Dushanbeda kitob ko‘rgazmasi o‘tkazildi – ozodlik.org


Dushanbedagi kitob ko‘rgazmasida O‘zbekiston ishtirok etmadi.

28.05.2011

Gulnora Ravshan

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ilk marotaba o‘tkazilgan “Kitob” xalqaro ko‘rgazmasi poyoniga etdi.

Tojikiston mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan madaniy tadbirlar doirasida tugab borayotgan haftada “Kitob” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada dunyoning sakkiz davlatidan kelgan kitobxonalar va nashriyotlar  vakillari qatnashdi.

Tojikistonda ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro miqyosdagi bu madaniy tadbirda mintaqadan faqat Turkmaniston,  uzoq xorijdan esa Xitoy, Eron, Hindiston, Turkiya, Ozorboyjon va Afg‘oniston kutubxonachilari,noshirlari  qatnashdi.

Biroq Tojikistonga yon qo‘shni O‘zbekiston tomoni esa tadbirda  qatnashmadi.

– Biz O‘zbekistondagi nufuzli nashriyotlardan uchtasiga hukumat nomidan taklifnoma yubordik. Avvalroq o‘sha nashriyotlar mas’ullari bilan telefonda ham suhbatlashganmiz, ular taklifimizni qabul qilgandi. Lekin nega bugungi ko‘rgazmada qatnashmaganlari bizga qorong‘u, – dedi “Kitob” xalqaro ko‘rgazmasi mas’uli Najmiddin Zayniddinov.

Shu o‘rinda aytib o‘tsak, Sovet Ittifoqi davrida o‘zbek tilidagi badiiy, ilmiy kitoblar va oliygohlar studentlari uchun qo‘llanmalar hamda o‘zbek sinflari uchun darslik kitoblar bilan tojikistonliklarni  faqat O‘zbekiston ta’minlab turgan.

Biroq sho‘rolar davlati tarqab ketgani ortidan mustaqillikka erishgan ikki qo‘shni davlatning boshqa sohalardagi singari madaniy aloqalari ham zaiflashdi.

Bu o‘z navbatida Tojikistondagi o‘zbek sinflarida darsliklar muammosini keltirib chiqargani barobarida, Tojikiston Tibbiyot va Pedagogika unversitetlarida ham studentlar uchun zarur qo‘llanmalarning etishmasligiga sabab bo‘lgani aytiladi.

Dushanbe shahridagi Tibbiyot unversitetining uchinchi kurs talabasi Zarina Sattorova Tojikistonda shunday bir xalqaro ko‘rgazmaning tashkil etilishi eng avvalo studentlar uchun foydali bo‘lganini quvonch bilan gapirdi.

– Men bu ko‘rgazmada dunyoning ilg‘or davlatlaridan Xitoy, Hindiston, Erondan kelgan nashriyotlar va kitobxonalar vakillari bilan tanishdim. Kelgusida ular menga zarur bo‘lgan va rus tiliga  o‘girilgan qo‘llanmalar, ilmiy kitoblarning elektron variantini yuborishini aytishdi. Mamalakatimizda ana shunday tadbirlarning yo‘lga qo‘yilishi biz ilmga chanqoq yoshlar uchun juda muhimdir, -der ekan bo‘lg‘usi shifokor Zarina Sattorova Tojikistonning o‘zida barcha respublika oliygohlarini zarur kitoblar bilan to‘la ta’minlash uchun hali imkoniyat yo‘qligidan afsusdaligini qo‘shimcha qildi.

Boshqa bir suhbatdoshimiz Qurbon Afg‘onov xalqaro ko‘rgazmada jahon adabiyotining eng nodir asarlari, bugungi zamon olimlarining ilmiy izlanishlari natijalari namoyishga qo‘yilgani va bu esa tojikistonliklar uchun yangi olamni kashf etganini aytdi.

– O‘zimizda ham so‘nggi yillar kitoblar nashri yaxshi yo‘lga qo‘yilayotgan esa-da, ammo bu hali jamiyatimiz uchun kifoya emas. Hech qachon kitob do‘konlarida uchratmagan badiiy asarlar, Turkmaniston, Hindiston va Turkiyadagi taniqli shoirlarning tojik tiliga o‘girilgan she’riy to‘plamlarini bugungi ko‘rgazmada qo‘lga olish baxtiga muyassar bo‘ldim. Menimcha ana shunday tadbirlar Tojikistonda tez-tez o‘tkazilib turishi lozim, – deya mulohaza bildirdi suhbatdoshimiz Qurbon Afg‘onov.

Biroq ko‘rgazma ishtirokchilaridan biri, afg‘onistonlik mehmon G‘iyosiddin Kamolzoda garchi tojik jamiyati bunday madaniy tadbirlarga  tashnalik sezilsa-da, biroq bu mamlakat  davlat ayrim tizimlari bu yo‘nalishda sun’iy to‘siqlar yaratayotganidan shikoyat qildi.

– Afg‘onistondagi notinch vaziyatda ham har uch oyda xalqaro kitob ko‘rgazmalari o‘tkazilib turiladi. Jamiyatning ma’rifatli  bo‘lishi uchun asosiy manba sanalgan madaniy tadbirlarda bizda hamma bir yoqadan bosh chiqarib qatnashadi. Biroq, menimcha, tojik jamiyati hali bunga tayyor emas, – der ekan afg‘onistonlik mehmon Kamolzoda, garchi Tojikiston hukumati tomonidan rasmiy taklifonma olgan bo‘lsa-da, tojik chegarachilari u va uning sheriklarini uch soat sababsiz chegarada tutib turganidan norozilik bildirdi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24207767.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: