norov nemis deputatlariga, O‘zbekiston Germaniyaga ko‘p yaxshiliklar qilayotgani, 2001 yildan buyon unga Termizda o‘z harbiy bazasini saqlash imkonini berib, qo‘shni Afg‘onistonda harakat olib borayotgan nemis kontingentini qo‘llab kelishini bildirdi.

Shu bilan uchrashuv yakunlandi va vazir o‘rinbosari Norov nemis deputatlari bilan xayrlashdi. Biroq tag‘in qaytib keldi, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Ahatov unga, parlamenterlarga Toshkentdan keltirilgan sovg‘alarni ulashish lozimligini esiga solgandi.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=31&nid=17292

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: